Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TAJRIBAVIY QALQONSIMON BEZ KASALLIKLARIDA ME’DA OSTI BEZI MORFOLOGIYASI
Norbek Q. Niyozov · E-mail: norbekniyozov@gmail.com
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
In our study, we examined white laboratory rats born to control and experimental mothers with hypothyroidism. Morphological analysis of the pancreas during various stages of postnatal ontogenesis revealed significant delays in the development and formation of individual components of the vascular wall compared to the control group. From the first days of the experiment, changes in the arterial wall were observed in all experimental animals. The results demonstrate that morphological changes in pancreatic cells and their blood vessels occur in offspring born to mothers with hypothyroidism. Key words: pancreas, acinus, mercazolil, share. Dolzarbligi. Gipotireoz - qalqonsimon bez gormonlarining doimiy yetishmovchiligi yoki ularning biologik ta’sirining to‘qimalar darajasida pasayishi natijasida yuzaga keladigan klinik sindrom. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, aholi orasida birlamchi gipotireozning tarqalishi 0,2-1% ni tashkil qiladi, yashirin birlamchi gipotireoz esa ayollarning 7- 10% va erkaklarning 2-3% ga ta’sir qiladi. Bir yil ichida yashirin gipotireoz holatlarining 5 foizi ochiq gipotireozga o‘tadi [1, 4, 8, 11, 17]. Gipotireoz qalqonsimon bezning eng keng tarqalgan kasalliklaridan bo‘lib, asta-sekin boshlanishi, birlamchi alomatlari va yengil va o‘rtacha og‘irlikdagi qoniqarli farovonlik bilan tavsiflanadi. Simptomlar homiladorlik paytida charchoq, depressiya yoki asoratlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Gipotireozning tarqalishi taxminan 1% ni tashkil qiladi, reproduktiv yoshdagi ayollarda 2% gacha va qariyalarda 10% gacha ko‘tariladi. Qalqonsimon bez gormonlar yetishmovchiligi tanadagi tizimli o‘zgarishlarga olib keladi. Bu gormonlar hujayralardagi energiya almashinuvini tartibga soladi va ularning yetishmasligi kislorod sarfini, energiya sarfini kamaytirishga va energiya qayta ishlashining buzilishiga olib keladi [2, 6, 9, 14, 18]. Gipotireoz energiyaga bog‘liq bo‘lgan hujayra fermentlarining sintezini buzadi, normal hujayra funksiyasini buzadi. 5 56 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Murakkab holatlarda miksedema - shilliq pardalarning shishishi to‘qimalarning gidrofilligi va suvni ushlab turishini oshiradigan glikozaminoglikanlarning ortiqcha to‘planishi tufayli rivojlanadi [3, 7, 10, 15, 16]. Ayollarda gipotireoz qalqonsimon gormonlarining yetishmovchiligi natijasida reproduktiv tizimning buzilishlariga olib keladi. Bu buzilishlar orasida hayz davrining tartibsizligi (amenoreya, disfunksional bachadon qon ketishi) va mastopatiya (sut bezlarining kasalligi) mavjud. Qalqonsimon bez gormonlar yetishmasligi bepushtlikka sabab bo‘lishi mumkin. Yengil darajadagi gipotireoz homiladorlikni to‘liq oldini olmasa-da, u avlodning o‘z- o‘zidan tushish xavfini oshiradi va homila rivojlanishida, xususan, nevrologik muammolar paydo bo‘lishi ehtimolini keltirib chiqaradi. Me’da osti bezi endogen va ekzogen stimullarning patologik ta’siriga juda sezgir bo‘lib, uning faoliyatida funksional buzilishlar va tizimli patologik jarayonlar yuzaga keladi. Bu buzilishlar asosan bezning qon tomirlari va biriktiruvchi to‘qima stromasi o‘zgarishlari bilan boshlanadi. Me’da osti bezining shikastlanishi stromadagi tomirlar, Langergans orolchalarida va asinuslarda sifat va miqdor jihatidan o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Ushbu strukturaviy o‘zgarishlar me’da osti bezi ferment ishlab chiqarishining buzilishiga, insulin ishlab chiqaruvchi hujayralarining zararlanishiga olib kelib, natijada klinik jihatdan funksional buzilishlar, jumladan, ovqat hazm qilishda qiyinchiliklar va glyukoza metabolizmi disfunksiyasi (masalan, diabet) bilan namoyon bo‘ladi. Tadqiqot maqsadi. Tajribaviy qalqonsimon bez kasalliklarida me’da osti bezidagi morfologik o‘zgarishlarini o‘rganish. Material va tadqiqot usullari. Tadqiqot maqsadiga erishish uchun 80 nafar jinsiy yetuk oq laboratoriya kalamushlarning me’da osti bezi o‘rganildi. Oq laborator kalamushlarini 2 ta guruhga ajratildi. 1-guruh 30 ta sog‘lom kalamushlar nazorat guruhini tashkil qildi. 2-guruh tajriba guruhida urg‘ochi jinsga mansub 50 nafar oq laborator kalamushlarda tajribaviy gipotireoz chaqirish uchun 14 sutka davomida 100 gr tana og‘irligiga nisbatan 0,5 mg miqdorda merkazolil berildi. Keyinchalik 1 oy davomida kalamushlarga 100 gr tana vazniga 0,25 mg dan merkazolil berildi. Kalamushlar homilador bo‘lganidan so‘ng va bolasi tug‘ilganidan keyin ham emizikli davrida ona kalamushlarga 100 gr tana vazniga 0,25 mg dan merkazolil berishni davom ettirildi. Ona va bola kalamushlarning dum venasidan qon olindi, hamda qalqonsimon bez gormonlari miqdori o‘rganildi. Bola kalamushlar tug‘ilganidan so‘ng 3-, 7-, 14-, 21- va 30- kunlarda dekapitatsiya usulida jonsizlantirildi. Gistologik tekshiruvlar uchun me’da osti bezining bosh, tana va dum qismidan to‘qimalar olindi. Me’da osti bezi to‘qimasi 10% li formalin eritmasida fiksatsiya qilinib, spirtda suvsizlantirildi va parafinli b
Доказательный фрагмент
«In our study, we examined white laboratory rats born to control and experimental mothers with hypothyroidism.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn our study, we examined white laboratory rats born to control and experimental mothers with hypothyroidism. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- pancreas, acinus, mercazolil, share, atsinus, bo‘lakcha., merkazolil, me’da osti bezi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026