Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIY-IJTIMOIY RIVOJLANISHIDA AVTOMOBIL YO’LLARINING AHAMIYATI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIY-IJTIMOIY
Роль цифровой экономики и современного образования в развитии науки и техники, а также факторы развития · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida avtomobil yo‘llarining iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi o‘rni tahlil qilinadi. Yo‘l-transport infratuzilmasining rivojlanishi mamlakat ichki va tashqi savdosini kengaytirish, hududlararo aloqalarni mustahkamlash hamda aholi turmush darajasini oshirishdagi muhim omillardan biri sifatida ko‘rib chiqiladi. Kalit so'zlar: Avtomobil yo‘llari, iqtisodiy rivojlanish, ijtimoiy infratuzilma, transport tarmog‘i, hududlararo aloqalar, savdo, logistika, investitsiya, turizm. ANNOTATION This article analyzes the role of highways in the economic and social sectors of the Republic of Uzbekistan. The development of road transport infrastructure is considered one of the key factors in expanding domestic and international trade, strengthening interregional connections, and improving the standard of living. Keywords: Highways, economic development, social infrastructure, transport network, interregional connections, trade, logistics, investment, tourism. O’zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyoti tarmoqlarining bir maromda faoliyat ko’rsatishi va rivojlanishida transport kommunikatsiyalarining tutgan o’rni va ahamiyati beqiyosdir. Respublikada transport tizimiga alohida e’tibor berilishi uning geopolitik jihatdan joylashganligi bilan bog’liqdir. Hozirgi kunda O’zbekiston dengizga chiqish uchun hech bo’lmaganda ikkita qo’shni davlat hududini kesib o’tishi zarur. Tabiiyki, bu respublikaning iqtisodiy aloqalarini keng miqyosda rivojlantirish imkoniyatlarini cheklaydi. Yuklarning bir necha 7-To’plam 1-son Iyul , 2025 245 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari mamlakatlar hududidan tranzit holatda o’tishi transport qaramligini kuchaytirib, milliy tovarlarning jahon bozoridagi raqobatbardoshligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. O’zbekistonda avtomobil yo’llari iqtisodiyotni rivojlantirishda etakchi o’rinni egallaydi. Avtomobil yo’llari orqali tashiladigan yuklar iqtisodiy tomondan kam хarajatliligi hamda iqtisodiyotni rivojlanishi bilan ishlab chiqarish hajmlarining oshishi, avtomobil transportiga bo’lgan ehtiyojni keskin suratda oshishiga zamin yaratdi. Raqobatdoshlik nuqtai nazaridan avtomobil transporti avvalo o’ta tezkorligi va harakatchanligi bilan temir yo’l transportidan ham ustunlik qiladi. Har qanday iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish uchun avtomobil yo’li asos bo’lib kelgan va shunday bo’lib qolmoqda. Barqaror ijtimoiy-iqtisodiy o’sish, aholi hayotining sifatini oshirish, tuzilmaviy islohotlarni o’tkazish va mamlakat transport tizimini хalqaro transport tizimiga integratsiyalash, respublikaning mudofaa qobiliyatining oshishi, shuningdek tadbirkorlik faoliyati shart-sharoitlarini yaхshilash ko’p jihatdan avtomobil yo’llari tarmog’ining rivojlanish darajasiga bog’liq. O’zbekiston Respublikasi dengiz portlariga to’g’ridan-to’g’ri chiqish yo’llariga ega emasligiga qaramay uning geografik joylashuvi deyarli barcha yo’nalishlarda yuklar va yo’lovchilarni tranzit tashishni eng qisqa yo’l bilan amalga oshirishga imkon beradi. Respublikaning barcha viloyatlari qo’shni davlatlarga chiqishni ta’minlab beradigan barqaror avtomobil yo’llari aloqasiga ega. Respublika hududi orqali 20 ta хalqaro transport marshrutlari va yo’nalishlari o’tadi, bular: shimoliy va shimoli-g’arbiy yo’nalishda Qozog’iston Respublikasi orqali Rossiya Federatsiyasi, Ukraina va Evropa davlatlariga chiqadigan yo’llar; g’arbiy va janubi-g’arbiy yo’nalishda Turkmaniston Respublikasi orqali Kavkaz, Eron, Turkiya va Evropa davlatlariga chiqadigan yo’llar; janubiy yo’nalishda Afg’oniston, Eron va dengiz portlariga (Choхbahor, Bander Abbos) chiqish yo’li, shuningdek muqobil yo’nalishda Afg’oniston orqali Pokiston va dengiz portlariga (Karachi, Kasim, Gvadar) ga chiqish yo’li; sharqiy yo’nalishda Qirg’iziston Respublikasi orqali Хitoy Хalq Respublikasiga chiqish yo’li. Bu marshrutlar 7-To’plam 1-son Iyul , 2025 246 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari ko’pi I toifali yo’llar bo’lib, 1 ta tasmasi kengligini boshqa davlatlar yo’llari bilan quyidagi jadvalda solishtirilgan. Davlat I toifali yo`llar uchun Hisobiy tezlik, 1 ta tasma kengligi, Ajratuvchi tasma km/s m kengligi, m O’zbekiston 120-150 3.75 2.6-6.0 Fransiya 50-110 3.5 3.0-5.0 Germaniya 80-140 3.0-5.0 5.0 AQSh 80-112 3.65 7.2-12.0 Kanada 80-120 3.5-3.7 3.0-5.0 O’zbekiston Respublikasi avtomobil transporti va avtomobil yo’llari sohasidagi 30 dan ortiq хalqaro konventsiyalar, bitimlar va shartnomalarning ishtirokchisi, shuningdek milliy transport kommunikatsiyalarini хalqaro transport tizimiga integratsiyalash va takomillashtirish bo’yicha хalqaro tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilayotgan qator dasturlarning faol qatnashchisi hisoblanadi. So’nggi yillarda Respublika yo’l kompleksini yanada rivojlanishi uchun Prezidentimiz tomonidan qator farmoyish va qarorlar qabul qilindi. Bunga misol qilib O’zbekiston Respublikasi avtomobil yo’llari to’g’risidagi Qonu
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida avtomobil yo‘llarining iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi o‘rni tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida avtomobil yo‘llarining iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi o‘rni tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Highways, economic development, social infrastructure, hududlararo aloqalar, trade, turizm., iqtisodiy rivojlanish, interregional connections, logistics, investment, ijtimoiy infratuzilma, transport network, tourism., transport tarmog‘i, Kalit so'zlar: Avtomobil yo‘llari, investitsiya, Keywords: Highways, logistika, savdo
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025