К содержанию
РецензированоUZ2025

TALABALARDA AXLOQIY QARASHLARNI SHAKLLANTIRISHDA KONTSEPTSIYANING O‘RNI

TALABALARDA AXLOQIY QARASHLARNI · SHAKLLANTIRISHDA KONTSEPTSIYANING O‘RNI · Shaxlo Xudaykulova Mamaniyozovna

Роль цифровой экономики и современного образования в развитии науки и техники, а также факторы развития · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada “Komil inson konsepsiyasi” axloqiy va maʼnaviy yetuklikka erishish maqsadida shakllantirilgan muhim pedagogik g‘oyalar tahlil qilingan.. Komil inson konsepsiyasi milliy qadriyatlar, urf-odatlar va islomiy anʼanalarga asoslanishi haqida fikr yuritilgan.Konsepsiyaning o‘z oldiga qo`ygan maqsadlari tahlil qilingan Kalit so‘zlar: Maʼnaviy va axloqiy yetuklik,insonning jamiyatdagi o‘rni,intellektual rivojlanish,milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, milliy anʼanalar,umuminsoniy qadriyatlar, axloqiy tarbiya. O‘zbekistonda “Komil inson konsepsiyasi” axloqiy va maʼnaviy yetuklikka erishish maqsadida shakllantirilgan muhim pedagogik g‘oyalardan biri hisoblanadi. Bu konsepsiya insonni barkamol, maʼnaviy yetuk va jamiyatga foyda keltiruvchi shaxs sifatida rivojlantirishni nazarda tutadi. Komil inson konsepsiyasi milliy qadriyatlar, urf-odatlar va islomiy anʼanalarga asoslanadi. Unda insonning maʼnaviy dunyosi, shaxsiy masʼuliyati, ijtimoiy burchlari, axloqiy qadriyatlarga sodiqligi va jamiyatga foydali bo‘lishi muhim o‘rin tutadi. “Komil insonni tarbiyalashda milliy va maʼnaviy qadriyatlarga asoslanish, insoniylik, halollik, adolat kabi xislatlarni rivojlantirish muhimdir. Bu insonni 7-To’plam 1-son Iyul , 2025 415 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari nafaqat o‘zi uchun, balki jamiyat uchun ham foydali shaxs sifatida kamol toptirishga yordam beradi”.1 Konsepsiya o‘z oldiga quyidagi maqsadlarni qo‘yadi: 1. Maʼnaviy va axloqiy yetuklik: komil inson dunyoqarashi va axloqiy tamoyillari asosida vatanparvarlik, halollik, insoniylik, adolat va sadoqat kabi xislatlarga ega bo‘lishi kerak. 2. Insonning jamiyatdagi o‘rni: konsepsiyaga ko‘ra, komil inson o‘z masʼuliyatini anglagan holda jamiyat rivojiga hissa qo‘shadigan, ijtimoiy faol va foydali shaxsdir. 3. Intellektual rivojlanish: komil inson taʼlim va tafakkur orqali o‘z bilim va salohiyatini oshiradi. Bu esa uning jamiyatda muhim o‘rin egallashiga yordam beradi. 4. Milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat: komil inson milliy merosni qadrlash bilan bir qatorda, dunyo hamjamiyatining umumiy qadriyatlariga ham hurmat bilan munosabatda bo‘ladi. “Komil inson konsepsiyasi” O‘zbekiston taʼlim tizimida alohida ahamiyatga ega bo‘lib, yoshlar tarbiyasida, taʼlim dasturlarida va turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda keng qo‘llaniladi. Bu konsepsiya asosida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq, maʼnaviy yetuk va komil shaxslarni tarbiyalashga qaratilgan dasturlar ishlab chiqilgan. “Komil inson konsepsiyasi”ning taʼlim tizimiga tatbiq etilishi O‘zbekistonda maʼnaviy-axloqiy tarbiya va taʼlim jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Konsepsiyaning taʼlimga tatbiq etilishi orqali yoshlarni nafaqat bilimli, balki maʼnaviy jihatdan yetuk, masʼuliyatli va jamiyatga foydali shaxslar sifatida shakllantirishga erishish mumkin. Quyida konsepsiyaning taʼlim tizimidagi o‘rni va tatbiq etish imkoniyatlari haqida fikrlarimni bayon qilaman: 1. Maʼnaviy tarbiyani mustahkamlash. “Komil inson konsepsiyasi” taʼlim tizimida maʼnaviy tarbiyani kuchaytirishga qaratilgan. Dars jarayonida faqat nazariy bilim berish bilan cheklanmay, balki 1 G‘ofurov A. Maʼnaviy yetuklik sari. -Toshkent: O‘qituvchi, 2005. – B. 112. 7-To’plam 1-son Iyul , 2025 416 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari o‘quvchilarni shaxsiy masʼuliyat, insoniylik va milliy qadriyatlarga hurmat bilan yondashishga o‘rgatish mumkin. Masalan, adabiyot, tarix, madaniyat darslarida komil inson sifatidagi ideal shaxslarning hayoti va faoliyati orqali yoshlarga maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni tushuntirish va ularni hayotda qo‘llashni o‘rgatish mumkin. 2. Milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirish. Konsepsiya taʼlim jarayonida yoshlarga milliy qadriyatlar, urf-odatlar va anʼanalarni anglatish, ularni qadrlashni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga, taʼlim jarayonida umuminsoniy qadriyatlar, jumladan, inson huquqlari, tenglik va fuqarolik javobgarligi kabi tushunchalarni yoshlarga yetkazish orqali ularda keng dunyoqarash hosil qilish mumkin. 3. Har tomonlama barkamol shaxs rivojlantirish. Komil inson konsepsiyasi asosida har bir o‘quvchida nafaqat bilim, balki jismoniy va maʼnaviy barkamollikni taʼminlashga eʼtibor qaratilgan. Shu maqsadda maktablarda sport mashg‘ulotlari, sanʼat va madaniyat faoliyatlari, ijtimoiy tadbirlar va maʼnaviy-maʼrifiy kechalarni tashkil etish orqali yoshlarning barcha sohada rivojlanishiga xizmat qilish mumkin. 4. O‘qituvchining shaxsiy namuna sifatidagi roli. Komil inson konsepsiyasini tatbiq etishda o‘qituvchining shaxsiy namuna sifatidagi roli muhimdir. O‘qituvchi axloqiy qadriyatlar va maʼnaviy-axloqiy meʼyorlarni faqat so‘z bilan emas, balki amaliy xatti-harakatlari orqali namoyish etishi kerak. Shu tariqa o‘quvchilar o‘qituvchidagi xislatlarni qabul qilib, ularni o‘zlarida rivojlantirishga intiladilar. 5. Axloqiy va maʼnaviy qadriyatlarga q

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada “Komil inson konsepsiyasi” axloqiy va maʼnaviy yetuklikka erishish maqsadida shakllantirilgan muhim pedagogik g‘oyalar tahlil qilingan..»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada “Komil inson konsepsiyasi” axloqiy va maʼnaviy yetuklikka erishish maqsadida shakllantirilgan muhim pedagogik g‘oyalar tahlil qilingan.. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
axloqiy tarbiya., insonning jamiyatdagi o‘rni, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, umuminsoniy qadriyatlar, Kalit so‘zlar: Maʼnaviy va axloqiy yetuklik, intellektual rivojlanish, milliy anʼanalar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники