Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEK VA RUS TILLARIDA APELLYATIV LEKSIK BIRLIKLARNI O‘RGANISHDA LINGVOMADANIY TAHLILNING O‘RNI
Abu Ali ibn Sino nomidagi · Jomardova Dilafruz Qahramonovna (Buxoro davlat tibbiyot instituti)
Роль цифровой экономики и современного образования в развитии науки и техники, а также факторы развития · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada o‘zbek va rus tillarida taqdim etilgan reklamalarda apellyativ leksikaning lingvomadaniy jihatlari yoritiladi. Tahlilga tortilgan tillarning lingvistik imkoniyatlari, o‘xshashlik va farqlari haqida ma’lumot beriladi. Kalit so‘zlar: apellyativ leksik birliklar, o‘zbek va rus tillari, reklama matni, fe’lning buyruq mayli, dublet so‘z, grafik ifoda, tibbiy atama. Har bir insonga salomatlikdan ko‘ra muhim, sog‘liqdan ko‘ra ko‘proq e’tibor beriladigan narsaning o‘zi yo‘q. Shuning uchun kishilar xastaliklardan saqlanish, salomatliklarini asrash va mustahkamlash uchun kuch-g‘ayrat, mablag‘ va vaqtni ayashmaydi. Bular bejizga emas. Hayot shirin, salomat umrguzaronlik qilish undan ham shirin. Baxtli-saodatli turmush kechirish uchun esa, insonga avvalo sog‘lik kerak. Yuqoridagi fikrni ma’qullagan holda, quyidagini qo‘shimcha qilamiz. Bizningcha, inson jismi, qalbi halovat tortishiga hech narsa yetmasa kerak, chunki inson qancha ruhan xotirjam bo‘lsa, uning shuncha salomatligi joyida bo‘ladi. Yomon xabar, mavjud muammolar inson jismidan joy olar ekan, bu insonning ko‘ngliga na huzur, na halovat tatiydi. Hammamizga ma’lum, tanamizning ruhiy zo‘riqishi, organizmda bir qator kasalliklar avj olishiga sabab bo‘ladi. Ko‘ngil xotirjamligiga nima yetsin? Aynan shu ne’mat - xotirjamlik apellyativ leksikasi barchaning diqqat markazi sifatida, keyingi “PROSTATIT xotirjam uxlashga 7-To’plam 1-son Iyul , 2025 329 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari xalal beradimi? Natija qabulning 1-haftasidanoq sezila boshlanadi!” reklama matnida o‘z aksini topgan. Biz esa, bu holatning teskarisini tasavvur qilib ko‘rish maqsadida, bir qator o‘zbek maqollariga murojaat qilamiz. Masalan, “Osoyishtalik – eng yaxshi malham”; “Dard keldi, darmon ketdi”; “Kasal kulgu suymas”; “Kasalga asal ham bemaza tuyular”; “Tan salomati – jon rohati” va h. maqollar izoh bo‘la oladi. Bizning fikrimizcha, “Xotirjamlik” apellyativ leksikasikasiga ma’no jihatdan dublet sifatida dori vositasi reklama matnidagi “og‘riq haqida uniting” degan so‘z birikmasini hosil qiluvchi apellyativ leksikani tenglashtirsak adashmagan bo‘lamiz. Bu esa ushbu reklama matnda quyidagicha ifodalanadi: “DOROFLEX Salqin havoda bo‘g‘imlar og‘rishni boshlaydimi? Dorofleks qabul qiling va og‘riq haqida unuting”. Matndagi “og‘riq haqida unuting” apellyativ leksikani ifodalovchi so‘z birikmasi tarkibida fe’lning buyruq maylini ishtirok etib, u ma’lum bir vaqtga bo‘lsada tana og‘rig‘ini unutib, xotirjamlik, ko‘ngil halovatiga erishish uchun imkon borligini targ‘ib etadi. Keyingi “45 yoshdan oshganlar uchun “Oltin davr” kompleks tekshiruv dasturi. Ushbu dastur organizmingiz holatini baholashni, tavsiyalar va individual davolash rejasini taklif qiladi. Siz: UQT, UST, bazaviy biokimyo, glikozillangan gemoglobin va boshqa tahlillar; qorin bo‘shlig‘i organlari, kichik tos a’zolari UTT va boshqa tekshiruvlardan oʻtasiz. Shuningdek, siz tahlil va tekshiruv natajilariga ko‘ra shifokor–terapevt xulosasini ham olasiz. Batafsil maʼlumot olish uchun quyidagi telefon raqami orqali murojaat qiling: +9989 (55) 508-13- 30. M-Clinic, Sizga g‘amxo‘rlik bilan!” tibbiy xizmatlar reklamasini tahlil qilish maqsadida “Oltin davr” apellyativ leksikasiga oʻz diqqatimizni qaratamiz. Odatda xalqimiz o‘rtasida “Oltin davr” iborasi koʻp holatda “Talabalik – oltin davr” deb, yoki yosh oʻtgan sari yoshi katta insonlar attang qilib “Bolalik – oltin davr” deb eslashadi. Ushbu reklama diskursida esa, “Oltin davr” apellyativ leksik birligiga oʻzgacha tus berish maqsadida unga sanoq sonlari biriktirilib, “45, 45+ yosh – oltin davr” grafik koʻrinishiga keltirilib, bu tibbiy tekshiruv dasturi shu tariqa nomlangan. Reklama bu yoshdagilar oʻz yoshlaridan uyalmasdan, 7-To’plam 1-son Iyul , 2025 330 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari sogʻliqlariga befarq boʻlmasliklari yoki ma’lum ma’noda umidlarini soʻndirmasdan oʻz vaqtida zarur tibbiy tekshiruvlardan oʻtishlari kerakligini uqtirish maqsadida qoʻllangan ijobiy psixologik ta’sir boʻlib, mijozlar o‘rtasida pozitiv kayfiyat tarqatish va ular sonini oshirishga qaratilgan. Shu joyda qoʻshimcha sifatida “45, 45+ yosh – oltin davr”deb bejizga aytilmasligiga, misol keltirmoqchimiz. Ushbu misol, ham oʻzbek, ham rus millati vakillari oʻrtasida oʻziga xos iboralarni qoʻllash orqali ishlatiladi: Говорят, что “в 45 - баба ягодка опять”, а “мужчина в 45 - начинает расцветать”. Iborani oʻzbek tiliga oʻgirganda quyidagi tarjima kelib chiqadi: “45 yoshdagi ayol – yangi uzilgan mevadek”, “45 yoshdagi erkak - goʻyoki bilagi kuchga toʻlgan navqiron yigitdek”. Rus telekanallarida “Предотвратите возможные заболевания с помощью программы Check.up” ko‘rinishidagi reklama ommalashishga ulgurib bo‘ldi. Bu shubhasiz g‘arb davlatlari urf-odatlarining rus madaniyati muhitiga yuqori tezlikda moslashishi, sharq davlatlari madaniyatida ommalashish darajasi yuqori ekanligidan dalo
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada o‘zbek va rus tillarida taqdim etilgan reklamalarda apellyativ leksikaning lingvomadaniy jihatlari yoritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada o‘zbek va rus tillarida taqdim etilgan reklamalarda apellyativ leksikaning lingvomadaniy jihatlari yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tibbiy atama., Kalit so‘zlar: apellyativ leksik birliklar, reklama matni, o‘zbek va rus tillari, fe’lning buyruq mayli, grafik ifoda, dublet so‘z
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Современная наука и исследованияNEW RENAISSANCE, HUJJATLARDA AKS ETISHI +22025