Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
LOYIHALASH KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI
LOYIHALASH KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHDA · RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI · Asrorova S.A.
Роль цифровой экономики и современного образования в развитии науки и техники, а также факторы развития · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada loyihalash kompetensiyasini shakllantirishda raqamli texnologiyalarning ahamiyati tahlil qilinadi. Loyihalarni boshqarishda raqamli vositalarning roli haqida. Raqamli dasturlar yordamida loyiha boshqaruvini samarali amalga oshirish haqida so‘z yuritiladi. Shu bilan birgalikda, Bugungi kundagi O‘zbekiston tekstil sanoati haqidaham aytib o‘tiladi. Tayanch iboralar. Axborot texnologiyalari, ta’lim, raqamli texnologiyalar, bilim, kompetensiya, kiyimni loyihalash kompetensiyasi, grafik texnologiya. Jаhоndа tа’lim sifаti vа sаmаrаdоrligini оshirish, оliу tа’lim muаssаsаlаridа tаlаbаlаrning kаsbiу kоmреtеnsiуаlаrini rivоjlаntirishdа axborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha yondashuvlarga аlоhidа е’tibоr qаrаtilmоqdа. Hоzirgi kundа jаhоnning еng ilg‘оr univеrsitеtlаridа kоmруutеr tехnоlоgiуаlаridаn fоуdаlаngаn hоldа tа’lim jаrауоnini sаmаrаli tаshkil еtishning еng zаmоnаviу usullаrini qо‘llаsh, vа undаn fоуdаlаnish sаmаrаli уо‘lgа qо‘уilmоqdа. Shu sаbаbli ta’lim jarayonida zаmоnаviу ахbоrоt kоmmunikаtsiуа tехnоlоgiуаlаridаn fоуdаlаnib tаlаbаlаrning kаsbiу kоmреtеntligini rivоjlаntirish mеtоdikаsini tаkоmillаshtirish muhim аhаmiуаt kаsb еtmоqdа. Raqamli texnologiyalarni ta’lim tizimiga integratsiya qilish, nafaqat o‘quv jarayonlarini samarali tashkil etish, balki yoshlarni global raqobatbardosh mutaxassislar sifatida tayyorlash imkonini yaratadi. Shu bilan birga, ta’lim 7-To’plam 1-son Iyul , 2025 33 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari sohasida xususan, loyihalash sohasida ham raqamli transformatsiya, innovatsion dasturlar orqali amalga oshirishdagi tashabbuslar amalga oshirilmoqda. Turli sohalardagi ilmiy texnikaviy taraqqiot tobora murakkab raqamli texnologiyalar orqali amalga oshirilmoqda. Loyihalash nafaqat loyihalash hujjatlarini ishlab chiqish, balki strukturasini qurish uchun mantiqiy asosni yaratadigan butun jarayon sifatida ko‘rib chiqilishi kerak. Raqamli texnologiyalar orali loyihalash esa loyihalashdagi yangi va samarador ilmiy-texnik yo‘nalishni tavsiflaydi va loyihalovchining ijodiy intellectual faoliyatida kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning yuqori darajasini belgilaydi. Raqamli texnologiyalar orqali loyihalashning rivojlanishi matematik modellashtirishning yangi nazariyalari va usullarini takomillashtirish va yaratishni talab qiladi, shu bilan birga loyihalash jarayonining nazariy darajasini hamda talabalarda kiyimni loyihalash kompetensiyasini oshiradi. Kiyimni loyihalash kompetensiyasi – bu o‘quvchi yoki talabaning moda va dizayn sohasi bo‘yicha zamonaviy talablarga mos loyihalarni yaratish, texnik va estetik mezonlarga rioya qilgan holda kiyim modellarini ishlab chiqish, grafik va raqamli dasturlardan foydalangan holda dizaynni namoyish eta olish qobiliyatidir. Bugungi kunda O‘zbekiston tekstil sanoati Markaziy Osiyoda eng yirik sanoat tarmog‘iga aylanib bormoqda. Bunga yaqqol miso qilib So‘nggi yillardagi eksport hajmi yil sayin oshishi (2023 yilda $3 milliarddan oshgan), Mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘z brendlarini yaratishlari hamda Tikuvchilik va dizayn sohasi bo‘yicha xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etish ko‘payib borishidir. Bunday sharoitda raqobatbardosh va kreativ kiyim mahsulotlarini yaratish uchun malakali dizaynerlar, modelyerlar, texnolog va konstruktorlarga ehtiyoj juda yuqori. Bu esa o‘z navbatida, raqamli ta’lim muhitida loyihalash kompetensiyalarini egallagan mutaxassislar tayyorlashni strategik zaruratga aylantiradi. Raqamli texnologiyalar orqali loyihalash bu chizilgan va grafik ishlarni raqamli vositalar yordamida loyihalashga imkon beradigan vositadir. Unda konstruktor chizmani yaratishi kerak bo‘lgan hamma narsaga ega. 7-To’plam 1-son Iyul , 2025 34 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari Raqamlashtirilgan dasturlarda biz qo‘lda bajaradigan ketma ketlikdagi vazifalarni, grafik primitivlar bajaradi. Bunda oddiy asosni yaratishda (nuqta, chiziq, aylana va boshqalar), ularni tahrirlash buyruqlariga (o‘chirish, uzatish, nusxa ko‘chirish va boshqalar), oddiy xususiyatlarni sozlash buyruqlariga (grafik obyektlarning qalinligi, turi va rangini sozlash) va boshqalar kiradi. Grafik primitivlar – bu murakkab grafik obyektlarni yaratish uchun ishlatiladigan asosiy geometrik shakllar bo‘lib, ular chizma asoslarini tashkil etadi. Grafik primitivlar asosiy grafik elementlar deb ham ataladi. Ular yordamida kiyimning shakli, konstruktsiyasi va detallarining aniq chizmasi yaratiladi. Grafik primitivlar – bu kompyuter grafikasi va CAD dasturlarida ishlatiladigan oddiy geometrik shakllar: • nuqta (point); • to‘g‘ri chiziq (line); • egri chiziq (curve / spline / bezier); • aylana va yoy (circle / arc); • to‘g‘ri to‘rtburchak (rectangle); • ko‘pburchak (polygon). Bu elementlar yordamida kiyimning qismlari: yoqa, yeng, bel qismi, etak, detal choklari va boshqalar kontur shaklida aniq va o‘lchamli chiziladi. Kompyuterda loyihalashda takroriy oper
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada loyihalash kompetensiyasini shakllantirishda raqamli texnologiyalarning ahamiyati tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada loyihalash kompetensiyasini shakllantirishda raqamli texnologiyalarning ahamiyati tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- raqamli texnologiyalar, ta’lim, kiyimni loyihalash kompetensiyasi, bilim, grafik texnologiya., kompetensiya, Tayanch iboralar. Axborot texnologiyalari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024