К содержанию
РецензированоUZ2026

MAQOMSHUNOS IS’HOQ RAJABOV ILMIY IJODIGA BIR NAZAR

Iskandarova Dilnoza

Роль цифровой экономики и современного образования в развитии науки и техники, а также факторы развития · 2026

Аннотация

XX asr o‘zbek mumtoz musiqa san’atida ilmiy izlanishlar jadal olib borilgani barchaga ma’lum, ushbu davr maqomshunoslik ilmida Is’hoq Rajabovning ahamiyati beqiyos. Taqdim etilgan maqolada maqoshunos olim Is’hoq Rajabov va uning ilmiy faoliyati, “Maqomlar” monografiyasi haqida to‘liq sharh bayon etilgan. Kalit so‘z: maqomlar, olim, mumtoz, musiqa, bastakor, shashmaqom, usul, ritm, maqomshunos, kuy, ashula. Har bir xalq o‘ziga xos tarixiy hayot tarzi, etnik qadriyatlari va an’analarini ifoda etuvchi manbalarga ega bo‘lib, bular avloddan-avlodga meros bo‘lib o‘tadigan madaniy yodgorliklardir. O‘zbek xalqining milliy madaniy merosining ajralmas qismi hisoblangan mumtoz musiqa, xalq ijodiyoti va folklor namunalaridan iborat bo‘lib, ayniqsa, O‘zbekiston hududidagi turli etnik guruhlarning mahalliy musiqiy uslublari va kuy-qo‘shiqlari bugungi kunda ko‘plab musiqashunoslar tomonidan ilmiy jihatdan o‘rganilmoqda va shu bilan milliy musiqiy merosimizning hajmi kengayib bormoqda. O‘zbekiston hududida turli davrlarda faoliyat ko‘rsatgan ustoz san’atkorlar va olimlarning mumtoz musiqa san’atiga qo‘shgan hissalari beqiyosdir. O‘zbek mumtoz musiqa san’atini ilmiy o‘rganilishda musiqashunos olimlarning ahamiyati katta. Jumladan, XX asr o‘zbek musiqa san’ati tarixida, atoqli maqomshunos olim Is’hoq Rajabovning ahamiyati katta. Is’hoq Rajabov o‘zbek mumtoz musiqa san’ati bo‘lmish maqomlarni ilmiy asoslagan, nazariy sharxlagan birinchi maqomshunos olimlardandir. Uning ilmiy merosi hisoblanmish “Maqomlar masalasiga doir”, “Maqom asoslari”, “Maqomlar” kitoblari bugungi kunda ham maqomlarni o‘rganishda dast-urul amal vazifasini o‘tamoqda. Is’hoq Rajabov – san’atshunoslik fanlari doktori, professor, 7-To’plam 1-son Iyul , 2025 193 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari musiqashunos olimdir. Uning maqomshunos olim bo‘lib yetishishida, otasi Risqi Rajabiy, amakisi Yunus Rajabiyning o‘rni beqiyosdir. Is’hoq Rajabov 1927-yil Toshkentda taniqli san’atkorlar oilasida tavallud topgan. Is’hoq Rajabov bolaligidan musiqaga qiziqan. Rajabiylar sulolasi vakili sifatida, Is’hoq Rajabov sozandalik an’analari dutorda va tanbur ijrochiligini Rizqi va Yunus Rajabiylardan o‘zlashtirgan. Is’hoq Rajabov Sharqshunoslik Institutining Fors tili fakultetini tamomlaydi. U Rudakiydan to G‘afur G‘ulomgacha bo‘lgan O‘zbek va Tojik shoirlari ijodini mukammal o‘rganadi. I.Rajabov dutor tanbur cholg‘u sozlarini mohirona ijro etardi va o‘zbek xalq qo‘shiqlari hamda maqom namunalarini ham ijro etgan. Is’hoq Rajabov e’tiborini sharq xalqlari musiqasini ilmiy o‘rganishga qaratadi. Shu bois Aspiranturaga o‘qishga kirib A.Semenov rahbarligida o‘rta asrlar davri va sharq uyg‘onish davri risolalari bo‘yicha tadqiqotlar olib boradi. 1961 yilda yosh olim San’atshunoslik institutida yetakchi tadqiqotchi olim sifatida faoliyat yuritadi. Institutda o‘zbek mumtoz musiqasi bo‘lmish maqomlar, bastakorlar ijodiyoti kabi masalalar yuzasidan ilmiy izlanishlar olib boradi. Shu yillari ilmiy jurnalda chop etilgan “Sharq musiqa notasi tarixi” haqida nomli maqolasi shov- shuvlarga sabab bo‘lib, ilk marta xalqaro jamiyat tomonidan ilmiy kashfiyotning dolzarbligi tan olinib, bu musiqiy nota tushunchasi sharqda ham mavjud bo‘lganligini isbotlab beradi. “Maqomlar” ilmiy monografiyasi Is’hoq Rajabovning dissertatsiyasining kitob shakliga keltirilgan ko‘rinishidir. Ushbu monografiyaning nashr etilishida, maqomshunos olim Oqilxon Ibrohimovning mehnati singan. Kitob YUNESKO va Markaziy Osiyo mumtoz musiqasi – Shashmaqomni asrash bo‘yicha Yaponiya Trast Jamg‘armasining hamkorlikdagi loyihasi asosida nashrga tayyorlangan. Nashrga tayorlovchi va maxsus muharrir – Oqilxon Ibrohimovdir. Tahrir hay’ati 7-To’plam 1-son Iyul , 2025 194 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari – Fayzullo Karomatli, Akmal Rajabov, Ravshan Yunusov. Kitob 2006 yili San’at nashriyotida 1000 nusxada chiqarilgan.1 Ushbu kitob ikki qismdan iborat: birinchi qismda quyidagi mavzular yoritilgan; O‘rta Osiyo xalqlari musiqa madaniyati tarixi haqida (ushbu paragrafda o‘rta asr musiqa madaniyati, allomalarning musiqaga bag‘ishlangan kitoblari, Temur va Temuriylar davri musiqa madaniyatining rivoji mavzulari yoritilgan). O‘tmishda bastakorlik san’atining ba’zi masalalari va kuy shakillari haqida.(Bu paragrafda bastakorlik an’analarini shakllanishi, maqom turkumlarining rivojlanishi, bastakorlik san’atining rivojlanishi, o‘rta asr bastakorlarning nomi va ularning professional musiqadagi o‘rni, kor, qavl, amal, peshrav, oviza, savt, rixta, saj, zarbayn atamalariga ta’rif, Shashmaqomning notaga olinishi haqida bayon etilgan) Maqomlarning nazariy asoslari. (Ushbu paragrafda va o‘rta asr allomalarning risolalariga asoslanib, musiqiy tovushning paydo bo‘lishi, nag‘ma, intervallar tarkibi, ritm, jam, jinslar haqida ma’lumot beriladi. Shuningdek Ud cholg‘usi va uning tovush qatori va pardalarining joylashishi yoritilgan.

Доказательный фрагмент

«XX asr o‘zbek mumtoz musiqa san’atida ilmiy izlanishlar jadal olib borilgani barchaga ma’lum, ushbu davr maqomshunoslik ilmida Is’hoq Rajabovning ahamiyati beqiyos.»

Образец извлечения

Демо-превью

XX asr o‘zbek mumtoz musiqa san’atida ilmiy izlanishlar jadal olib borilgani barchaga ma’lum, ushbu davr maqomshunoslik ilmida Is’hoq Rajabovning ahamiyati beqiyos. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
olim, Kalit so‘z: maqomlar, ritm, maqomshunos, ashula., mumtoz, musiqa, bastakor, usul, kuy, shashmaqom
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники