Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TALABALARNI QO'L MEHNAT FAOLIYATIGA O'RGATISH ORQALI MOTIVATSIYANI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK JIHATLARI.
Abdullajonova Dildoraxon Rustamjonovna
Роль цифровой экономики и современного образования в развитии науки и техники, а также факторы развития · 2 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada talabalarni qo'l mehnat faoliyatiga o'rgatish orqali motivatsiyani shakllantirishning psixologik jihatlari, qo'l mehnat faoliyati orqali miyaning motor va sensorik sohalarini faollashtirish, qo'llar bilan ishlash jarayonida neyron aloqalari mustahkamlanishi haqida ilmiy tadqiqotlardan olingan asoslar haqida so’z boradi. Kalit so’zlar: Ijodiy potentsial, abstrakt tushunchalar, motivatsiyani kuchaytirish, an'anaviy hunarmandchilik . «Men har gal yoshlarimiz bilan uchrashganimda sizlarning g‘ayrat- shijoatingizdan kuch-quvvat olaman, ko‘nglim tog‘day ko‘tariladi. Har biringiz jonajon Vatanimiz va xalqimizga sidqidildan xizmat qilish orzusi bilan yonib yashayotganingizni yaxshi bilaman. Sizlarni O‘zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi sifatida qadrlayman», — deydi Shavkat Mirziyoyev Odamlarning ishiga e'tibor bermaslik, ularning ko'z o'ngida ularning harakatlarini sindirish kabi yomon", deydi Ariely. Motivatsiyani qo'shish unchalik qiyin emasdek tuyuladi. Motivatsiyani yo'q qilish juda oson bo'lib 7-To’plam 1-son Iyul , 2025 69 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari tuyuladi va agar biz bu haqda ehtiyotkorlik bilan o'ylamasak, uni haddan tashqari oshirib yuborishimiz mumkin." Har qanday jamiyatning ravnaqi, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy barqarorligi uning fuqarolarining aqliy va ahloqiy salohiyatini yuksak darajada rivojlanganligiga bog’liq. Zero, jamiyatimizning ma'naviy yangilanishida, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishda jahon hamjamiyatiga qo’shilishini ta'minlaydigan demokratik huquqiy davlat qurish kadrlar tayyorlashning milliy masalasi ustuvor mezon sifatida muhim rol o’ynaydi. Chunki xalqning boy intellektual merosi va umuminsoniy qadriyatlar asosida zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan-texnika va texnologiyaning yangi yutuqlari asosida mukammal tayyorgarlikdan o’tgan kadrlarni tayyorlashning yangi tizimini shakllantirish O’zbekiston Respublikasi taraqqiyotining muhim shartlaridan biri bo’lib qoldi. Inson bolasi kamolga yetgani sari ilmga, ma'rifatga talpinadi. Bugungi kunda oliy ta’lim tizimida talabalarni nafaqat nazariy bilimlarga, balki amaliy ko‘nikma va kasbiy kompetensiyalarga ega bo‘lgan, ijodkor, tashabbuskor va mehnatsevar shaxs sifatida tarbiyalash dolzarb masalaga aylangan. Ayniqsa, qo‘l mehnati orqali o‘qitish — talabalar shaxsini har tomonlama rivojlantirish, ularning kasbga bo‘lgan qiziqishi va ichki motivatsiyasini shakllantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Motivatsiya tushunchasiga ko‘plab xorijiy olimlar A.Bandur, S.Zanyuk, G.Ayzenk, V.Aseev, D.Braun G.Myurey, A.Rean, V.Stolina, X.Xekxauzen, F.Xoppe va boshqalar o‘zlarining ilmiy ishlarini bag‘ishlagan. R.R.Bibrich, I.O.Vasilev, I.I.Vartanova, V.V.Davydov, N.V.Yelfimova, E.P. Ilyin, A.K.Markova., M.V.Matyuxina, V.F.Morgun, A.B.Orlov, L.M.Fridman, O.M.Arestova, A.A.Verbyskiy, E.I.Savonko va boshqa psixologlar o‘quvchilarning o‘quv faoliyati motivatsiyasini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlariga katta e’tibor berganlar. Bir tomondan, motivatsiya xulq–atvorga yo‘naltirilgan va uni qo‘llab– quvvatlovchi omillar majmui singari ko‘rib chiqilsa, boshqa tomondan – organizm faolligini chaqiruvchi va uning yo‘nalishini 7-To’plam 1-son Iyul , 2025 70 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari aniqlovchi uyg‘onish yoki motivlar singari majmua, ya’ni inson xulq atvorini uyg‘otuvchi va yo‘naltiruvchi omillar majmui sifatidagi ko‘rib chiqiladi. Undan tashqari, motivatsiya insonning aniq faoliyatini boshqaruvchi jarayon sifatida o‘rganadi. Ta’lim faoliyatini rag‘batlantirish muammosini hal ahamiyati nuqtai nazaridan ta’lim motivatsiya, deb aslida bilan belgilanadi o‘quv jarayonini samarali amalga oshirish uchun muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki, bu o‘qishga salbiy yoki befarq munosabat bo‘lib, talabaning past akademik ko‘rsatkichlari yoki kam erishishiga sabab bo‘lishi mumkin. Motiv (Lat. moveo, movere–harakat qilish, faollashtirish, surish) inson harakatlari va amallarining rag‘batlantiruvchi kuchidir Motiv, shuningdek, insonning faoliyatini keltirib chiqaradigan va ushbu faoliyat yo‘nalishini belgilaydigan ongli ehtiyoj sifatida tushuniladi. Shunga ko‘ra, motivatsiya–bu harakatni amalga oshirishga turtki bo‘lgan aqliy hodisalar, shaxsning faoliyatini va uning rejalashtirilgan natijaga erishishga yo‘naltirilganligini belgilaydigan harakat. Qo‘l mehnati faoliyati — bu faqatgina jismoniy ish emas, balki shaxsning aqliy, ruhiy va ijodiy salohiyatini namoyon etish vositasi hamdir. Bu jarayon orqali talabalar o‘z mehnat mahsulini ko‘rish, unga baho berish, o‘zini foydali his qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa ularning o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqini kuchaytiradi, o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi va kasbiy rivojlanishida kuchli ichki turtki hosil qiladi. Pedagogik va psixologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, amaliy mehnat faoliyati orqali o‘rganilgan bilim va ko‘nikmalar
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada talabalarni qo'l mehnat faoliyatiga o'rgatish orqali motivatsiyani shakllantirishning psixologik jihatlari, qo'l mehnat faoliyati orqali miyaning motor va sensorik sohalarini faollashtirish, qo'llar bil…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada talabalarni qo'l mehnat faoliyatiga o'rgatish orqali motivatsiyani shakllantirishning psixologik jihatlari, qo'l mehnat faoliyati orqali miyaning motor va sensorik sohalarini faollashtirish, qo'llar bil… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- an'anaviy hunarmandchilik ., motivatsiyani kuchaytirish, abstrakt tushunchalar, Kalit so’zlar: Ijodiy potentsial
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025