К содержанию
РецензированоEN2025

XXI ASRDA SHARQ MUSIQA MADANIYATI

Shaxobiddinova Aziza Shavkatjon qizi

Роль цифровой экономики и современного образования в развитии науки и техники, а также факторы развития · 2025

Аннотация

This article analyzes the development of Eastern musical culture in the 21st century, its role in the context of globalization, and the interaction between traditional and modern musical trends. The research is based on historical-comparative and systematic approaches to study the aesthetic, socio- cultural, and technological aspects of Eastern music on a scientific basis. Keywords. Eastern music, musical identity, digital transformation, socio-cultural factors, contemporary composers, aesthetic thinking. Kirish. Sharq sivilizatsiyasi qadimdan musiqiy tafakkur va badiiy-estetik madaniyatning yuksak namunalari bilan ajralib turgan mintaqalardan biri 7-To’plam 1-son Iyul , 2025 127 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari hisoblanadi. Jumladan, O‘rta Osiyo, Hindiston, Eron va Xitoyda shakllangan musiqa maktablari nafaqat xalq og‘zaki ijodi va diniy-marosimiy an’analar bilan uyg‘unlashgan, balki falsafiy tafakkur bilan ham bevosita bog‘liq bo‘lgan. Ibn Sino, Forobiy va Al-Xorazmiy kabi allomalar musiqa nazariyasini ilmiy asosda tahlil qilib, uni matematik va fiziologik qonuniyatlar bilan bog‘laganlar. Sharq musiqasida maqom tizimlari, ritmik murakkablik, improvizatsion ijro va ruhiy- ma’naviy teranlik ustuvorlik qiladi. XXI asrga kelib, bu boy musiqiy meros globallashuv, raqamli madaniyat, axborot texnologiyalari va transmilliy madaniy oqimlar fonida yangi shakllanish bosqichiga o‘tdi. Endilikda Sharq musiqasi nafaqat an’anaviylikni saqlagan holda rivojlanmoqda, balki zamonaviy musiqiy janrlar, elektron platformalar va xalqaro sahnalar bilan integratsiyalashmoqda. Bu esa musiqiy identitet va madaniy merosni qayta talqin qilish, ularni bugungi auditoriya ehtiyojlariga moslashtirish zaruratini yuzaga keltirmoqda.Ushbu maqolada XXI asrda Sharq musiqasi madaniyatining zamonaviy sharoitdagi transformatsiyasi, yangi avlod ijodkorlarining yondashuvi, musiqiy merosning innovatsion shakllarda davom ettirilishi hamda sotsiomadaniy omillarning roliga ilmiy asosda baho beriladi. Tahlil jarayonida tarixiy-komparativ va tizimli yondashuv metodlaridan foydalanilgan. Asosiy qism. Sharq musiqa madaniyati bu faqat estetik-intonatsion tizim emas, balki tamadduniy dunyoqarashni mujassamlashtiruvchi, sotsiokulturniy xotira shakli sifatida shakllangan betakror madaniy hodisadir. U ko‘p asrlar davomida nafaqat musiqiy ifoda vositasi, balki falsafiy-fikriy kontseptualizatsiya obyekti sifatida ham rivojlanib kelgan. Ayniqsa, Forobiy, Ibn Sino va Bahouddin Naqshbandiy singari Sharq mutafakkirlarining musiqiy tafakkur haqidagi qarashlari musiqaning gnoseologik va axloqiy-mistik funksiyalarini nazariy asosda ochib bergan.XXI asrda ushbu musiqiy meros tubdan yangi bosqichga ko‘tarilib, zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalari, globallashuv va transmilliy madaniy almashinuv kontekstida qayta talqin qilinmoqda. Sharq musiqasi endilikda nafaqat avvalgi shaklida saqlanib qolmoqda, balki yangi 7-To’plam 1-son Iyul , 2025 128 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari ifodaviy ko‘rinishlar, xususan, elektron maqom, eksperimental folk-trance janrlarida ham namoyon bo‘lmoqda. Bu esa an’anaviylik va innovatsiyaning murakkab dialektikasini yuzaga keltiradi. Musiqiy merosning XXI asrdagi bu transformatsiyasi, birinchi navbatda, madaniy identitet va milliy xotira kategoriyalarining qayta shakllanishi bilan bevosita bog‘liqdir. Madaniy identitet masalasi hozirgi postmodern madaniyatda fragmentatsiyalashgan, ko‘p ovozli va kontekstga bog‘liq tus olgan. Bunday sharoitda Sharq musiqasi o‘zining arxaik semantik qatlamlarini zamonaviy estetik va texnologik kodlar bilan uyg‘unlashtirish orqali, universal kommunikatsiya vositasiga aylanishni boshladi1. Tadqiqot davomida Sharq musiqasining zamonaviy dinamikasi tarixiy- komparativ, diskursiv-semiotik va intertekstual madaniy yondashuvlar asosida tahlil qilindi. Tarixiy-komparativ metod orqali musiqa tizimlarining o‘zaro qiyosiy tahlili olib borildi; semiotik yondashuv orqali esa maqom va raqs ritmlaridagi ramziy strukturalar tadqiq qilindi. Shu bilan birga, musiqiy ifoda bilan bog‘liq bo‘lgan kulturniy kodlarning zamonaviy ommaviy madaniyat bilan sintez jarayoni o‘rganildi.Masalan, O‘zbekiston maqom san’atida kuzatilayotgan janrlararo integratsiya ya’ni maqom va estrada, maqom va rap yoki maqom va ambient janrlari o‘rtasidagi sintezlar madaniy suverenitet va kreativ ekspressiyaning o‘ziga xos ko‘rinishidir. Shu jihatdan qaralganda, XXI asrda Sharq musiqasi o‘zining zamonaviy shaklida nafaqat madaniy meros sifatida, balki madaniy rezistensiya va ekspansiyaning vositasi sifatida ham namoyon bo‘lmoqda.Yana bir muhim omil shuki, bugungi kunda Sharq musiqasi xalqaro musiqiy muhitda faqat folklorik namunalar sifatida emas, balki ilmiy tadqiqot obyekti sifatida ham e’tirof etilmoqda. Bu musiqiy tizimlarning kognitiv, neyropsixologik va sotsiologik aspektlari zamonaviy fanlararo tadqiqotlarda alohida e’tib

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the development of Eastern musical culture in the 21st century, its role in the context of globalization, and the interaction between traditional and modern musical trends.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the development of Eastern musical culture in the 21st century, its role in the context of globalization, and the interaction between traditional and modern musical trends. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Eastern music, musical identity, digital transformation, эстетическое мышление., aesthetic thinking., Kalit so‘zlar. Sharq musiqasi, социокультурные факторы, socio-cultural factors, raqamli transformatsiya, Ключевые слова. Восточная музыка, zamonaviy kompozitorlar, цифровая трансформация, Keywords. Eastern music, contemporary composers, музыкальная идентичность, musiqiy identitet, современные композиторы, estetik tafakkur., sotsiomadaniy omillar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники