К содержанию
РецензированоUZ2025

TRANSCHEGARAVIY ELEKTRON TIJORATNING XALQARO SAVDODAGI O‘RNI VA AHAMIYATI

Rustamova Gulmira Aliqulovna

Роль цифровой экономики и современного образования в развитии науки и техники, а также факторы развития · 2025

Аннотация

Mazkur tezisda transchegaraviy elektron tijoratning xalqaro savdodagi o‘rni va ahamiyati keng tahlil qilingan bo‘lib, uning global iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishdagi imkoniyatlari yoritib berilgan. Hozirgi kunda raqamli texnologiyalar jadal rivojlanishi va internet xizmatlari qulayligi tufayli transchegaraviy elektron tijorat tovarlar va xizmatlarning mamlakatlar o‘rtasida tezkor almashinuvini ta’minlab, logistika xarajatlarini kamaytirish, savdo jarayonlarini soddalashtirish va iste’molchilar uchun keng tanlov imkoniyatini yaratmoqda. Shu bilan birga, elektron to‘lov tizimlari va yetkazib berish tizimlarining raqamli integratsiyasi tufayli transchegaraviy savdo operatsiyalarining samaradorligi oshmoqda va bu jarayon kichik va o‘rta biznes sub’yektlariga ham xalqaro bozorga chiqish imkonini bermoqda. Tadqiqot natijalari transchegaraviy elektron tijoratning xalqaro savdoda barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlash, milliy iqtisodiyotning eksport salohiyatini oshirish hamda raqamli iqtisodiyot asosida yangi ish o‘rinlarini yaratish imkonini berishini ko‘rsatadi. Tezis natijalari amaliyotda elektron savdo strategiyasini shakllantirish, transchegaraviy logistika jarayonlarini optimallashtirish va xalqaro elektron savdo infratuzilmasini rivojlantirishda qo‘llanishi mumkin. Kalit soʻzlar: Transchegaraviy elektron tijorat, elektron tijorat, xalqaro savdo, raqamli iqtisodiyot, eksport, import, elektron savdo platformalari, kichik biznes, o‘rta biznes, global bozor, onlayn to‘lovlar, raqamli integratsiya, logistika tizimi. Bugungi kunda elektron savdo shakllari oddiy do‘kon yoki an’anaviy eksport-import mexanizmlaridan ko‘ra tezroq, qulayroq va arzonroq bo‘lib 7-To’plam 1-son Iyul , 2025 395 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari bormoqda. Tadbirkorlar uchun yangi bozorlarga chiqish, marketing xarajatlarini kamaytirish, mahsulotni global iste’molchiga qisqa vaqt ichida yetkazish imkoniyatlari tobora kengaymoqda. Ayniqsa, kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun transchegaraviy elektron tijorat xalqaro miqyosda faoliyat yuritish uchun qulay maydon yaratmoqda. Endilikda jismoniy yoki geografik cheklovlar, sarmoya yetishmovchiligi kabi muammolar sezilarli darajada kamaymoqda. Internetga ulangan har qanday korxona o‘z mahsulotlarini boshqa davlatlarga eksport qilishi mumkin. Bu holat xalqaro savdoni yangi bosqichga olib chiqmoqda. Shu bilan birga, global elektron tijorat bozorining hajmi yil sayin ortib bormoqda. Jahon banki va BMT savdo tashkilotlari tomonidan olib borilgan so‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, 2024-yilga kelib transchegaraviy elektron tijoratning umumiy hajmi 5 trillion AQSh dollaridan oshgan. Bu ko‘rsatkichning yildan- yilga barqaror sur’atda o‘sayotgani elektron savdoning xalqaro savdodagi ahamiyatini ochib beradi. Ayniqsa, pandemiya davrida ko‘plab davlatlarda an’anaviy savdo cheklovlari joriy etilgan bir paytda, elektron savdo orqali tovar va xizmatlarni yetkazib berish imkoniyatlari asosiy vositaga aylandi. Shuningdek, yirik korxonalar bilan bir qatorda oddiy foydalanuvchilar ham bu jarayonning faol ishtirokchisiga aylanishdi. Transchegaraviy elektron tijorat xalqaro savdoning demokratlashuviga xizmat qilmoqda. Ya’ni avvallari faqat yirik eksportyorlar yoki tashqi savdo bo‘yicha tajribaga ega bo‘lgan subyektlargina xalqaro bozorga chiqish imkoniga ega bo‘lgan bo‘lsa, hozirda kichik firmalar, yakka tartibdagi tadbirkorlar ham bu jarayonga qo‘shilmoqda. Internet orqali mahsulotni sotish va yetkazib berishning ancha sodda bo‘lishi xalqaro savdo bozorida raqobat muhitini kuchaytirmoqda. Natijada iste’molchilar uchun sifatli va nisbatan arzon mahsulotlar tanlovi kengaymoqda. Shu bilan birga, ishlab chiqaruvchilar va eksportyorlar o‘z mahsulotlarini o‘zgacha uslubda targ‘ib qilish, mijozlar ehtiyojlarini tahlil qilish, logistikani optimallashtirish kabi imkoniyatlarga ega bo‘layapti. 7-To’plam 1-son Iyul , 2025 396 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari Transchegaraviy elektron tijorat faqat tovar almashinuvi emas, balki xizmatlar eksporti, masofaviy xizmat ko‘rsatish, axborot texnologiyalari, konsalting, ta’lim va boshqa ko‘plab sohalarda ham yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Xususan, raqamli xizmatlar eksporti rivojlanayotgan mamlakatlar uchun valuta tushumlarini oshirish va iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlashning samarali yo‘liga aylanyapti. Bu esa ayniqsa O‘zbekiston kabi yangi raqamli iqtisodiyot sari intilayotgan mamlakatlar uchun strategik ahamiyat kasb etadi. So‘nggi yillarda elektron tijorat jadal sur’atlarda o‘sib bormoqda. Bunda internet infratuzilmasining kengayishi, onlayn to‘lov tizimlarining takomillashuvi hamda pandemiya kabi omillar muhim rol o‘ynadi. Quyidagi rasmda 2020–2025 yillar oralig‘ida global elektron savdo hajmi va foydalanuvchilar sonining o‘sishi ko‘rsatilgan (1-rasm): 9 8 8 7,1 7 6,3 6 5,6 4,9 5 4,2 3,9 4 3,5 3,1 2,7 3 2,3 2 2 1 0 2020 2021 2022 2023 2024 2025

Доказательный фрагмент

«Mazkur tezisda transchegaraviy elektron tijoratning xalqaro savdodagi o‘rni va ahamiyati keng tahlil qilingan bo‘lib, uning global iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishdagi imkoniyatlari yoritib berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur tezisda transchegaraviy elektron tijoratning xalqaro savdodagi o‘rni va ahamiyati keng tahlil qilingan bo‘lib, uning global iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishdagi imkoniyatlari yoritib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
elektron tijorat, o‘rta biznes, Kalit soʻzlar: Transchegaraviy elektron tijorat, onlayn to‘lovlar, raqamli iqtisodiyot, kichik biznes, eksport, global bozor, elektron savdo platformalari, import, xalqaro savdo, logistika tizimi., raqamli integratsiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники