К содержанию
РецензированоUZ2020

Geodezik o'lchamlarni matematik ishlash

D. O. JO'RAYEV

Учебная литература · 2020

Аннотация

Tasodifiy hodisa deb shartlar to'plami S bajarilganda ro'y berishi ham, ro'y bermasligi ham mumkin bo'lgan hodisaga aytiladi. Lekin, tasodifiy hodisa ommoviy ro'y berganda qandaydir aniq qonuniyat amal qiladi. (tangani tashlaganda taxminan gerb va raqam tomonining teng tushishi, o'q otilganda nishonning chekkasidan ko'ra uning markaziga ko'proq tegishi va hokazolar). Sinash natijalarini sonli va sifat jihatidan ifodalash mumkin. Har qanday sinashning sifatli xarakteristikasi hodisa deyiladi. Masalan, nishonga o'q otganda ikkita hodisa bo'lish mumkin: nishonga tegish va tegmaslik. Tajribaning har qanday sonli xarakteristikasi tasodifiy miqdor deyiladi. Qandaydir miqdorning o'lchash natijasi, otishmadagi koordinataga tushishi va boshqalar tasodifiy miqdorlarga misol bo'la oladi. Hodisalar shartli ravishda oddiy va murakkab hodisalarga boʻlinadi. Oddiy hodisalar bu bo'lib bo'lmaydigan hodisalardir. Murakkab hodisalar bir - nechta oddiy hodisani o'z ichiga oladi. Masalan, bir o'lchashda bitta xatolikning paydo bo'lishi oddiy hodisa, 10 marta o'lchashda 5 xatolikning paydo bo'lishi murakkab hodisadir. Hodisalar lotin alifbosining bosh harflari A, B, C yoki A₁, Az, A, deb belgilanadi. Belgilangan kompleks shartlarni bajarganda hodisalar quyidagilarga boʻlinadi: ishonchli, imkonsiz va tasodifiy. Albatta sodir bo'ladigan hodisaga ishonchli hodisa deyiladi. Masalan, oq sharlarga to'ldirilgan qutidan bitta sharni olganda oq shar chiqish ishonchli hodisadir. Ishonchli hodisalar U xarfi bilan belgilanadi.

Доказательный фрагмент

«Tasodifiy hodisa deb shartlar to'plami S bajarilganda ro'y berishi ham, ro'y bermasligi ham mumkin bo'lgan hodisaga aytiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Tasodifiy hodisa deb shartlar to'plami S bajarilganda ro'y berishi ham, ro'y bermasligi ham mumkin bo'lgan hodisaga aytiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники