К содержанию
РецензированоUZ2011

Sifat analizi

E. Abduraxmanov

Учебная литература · 2011

Аннотация

Sifat analizida asosan turli probirkalar, stakanlar, kolbalar, tigellar, pipetkalar, chinni kosachalar, shisha tayoqcha, gaz gorelkasi, suv hammomi, qum hammomi, sentrifuga, shtativlar, elektr isitgichlar, mufel va quritish pechlari keng qo‘llaniladi. Gaz gorelkasi va elektr isitgichlar eritmalarni qizdirish yoki bug‘latish uchun ishlatiladi. Quritish pechlarida moddalar suvsizlantiriladi, yuvilgan idishlar quritiladi. Mufel pechlari moddani yuqori temperaturada qizdirish uchun kerak. Kam miqdordagi cho‘kmani ajratish uchun sentrifugalardan foydalanish mumkin. Sentrifugadan foydalanilganda markazdan qochuvchi kuch ta’sirida hosil bo‘lgan cho‘kma probirka tubida yig‘iladi. Sentrifugadan foydalinilganda qarama-qarshi tomonlarga bir xil miqdordagi suyuqliklar qo‘yilishi shart, ya’ni sentrifugani metall yoki plastmassadan yasalgan patronlariga taxminan bir xil massadagi eritma solingan probirkalar joylashtiriladi. Agar cho‘kma faqat bitta probirkada hosil qilingan bo‘lsa, muvozanatni saqlash uchun ikkinchi probirkaga birinchi probirkadagi suyuqlik sathiga teng keladigan miqdorda suv qo‘yish kerak. Ikkala probirkani bir-biriga nisbatan qarama-qarshi joylashtirib, sentrifuga qopqog‘i yopiladi va 3-5 minut davomida sentrifuga ishlatiladi. Sentrifuga ishlayotganda uni qo‘l bilan to‘xtatish mumkin emas. Uning aylanish tezligi juda katta. Cho‘kmani sentrifugatdan (suyuqlikdan) to‘liq ajratish uchun kapilyar naychalardan foydalaniladi.

Доказательный фрагмент

«Sifat analizida asosan turli probirkalar, stakanlar, kolbalar, tigellar, pipetkalar, chinni kosachalar, shisha tayoqcha, gaz gorelkasi, suv hammomi, qum hammomi, sentrifuga, shtativlar, elektr isitgichlar, mufel va q…»

Образец извлечения

Демо-превью

Sifat analizida asosan turli probirkalar, stakanlar, kolbalar, tigellar, pipetkalar, chinni kosachalar, shisha tayoqcha, gaz gorelkasi, suv hammomi, qum hammomi, sentrifuga, shtativlar, elektr isitgichlar, mufel va q… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники