К содержанию
РецензированоUZ2026

AYDAR-ARNASOY KO‘LLAR TIZIMIDAGI OQ SLANI (SANDER LUCIOPERCA) MORFOMETRIK BELGILARINING QISYOSIY TAHLILI

Nabi Yarashovich Azizov · Ключевые слова: Айдар-Арнасайская система озер (O‘zR FA Zoologiya instituti, Toshkent.) · Восточный Арнасай (O‘zR FA Zoologiya instituti, Toshkent.)

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

The article provides a comparative analysis of the external morphology and morphometry of pike perch in the Aydar-Arnasay system of lakes. As a result of our research, it was found that pike perches of lakes East Arnasay and Tuzkan differ from each other in 10 body signs and 1 head sign, pike perches of East Arnasay and Aydarkul, respectively - 4 and 6. Differences between the pike perches of Lake Tuzkan and Aydarkul were found in 9 features of the body and 4 features of the head. Keywords: Aydar-Arnasay Lake System, Eastern Arnasay, Tuzkan, Aydarkul, pike perches, morphometric characters. Oq sla (Sander lucioperca Linnaeus 1758) Yevropa va Osiyoning chuchuk suv havzalarida, Boltiq, Qora, Azov, Kaspiy va Orol dengizlari, Amudaryoning quyi oqimi, Sirdaryoning quyi va o‘rta oqimida keng tarqalgan [3, 8, 14]. Markaziy Osiyoning ko‘plab suv havzalariga (Issiqko‘l, Balxash, Biyliko‘l ko‘llari, Degrez, Janubiy Surxon, Uchqizil, Qayroqqum, Chordara suv omborlari va boshq.) iqlimlashtirigan [1, 2, 4, 6, 13]. Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimiga Chordara suv ombori orqali o‘tgan [7]. Ma’lumki oq sla muhim ovlanish ahamiyatiga ega, yirik yirtqich baliq bo‘lib, ko‘p miqdorda kichik va kam qiymatli baliqlarini iste’mol qilish orqali turlarning sonini tartibga soladi va suv havzalarida biomeliorativ funksiyalardan birini bajaradi [6, 9, 11, 12]. 433 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7 Shu nuqtai nazardan, oq slaning morfologik va biologik xususiyatlarini o‘rganish katta amaliy ahamiyat kasb etadi. Material va metodlar. Oq sla bo‘yicha materiallar 2020-2024-yillarning mart-may oylarida Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimidan (Sharqiy Arnasoy, Tuzkon, Aydarko‘l ko‘llari) to‘plangan. Baliqlarni ovlash kataklari 35-65 mm bo‘lgan to‘rlar yordamida amalga oshirildi. Baliq namunalarini o‘lchash-hisoblash ishlari I.F. Pravdin [10] bo‘yicha olib borildi. Baliqlarning meristik va plastik belgilarini o‘lchash ishlari tabiiy sharoitlarda tutilgan hamda laboratoriya sharoitida 4% formalinda fiksatsiya qilingan baliqlarda olib borildi. Plastik belgilarning ko‘rsatkichlari baliqlarning tana (l) va bosh (c) uzunliklariga nisbatan foiz hisobida keltirilgan. Meristik va plastik belgilarni ifodalashda ularning quyidagi qisqartmalaridan foydalanildi: D – birinchi yelka suzgich qanoti; D – ikkinchi yelka suzgich qanoti A – anal 1 2 suzgich qanoti; l.l. – yon chizig‘idagi tangachalar; sp.br. – jabra ustunchalari; vert. – umurtqalari; l – baliq tanasining uzunligi; c – bosh uzunligi; ao – tumshuq uzunligi; o – ko‘z diametri; po – ko‘z orti qismi; hc – bosh balandligi; io – peshona kengligi; lmx – yuqori jag‘ uzunligi; lmd – pastki jag‘ uzunligi; H – tananing balandligi; h – dum o‘qining balandligi; aD – antedorsal masofa; pD – postdorsal masofa; lca – dum o‘qining uzunligi; lD – birinchi yelka 1 suzgichi asosining uzunligi; hD – birinchi yelka suzgichi balandligi; lD – ikkinchi yelka 1 2 suzgichi asosining uzunligi; hD – ikkinchi yelka suzgichi balandligi; lA – anal suzgichi 2 asosining uzunligi; hA – anal suzgichi balandligi; lP – ko‘krak suzgichi uzunligi; lV – qorin suzgichi uzunligi; lC – dum suzgichi uzunligi; PV – ko‘krak va qorin suzgichi oralig‘idagi masofa; VA – qorin va anal suzgichi oralig‘idagi masofa. Morfometrik belgilarni statistik tahlil qilishda ularning o‘lchamlarini chegaralari (Lim.), o‘rtacha ko‘rsatkichi (M), va xatoligi (m), o‘rtacha kvadratik og‘ish (), dispersiya (S2), variatsiya koeffitsiyenti (Cv%) va belgilar o‘rtasidagi farqlar (t ) hisoblab chiqildi [5]. st Natijalar va ularning muhokamasi. L.S. Berg [3] ma’lumotlari bo‘yicha oq slaning meristik belgilari quyidagicha ifodalanadi: D XIII-XVII, D I-III 19-24, A II-III (10) 11-13 (14), 1 2 l.l. 80-97, sp.br. 10-16, vert. 45-47 ta. A.A. Amanov [1] oq silaning quyidagi meristik belgilarini keltiradi: D XIII-XV, D II- 1 2 III 20-22, A III 11-12, l.l. 83-103, sp.br. 10-13 ta. U.T. Mirzayev [6] O‘zbekistonning janubiy suv havzalaridagi oq slaning meristik belgilarini quyidagicha tavsiflaydi: D XII-XV, D II-III 19-23, A II-III 10-13, l.l. 86-103, sp.br. 1 2 10-16, vert. 41-45 ta. Bizning ma’lumotlar bo‘yicha oq slaning meristik belgilarining ko‘rsatkichlari quyidagicha tavsiflanadi (Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumot): birinchi yelka suzgich qanotidagi shu’lalar soni – XII-XV ta, ikkinchi yelka suzgich qanotida – II-III 20-23 ta, anal suzgich qanotida – II-III 10-13 tani tashkil qiladi. Yon chizig‘idagi tangachalari soni 89-103 (o‘rtacha 92,65±0,26) ta, jabra ustunchalarining soni 10-14 (11,72±0,08) ta, umurtqalar soni 43-46 (44,44±0,07) ta. Oq slasining tanasi cho‘zilgan, uncha baland emas, yon tomonidan qisilgan, mayda, mahkam o‘rnashgan ktenoid tangachalar bilan qoplangan. Tanasining maksimal balandligi tana uzunligining 15,2-25,8%ni tashkil qiladi. Boshi uchli, cho‘zilgan bo‘lib, uzunligi tana balandligidan katta. Tumshug‘i boshining 17,8-26,7%ni tashkil etadi. Og‘zi katta, tomog‘i tor, jag‘laridagi tishlari bir qator bo‘lib joyla

Доказательный фрагмент

«The article provides a comparative analysis of the external morphology and morphometry of pike perch in the Aydar-Arnasay system of lakes.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article provides a comparative analysis of the external morphology and morphometry of pike perch in the Aydar-Arnasay system of lakes. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Aydar-Arnasay Lake System, Eastern Arnasay, Tuzkan, Aydarkul, pike
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники