К содержанию
РецензированоUZ2026

Xorijiy tillarni o’rganishning ijobiy jihatlari hamda o’rganishda axborot texnologiyalari, masofaviy ta’lim va elektron ta’limning ahamiyati

Yuldasheva Madina Rayimovna

Анализ актуальных проблем, инноваций, традиций, решений и художественной литературы в преподавании иностранных языков · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada xorijiy tillarni hozirgi zamondagi o’rni, uni o’rganishning ijobiy jihatlari hamda o’rganishda axborot texnologiyalaridan foydalanish va masofaviy ta’lim, elektron ta’limning ahamiyati. Kalit so’zlar: masofaviy ta’lim, electron ta’lim, TV-texnologiya, metodlar, baholash mezoni, ta’lim strategiyasi, keys texnologiya. Masofaviy o`qitish – o`zaro ma’lum bir masofada Internet texnologiya yoki boshqa interaktiv usullar va barcha o`quv jarayonlari komponentlari – maqsad, mazmun, metod, tashkiliy shakllar va o`qitish usullariga asoslangan talaba va o`qituvchi o`rtasidagi munosabat. Masofaviy o`qitish tizimi – masofaviy o`qitish shartlari asosida tashkil etiladigan o`qitish tizimi. Barcha ta’lim tizimlari singari masofaviy o`qitish tizimi o`zining tarkibiy maqsadi, mazmuni, usullari, vositalari va tashkiliy shakllariga ega. [2] Masofaviy o`qitishning pedagogic texnologiyalari – tanlangan o`qitish konsepsiyasiga asoslangan masofaviy ta’limning o`quv-tarbiyaviy jarayonini ta’minlovchi o`qitish metodi va uslublar majmuasi. Keys- texnologiya – masofaviy o`qitishni tashkil qilishning shunday uslubiki, masofaviy ta’limda matnli, audio visual va multimediali (keys) o`quv uslubiy materiallar majmuasi qo`llanishga asoslanadi. Ta’lim tizimida Masofadan o‘qitish uslubi shakllari qo‘llanilmoqda. Masofadan o‘qitish uslubi – bu sirtqi o‘qishning yangishaklidir. Masofadan o‘qitish bu mustaqil o‘qishdir. Mustaqil o‘qish insonning mustaqil fikrlash, holatni baholash, xulosa va bashorat qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Masofadan o‘qitishning yana bir afzalligi shundaki, unda o‘quvchi o‘ziga qulay vaqtda va hattoki ishdan ajralmagan holda o‘qishi mumkin. Aynan shu afzalliklari tufayli bu uslub dunyoda hozirgi kunda keng tarqalgan. Ko‘pgina yirik korxonalar mutaxassislari malakasini oshirish yoki o‘zgartirish uchun shu uslubdan foydalanib, yiliga millionlab dollarlarni tejamoqdalar [1]. Masofadan o‘qitishning yana bir afzallik tomoni unda o‘qish muddatini o‘quvchi o‘zi belgilaydi, ya’ni talaba ixtiyoriy paytda o‘qishni boshlaydi, materiallarni o‘qituvchi nazoratida o‘zlashtiradi. O‘quvchi berilgan programmani qanchalik tez o‘zlashtirsa, shunchalik tez o‘qishni tugatadi va guvohnoma oladi. Dasturni o‘zlashtira olmasa, unga mustaqil ishlab, o‘qishni davom ettirishga imkoniyat beriladi [2]. Masofadan o‘qitishda odatda ishlayotganlar onalar, o‘qiyotganlar biror mutaxxassislikni egallash yoki malakasini oshirish maqsadida o‘qiydi. Bu uslub nogironlar uchun juda qulaydir. Masofadan o‘qitishda hattoki maxbuslar ham o‘qish imkoniga ega. Masofadan o‘qitish uchun talabalar uchun auditoriyalar, yotoqxonalar zarur emas. Masofadan o‘qitishda moliyaviy harajatlar asosan o‘quv uslubiy materiallar tayyorlash uchun, maxsus auditoriyalar uchun sarflanadi. Bu xarajatlarning asosiy qismi bu jarayonni tashkil etish bosqichida sarflanadi. Keyinchalik moliyaviy harajatlar kamayadi. Shuning uchun talabalar sonini oshishi bilan o‘qish narxi ham pasayadi. Masofadan o‘qitishda asosiy e’tiborni o‘quv-uslubiy materiallarni tayyorlashga qaratish darkor. Chunki o‘quv uslubiy materiallarning sifati masofadan o‘qitish sifatining eng asosiy omillaridan biridir [2]. TV-texnologiya – masofaviy o`qitishni tashkil qilishning shunday uslubiki, u talabalarga o`quv- metodik ma’lumotlarni televidenie vositasi yordamida yetkazishga xizmat qiladi va tashqi aloqali ixtiyoriy interaktiv usullardan biri bilan o`rnatishga asoslanadi [1]. Hozirgi davrda ta‘limning electron shakli jadal rivojlanib borayotganligining guvohi bo‘lmoqdamiz. Bu holat electron ta‘lim tizimi va ko‘plab boshqa ishlab chiqarish vositalarining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Elektron ta‘lim tizimi foydalanuvchiga o‘quv materiallari va ulardan olingan bilimlarni test topshiriqlaridan foydalanib, tekshirish imkoniyatini taqdim etadi. Zamonaviy talablarga muvofiq, o‘quv jarayoni murakkablashib borayotgan bir vaqtda, ta‘limda o‘quv vositalaridan foydalanish o‘zlashtirishni osonlashtirib, qiziqarlilik jihatini oshirmoqda [3]. Elektron ta‘lim texnologiyasining rivoji electron o‘qitish tizimida ta‘lim strategiyasining tuzilishi va har bir o‘quvchi uchun o‘quv materiallarini yakka tartibda taqdim etish kabi imkoniyatlarni bermoqda. Shunga muvofiq ishlab chiqarishga sarf-xarajatlar, doimiy talablarning o‘sishi va electron ta‘lim tizimini amalga oshirishda zaruriy baholash va boshqarish sifatlari shakllandi. Hozirgi avtomatlashtirilgan ta‘lim tizimi sifatini baholash uslublari o‘qish jarayoni natijalari nuqtai nazaridan, o‘qitish tizimlarini baholashga, shuningdek, ushbu uslublar umumiy bo‘lib, paydo bo‘lgan va electron ta‘lim tizimi hayot siklining turli bosqichlari sifatini boshqarishga yetarli darajada imkon bermaydi [3]. Shu sababli ham electron ta‘lim tizimi sifatini baholash mezonlari va usullari o‘qitish jarayoni 159 sifatini boshqarishni amalga oshirishga imkon beruvchi, joriy etish va foydalanish bosqichlarini ishlab chiqish zarur. O‘qitishning barcha xususiyatlari mujassamlangan ishlanmanin

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada xorijiy tillarni hozirgi zamondagi o’rni, uni o’rganishning ijobiy jihatlari hamda o’rganishda axborot texnologiyalaridan foydalanish va masofaviy ta’lim, elektron ta’limning ahamiyati.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada xorijiy tillarni hozirgi zamondagi o’rni, uni o’rganishning ijobiy jihatlari hamda o’rganishda axborot texnologiyalaridan foydalanish va masofaviy ta’lim, elektron ta’limning ahamiyati. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ta’lim strategiyasi, keys texnologiya, masofaviy ta’lim, electron ta’lim, TV-texnologiya, metodlar, baholash mezoni
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники