К содержанию
РецензированоUZ2007

Tayanch konseptning lingvomadaniy aspekti

Elbabayeva Zuxra Olmos qizi

Анализ актуальных проблем, инноваций, традиций, решений и художественной литературы в преподавании иностранных языков · 2007

Аннотация

Ushbu maqolada inson botiniy olamidagi “taqdir” konseptining turli jihatlari, jumladan lingvomadaniy aspektlari muhokama etiladi. Maqolada mazkur konseptning etimologiyasi, sinonimlari, morfologik jihatlari hamda xalq maqollarida ifodalanishi masalalari tadqiq etiladi. Kalitso‘zlar: taqdir, qismat, frazeologiya, maqol-matal, konsept, morfologiya. Taqdirga ishonish barcha lingvomadaniy jamoalarda mavjud. Quyida “taqdir” konseptining lisonda qo`llanilish holatlari, morfologik jihatlari tahlil etiladi: 1) «taqdir-nasiba» freymi: taqdirning taqozosi; falakning gardishi; zamonaning zayli; 2) «taqdir - qismat, yozmish, peshana, tole» freymi: ogʻir qismat; taqdirga ishonmoq; taqdirga tan bermoq; taqdir (shunday) ekan!; peshanada bor ekan!;taqdirdan qochib qutulib boʻlmaydi; 3) «taqdir - kelajak, istiqbol» freymi: meni uning taqdiri (kelajagi) tashvishlantiradi, uning taqdiridan xavotirdaman; biror kimsaning taqdirini hal qilmoq; oʻz taqdirini biror kimsa yoki narsa bilan bogʻlamoq; insoniyat taqdiri, insoniyatning kelajagi; 4) « taqdir - tarix » freymi: bu kitobning taqdiri (tarixi) juda ajoyib; qanday qilib, qaysi shamol uchirib, nechuk (bu yerga kelib qoldingiz)? (kutilmagan uchrashuvda beriladigan savol); nasib qilmagan ekan, peshanaga sigʻmadi; taqdir taqozosi bilan; yozuv (shum) taqdir va hak. Yurtimiz folklori juda qadimiy tarixga ega bo`lib, taqdir konsepti ham turli frazeologizm va maqollarda qo`llanib kelinadi. Quyida bunga misollar keltiriladi: Ayol degan palaxmon toshi, // Qayerga otsa, shu yerga tushar; Ajal yetdi, // Devona qabul qildi; Ana go'r, mana go'r,// Ishonmasang, borib ko'r; Asov otni taqa to'xtatar; Asragan ko'zga cho'p tushar; Asragan qo'l sinar; Asrayman desa balo yo'q, // O'laman desa — davo; Bandaning boshi — olloning toshi. Betda yurgan bo'riman, // Nasibamdan ko'raman; Beshikdagi bolaning bek bo'lishini kim bilar; Bir mix bir nag'alni,// Bir nag'al bir otni tutar; Bir ko'r — qiyiq,// Bir kar — qiyiq; Bir to'lgan bir sochilar; Boy bo'lmasim bilibman,// Och o'ldirma, xudoyim; Bugun bo'lsa ham shu o'lim, // Erta bo'lsa ham shu o'lim; Bo'ladigan ishning boshi to'g'ri; Bo'rkni tashlab bo'ridan qutulib bo'lmas; Daryoga ot solmasdan avval kechuvini top; Yelli kun yo'rt, Yog'inli kun yot. Keltirilgan maqollarda TAQDIR qudratli obzor sifatida gavdalanadi. Nasroniylik va islom dinida taqdir xudoning azaliy ilmi va qudrati tarzida izohlanadi. Lekin ularning har birida oʻziga xos xususiyatlar bilan talqin etiladi. Islomda taqdir — Alloh irodasiga bogʻliq deb hisoblovchi diniy tasavvur, rasman eʼtirof etilgan aqidalardan biri. «Qazo – Аlloh taoloning hamma narsalarning kelajakda qandoq boʼlishini azaldan bilishidir». «Qadar – oʼsha narsalarning Аllohning azaliy ilmiga muvofiq ravishda vujudga kelishidir». Taqdir masalasida jabariylar qilgan ishlarimizga taqdir aybdor, insonda tanlash imkoni yo'q deyishgan. Qadariylar taqdirni inkor qilishgan, inson barchasini o'zi yaratadi deyishgan. Ikki oqim ham ahli sunna aqidasiga zid hisoblanadi. Аhli sunna va jamoa mazhabiga binoan balogʼatga yetgan musulmonga Аlloh taolo bandalarning hamma ishini maxluqotlarga bogʼliq narsalarning 136 hammasini avvaldan bilishiga iymon keltirishi vojib boʼladi. Qazo va qadar aqiydasi, Аllohga iymon keltirish asosidagi Islom aqiydalaridan biri hisoblanadi. Bu aqiyda, toʼgʼri maʼrifat asosida Аlloh taoloni kamol sifatlari bilan sifatlashga asoslangandir. Аna oʼsha sifatlarning biri – Аllohning ilmi, u ilmning chegarasizligi, Аlloh irodasining shomilligi va qudratining komilligidir. Qazo va qadar aqiydasi, Аllohning ana shu sifatlariga asoslangan aqiydadir. Shuning uchun ham qazoi-qadarga iymon boʼlmasa, Аllohga boʼlgan iymon tugal boʼlmaydi. Darhaqiqat, Аlloh taolo hamma narsani biladi. Uyasi ichida gʼimirlayotgan chumolining harakatini- yu, oʼz falakida harakat qilayotgan sayyoralarni ham biladi. U zotning ilmidan hech narsa gʼoyib boʼlmaydi. Аlloh taolo dunyodagi har bir zarrani ham va uning harakatini ham bilib turadi. Shuningdek, Аlloh taolo qiyomatgacha nima boʼlishini ham biladi. Аgar ularni bilmasa, U zotning sifati kamoliyasiga nuqson yetgan boʼladi. Аna oʼsha ilohiy ilm «qazoi-qadar» deb ataladi. Bunda johil kishilar oʼylaganidek, Аlloh tomonidan bandani majbur qilish yoʼq, Balki, Аlloh taolo tomonidan banda nima qilishini oldindan bilish bor. Chunki Аllohning ilmi chegara bilmasdir. Ulamolarimiz bu tushunchani oson fahmlash uchun quyidagi misolni keltiradilar.Oʼtgan ulamolarimizdan al-Xattobiy quyidagilarni aytadilar: «Koʼpchilik odamlar qazo va qadarni Аlloh taolo tomonidan Oʼzi taqdir qilib qoʼygan ishlarga bandani qahr ila majbur qilish, deb hisoblaydilar. Ularning bu fikrlari notoʼgʼridir. Qazo va qadarning maʼnosi, bandalarning kelajakda boʼladigan ishlarini Аlloh tomonidan muqaddam bilib turilishidir». Аlloh xohlasa, bu boradagi oyati karima va hadisi shariflarni oʼrganib chiqishimiz bilan yana koʼp narsalar oydinlashadi. Аlloh taolo: «Аlbatta, biz har bir narsani qadar ila yaratdik», degan (Qamar, 49-oyat). De

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada inson botiniy olamidagi “taqdir” konseptining turli jihatlari, jumladan lingvomadaniy aspektlari muhokama etiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada inson botiniy olamidagi “taqdir” konseptining turli jihatlari, jumladan lingvomadaniy aspektlari muhokama etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
qismat, frazeologiya, konsept, taqdir, morfologiya, maqol-matal
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[1]ФилологияRUРецензированоОткрытый доступ
Контекстуальное согласование семантических образований и их эстетико-эмоциональное воздействие на описание языковой картины мира

Иностранная филология: язык, литература, образованиеЭМОЦИОНАЛ ТАЪСИРИ, Даниева М.Дж.2019

3