Иностранная филология: язык, литература, образованиеШамахмудова Азиза2019
About metaphor or its usage in “Thetitan” by T.Dreiser
Имона Самиева (Самаркандский государственный институт иностранных языков)
Анализ актуальных проблем, инноваций, традиций, решений и художественной литературы в преподавании иностранных языков · 42-210 · 1991
Аннотация
Ushbu maqolada inson botiniy olamidagi “taqdir” konseptining turli jihatlari, jumladan lingvomadaniy aspektlari muhokama etiladi. Maqolada mazkur konseptning etimologiyasi, sinonimlari, morfologik jihatlari hamda xalq maqollarida ifodalanishi masalalari tadqiq etiladi. Kalitso‘zlar: taqdir, qismat, frazeologiya, maqol-matal, konsept, morfologiya. Taqdirga ishonish barcha lingvomadaniy jamoalarda mavjud. Quyida “taqdir” konseptining lisonda qo`llanilish holatlari, morfologik jihatlari tahlil etiladi: 1) «taqdir-nasiba» freymi: taqdirning taqozosi; falakning gardishi; zamonaning zayli; 2) «taqdir - qismat, yozmish, peshana, tole» freymi: ogʻir qismat; taqdirga ishonmoq; taqdirga tan bermoq; taqdir (shunday) ekan!; peshanada bor ekan!;taqdirdan qochib qutulib boʻlmaydi; 3) «taqdir - kelajak, istiqbol» freymi: meni uning taqdiri (kelajagi) tashvishlantiradi, uning taqdiridan xavotirdaman; biror kimsaning taqdirini hal qilmoq; oʻz taqdirini biror kimsa yoki narsa bilan bogʻlamoq; insoniyat taqdiri, insoniyatning kelajagi; 4) « taqdir - tarix » freymi: bu kitobning taqdiri (tarixi) juda ajoyib; qanday qilib, qaysi shamol uchirib, nechuk (bu yerga kelib qoldingiz)? (kutilmagan uchrashuvda beriladigan savol); nasib qilmagan ekan, peshanaga sigʻmadi; taqdir taqozosi bilan; yozuv (shum) taqdir va hak. Yurtimiz folklori juda qadimiy tarixga ega bo`lib, taqdir konsepti ham turli frazeologizm va maqollarda qo`llanib kelinadi. Quyida bunga misollar keltiriladi: Ayol degan palaxmon toshi, // Qayerga otsa, shu yerga tushar; Ajal yetdi, // Devona qabul qildi; Ana go'r, mana go'r,// Ishonmasang, borib ko'r; Asov otni taqa to'xtatar; Asragan ko'zga cho'p tushar; Asragan qo'l sinar; Asrayman desa balo yo'q, // O'laman desa — davo; Bandaning boshi — olloning toshi. Betda yurgan bo'riman, // Nasibamdan ko'raman; Beshikdagi bolaning bek bo'lishini kim bilar; Bir mix bir nag'alni,// Bir nag'al bir otni tutar; Bir ko'r — qiyiq,// Bir kar — qiyiq; Bir to'lgan bir sochilar; Boy bo'lmasim bilibman,// Och o'ldirma, xudoyim; Bugun bo'lsa ham shu o'lim, // Erta bo'lsa ham shu o'lim; Bo'ladigan ishning boshi to'g'ri; Bo'rkni tashlab bo'ridan qutulib bo'lmas; Daryoga ot solmasdan avval kechuvini top; Yelli kun yo'rt, Yog'inli kun yot. Keltirilgan maqollarda TAQDIR qudratli obzor sifatida gavdalanadi. Nasroniylik va islom dinida taqdir xudoning azaliy ilmi va qudrati tarzida izohlanadi. Lekin ularning har birida oʻziga xos xususiyatlar bilan talqin etiladi. Islomda taqdir — Alloh irodasiga bogʻliq deb hisoblovchi diniy tasavvur, rasman eʼtirof etilgan aqidalardan biri. «Qazo – Аlloh taoloning hamma narsalarning kelajakda qandoq boʼlishini azaldan bilishidir». «Qadar – oʼsha narsalarning Аllohning azaliy ilmiga muvofiq ravishda vujudga kelishidir». Taqdir masalasida jabariylar qilgan ishlarimizga taqdir aybdor, insonda tanlash imkoni yo'q deyishgan. Qadariylar taqdirni inkor qilishgan, inson barchasini o'zi yaratadi deyishgan. Ikki oqim ham ahli sunna aqidasiga zid hisoblanadi. Аhli sunna va jamoa mazhabiga binoan balogʼatga yetgan musulmonga Аlloh taolo bandalarning hamma ishini maxluqotlarga bogʼliq narsalarning 136
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada inson botiniy olamidagi “taqdir” konseptining turli jihatlari, jumladan lingvomadaniy aspektlari muhokama etiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada inson botiniy olamidagi “taqdir” konseptining turli jihatlari, jumladan lingvomadaniy aspektlari muhokama etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- metaphor, speech figure, English literature, task, rhetoric, comparison, similarity
Смежные источники
Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025