Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
IJTIMOIY SOLISHTIRISH (SOCIAL COMPARISON) VA O’ZIGA PAST BAHO MUAMMOSI
Hayitova Diyora Yorqinovna · Хаитова Диёра Ёркиновна
Наука и технология в современном мире · 21 · 181–227 · 2026
Аннотация
В данной статье, основанной на теории социального сравнения, психологически анализируется проблема сравнения человека с другими людьми и обусловленная этим низкая самооценка. В исследовании рассматривается концепция Фестингера «Теория социального сравнения», влияние современных социальных сетей и причины негативного отношения к себе среди молодёжи. В статье представлены положительные и отрицательные аспекты социального сравнения, а также психологические рекомендации по профилактике развития низкой самооценки. Ключевые слова: социальное сравнение, самооценка, психологическая устойчивость, личностное сознание, сравнение, самосознание. SOCİAL COMPARİSON AND THE PROBLEM OF LOW SELF-ESTEEM Hayitova Diyora Yorqinovna International Academy of Islamic Studies of Uzbekistan 1st year student of Psychology Annotation: This article, based on the theory of social comparison, psychologically analyzes the problem of a person's comparison with others and the resulting low self-esteem. The study examines Festinger's concept of "Social Comparison Theory", the influence of modern social networks, and the causes of negative attitudes towards oneself among young people. The article presents positive and negative aspects of social comparison, as well as psychological recommendations for preventing the development of low self-esteem. Keywords: social comparison, self-esteem, psychological stability, personal consciousness, comparison, self-awareness. 133 ` Bugungi kunda insonlar hayoti turli ijtimoiy muhitlar, ommaviy axborot vositalari, ayniqsa ijtimoiy tarmoqlar ta’sirida shakllanmoqda. Har bir kishi o‘zini ongli yoki ongsiz ravishda boshqalar bilan taqqoslaydi. Bu esa shaxsda ijobiy rag‘bat uyg‘otishi mumkin bo‘lsa- da, ko‘pincha o‘ziga past baho, noaniqlik, ichki norozilik, yetarli emaslik hissi kabi muammolarni keltirib chiqaradi. Ijtimoiy solishtirish (social comparison) — bu insonning o‘zini boshqa shaxslar bilan solishtirish orqali o‘ziga baho berish jarayoni bo‘lib, u Leon Festinger tomonidan 1954-yilda nazariy asosda ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, insonlar o‘zlarining qobiliyati, holati, muvaffaqiyati yoki obro‘sini boshqa odamlar bilan taqqoslab, o‘zini anglashga harakat qiladilar. Bu holat ba’zan motivatsiyani oshirsa, ba’zan o‘ziga past baho muammosini keltirib chiqaradi. Zamonaviy axborot oqimining kuchayishi, ijtimoiy tarmoqlarda ideal hayot obrazlarining ko‘payishi, yoshlarning o‘ziga ishonchini yo‘qotishi, boshqalarga o‘xshashga intilishi — ijtimoiy solishtirishning salbiy oqibatlaridandir. Ayniqsa, yoshlar va talabalar orasida bu holat ruhiy tushkunlik, o‘zidan norozilik va o‘ziga past baho shakllanishiga olib kelmoqda. Ushbu maqolaning asosiy maqsadi — ijtimoiy solishtirishning psixologik mexanizmlarini tahlil qilish, o‘ziga past baho muammosining sabablari va oqibatlarini ochib berish, shuningdek, bunday salbiy ta’sirlarga qarshi psixologik yechimlar va profilaktika usullarini tavsiya qilishdan iborat. Ijtimoiy solishtirish nazariyasi (Social Comparison Theory) 1954-yilda amerikalik psixolog Leon Festinger tomonidan ishlab chiqilgan. Festingerning fikricha, inson o‘zining fikr va qobiliyatlariga mustaqil baho bera olmaydi, shu sababli o‘zini boshqalar bilan taqqoslab baholaydi. Bu taqqoslashlar ikki yo‘nalishda bo‘ladi: “yuqoriga solishtirish” (upward comparison) – o‘zini o‘zidan ustun insonlar bilan solishtirish va “pastga solishtirish” (downward comparison) – o‘zidan pastroq deb bilgan insonlar bilan o‘zini solishtirish. Ushbu nazariyaning zamonaviy psixologiyadagi talqini shuni ko‘rsatadiki, inson o‘zini boshqalar bilan solishtirish orqali ichki motivatsiya, o‘ziga baho va ijtimoiy joylashuv haqida tasavvurga ega bo‘ladi. Biroq, bunday taqqoslashlar doim ham foydali emas; ular ba’zan o‘ziga past baho, qoniqmaslik, norozilik, hatto depressiv holatlarga olib kelishi mumkin . O‘ziga baho (self-esteem) – bu insonning o‘ziga nisbatan bahosi, munosabati va o‘zini qadrlashi bilan bog‘liq murakkab psixologik tuzilma. O‘ziga past baho esa shaxs o‘zini boshqalarga qaraganda yetarli emas, qadrsiz yoki befoyda deb his qilgan holatda yuzaga keladi. Psixologlar bu holatni kognitiv buzilishlar, ichki tanqidiy dialog, salbiy ijtimoiy ta’sir va ichki e’tiqodlarning sustligi bilan izohlaydilar . Yoshlar orasida o‘ziga past baho odatda quyidagi omillar bilan bog‘liq bo‘ladi: jismoniy ko‘rinishdan norozilik, muvaffaqiyatni doim boshqalar bilan taqqoslash, ijtimoiy tarmoqlarda “ideal” hayotlar bilan solishtirish, doimiy tanqid ostida yashash. O‘ziga past baho shaxsning ijtimoiy faolligini kamaytiradi, tashabbuskorligini pasaytiradi va ruhiy tushkunlik, ijtimoiy fobiyalar kabi buzilishlarga olib kelishi mumkin . So‘nggi yillarda psixologlar e’tiborini aynan ijtimoiy tarmoqlardagi virtual solishtirishlar jalb qilmoqda. Instagram, TikTok, Facebook kabi platformalarda foydalanuvchilar ideal ko‘rinishdagi hayot tarzini namoyon etishadi. Bu esa boshqalarda o‘zini yetarli emasdek his qilish holatlarini kuchaytiradi. Tadqiqotlar ko‘rsat
Доказательный фрагмент
«В данной статье, основанной на теории социального сравнения, психологически анализируется проблема сравнения человека с другими людьми и обусловленная этим низкая самооценка.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье, основанной на теории социального сравнения, психологически анализируется проблема сравнения человека с другими людьми и обусловленная этим низкая самооценка. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- social comparison, self-esteem, psychological stability, personal, shaxsiy ong, o‘zini anglash., o‘ziga baho, taqqoslash, psixologik barqarorlik, ijtimoiy solishtirish
Смежные источники
ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021
Авторефераты диссертацийKarimova Gulirano Muxtor qizi2026
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021