К содержанию
РецензированоUZ2022

Violation of conversation maxims by grice and implicature in advertasing

Sherqulova Mahliyo Xasan qizi · MA Student · Supervisor: Abduvahobova Mahina

Анализ актуальных проблем, инноваций, традиций, решений и художественной литературы в преподавании иностранных языков · 2022

Аннотация

maqolada xalq og'zaki ijodi janrlaridan biri sifatidagi maqollar va ularning ingliz tiliga tarjimasi haqida fikrlar bayon etilgan. Kalit so’zlar: Maqollar, milliy tafakkur, qiyoslash, ma’no, til o'rganish. Maqol xalqning ko`p asrlar mobaynida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotda to`plagan tajribalari, kuzatishlari asosida yuzaga kelgan ixcham, chuqur mazmunga ega bo`lgan og`zaki ijod janrlaridan biridir. Maqol atamasi arabcha “kavlun — gapirmoq, aytmoq” so`zidan olingan bo`lib, aytilib yuriladigan ifoda va iboralarga nisbatan qo`llaniladi. Barcha tomondan deyarli bir xilda aytilib, bir xilda tushuniladigan ibora, ifodalar, asosan, maqol janrini tashkil etadi. Maqol xalqning pand-nasihati, ma’naviy-axloqiy xulosasi, xalq milliy ruhining aks-sadosi, til tabiatining hikmatli mezonidir. Maqol to`qilmaydi, balki ma’lum sharoit taqozosi bilan yaratiladi. Demak, maqol xalq ommasining muayyan voqea, hodisalar haqidagi xulosalari, hukmi va tavsiyalarini mujassamlashtirgan o`ziga xos badiiy shaklga ega bo`lgan ifoda va iboralardan iborat. Maqol o`z tabiatiga ko`ra xalqaro janr hisoblanadi. Dunyoda o`z maqollariga ega bo`lmagan xalqning o`zi yo`q. Chunki har bir xalq hayotiy tajribalarini maqollar shaklida avlodlarga qoldiradi. Shuning uchun ham turli xalqlar og`zaki ijodida mazmun va shakl jihatidan bir-biriga yaqin hamda hamo-hang maqollar ko`p uchraydi. Chunki har bir xalq hayoti va tarixida juda ko`p o`xshashliklar, umumiyliklar mavjud. Har bir xalqning o`zining urf - odatlari, ma`naviy – ma`rifiy, axloqiy- estetik va falsafiy qarashlari, qisqasi, o`zi va o`zligi maqollarda to`la namoyon bo`ladi. O`zbek xalq maqollarining so`z san`ati mahsuli sifatida keladi. O`zbek xalq maqollarini ingliz tiliga tarjima qilish, tarjima jarayonida uchraydigan usullaridan to`g`ri foydalanish muhim sanaladi. Maqollar ingliz folklori repertuaridan ham keng o`rin olgandir. Ularda vatanparvarlik, mardlik, adolat, ilmni sevish, xotin – qizlarga hurmat, yaxshilik, aqillilik, odob – axloq, tarbiya, hurmat izzat, ta’lim, hunar, mehnatsevarlik va shunga o`xshash bir qancha xususiyatlar o`rin olgandir. Inglizlarda, One good turn deserves another, ruslarda, day dobro i jdi dobro, o`zbeklarda esa, yaxshilik qilsang, yaxshilik qaytar, yomonlik qilsang – yomonlik. Two heads are better than one; Um xorosho, a dva luchshe; bir kalla – kalla, ikki kalla – tilla. Healthy mind in a healthy body; v zdorovom tele zdoroviy dux; sog`lom tanda sog` aql. A fault confessed is half redressed; povinnuyu golovu mech ne sechyot; yoki o`zbeklar egilgan boshni qilich kesmas, deyishadi. Har bir tilning maqolining ma’nosi kontekst ichida ochiladi. Lekin ayrim hollarda ikki yoki bir nechta tillarda ham shaklan, ham mazmunan mos keladigan ekvivalentlar ham topiladi: Strike while the iron is hot. Kuy jelezo poka goryacho – temirni qizig’ida bos yoki temirn iissig’ida bos. Better late then never. Luchshe pozdno ilde nikogda – hechdan kura kech bo’lgani yaxshi. Bunday holatlar kamuchraydi. Aksariyat hollarda tarjimon mazmunidan kelib chiqqan holda har bir maqol mos o’z tilida muqobil variantlarini topishi yoki so’zma-so’z tarjima qilinishi mumkin. Shunga ko’ra, ayni bir xil maqol yoki ham bir qancha o’rinlarda, ma’noga qarab, har xil o’girilishi mumkin. Binobarin, har qanday maqollar uchun ham mos keladigan tayyor variant berish amri mahol. Turli tillarda ayni bir xil ma’noni ifodalovchi maqol aynan bir xil asosga, ayni bir narsaning bir qancha jihatlariga yoki tamoman boshqa obyektlarga tayangan holda yaratilgan bo’lishi mumkin: 128

Доказательный фрагмент

«maqolada xalq og'zaki ijodi janrlaridan biri sifatidagi maqollar va ularning ingliz tiliga tarjimasi haqida fikrlar bayon etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

maqolada xalq og'zaki ijodi janrlaridan biri sifatidagi maqollar va ularning ingliz tiliga tarjimasi haqida fikrlar bayon etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
advertisement, pragmatics, implicature, conversation maxim, violation
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники