Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TURKISTONDA RUS AHOLI QATLAMINING SANOAT ISHLAB CHIQARISHGA KIRIB KELISH JARAYONLARI
KIRIB KELISH JARAYONLARI · Abdumutalova Munisa Pulat qizi
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 43 · 387 - 417 · 2026
Аннотация
После завоевания Туркестана Россией, в работе рассматриваются процессы проникновения русских в Туркестан во второй половине XIX — начале XX века, а также их активное вмешательство в социально-экономическую жизнь региона. Ключевые слова: рабочий класс, бедняки, русские крестьяне, поселения, освоение Мирзачульского региона. Annotation: After the conquest of Turkestan by Russia, this work discusses the influx of Russians into Turkestan in the second half of the 19th century and the early 20th century, as well as their active involvement in the socio-economic life of the region. Keywords: working class, the poor, Russian peasants, settlements, development of the Mirzachul region. XIX asrning oxiri- XX asr boshlarida aholi tarkibida ijtimoiy o’zgarishlar sodir bo’ldi. Etnik xalq tarkibida mardikorlar, ziyolilar, ishchilar tabaqasi shakllana boshladi. Qariyb aholining 80%ini kambag’al dehqon tashkil qilgan bir paytda 2% ishchilar edi. Shu bilan bir qatorda rus qatlami ham shakllana boshladi. Rossiya imperiyasi hududni tezroq integratsiya qilish bahonasida rus aholisini Turkistoniga ko'chirish siyosatini olib bordi. Asosan Astraxan, Samara guberniyasidan keltirildi. Rossiya imperiyasining aholini ko‘chirish siyosati Turkiston mahalliy aholisi hayot tarzini ham o‘zgartirib yuborgan. Ya'ni, ko‘chmanchi va yarim o‘troq tarzida hayot kechiruvchi mahalliy aholining chorvachilik uchun mo‘ljallangan lalmikor yaylov yerlarini ko‘chib keltirilgan aholiga taqsimlab berilishi chorvador aholining ma'lum qismini o‘troq hayot tarziga o‘tishini taqozo etgani aniq. Bu esa, o’z o’rnida o’lkadagi doimiy yashovchi aholi soni, ularning yer maydonlari miqdori, chorvasining hajmini hisobga olish hukumat uchun soliq to’lov va yig’imlar undirish uchun imkoniyat tug’dirgan. Buning natijasi o’laroq, dasht hududlarda sobiq ko‘chmanchi aholidan iborat bo‘lgan o‘troq aholi yashaydigan yangi qishloqlar paydo bo‘lish holatini tezlashtirdi. . Shuningdek, bu tartib orqali mahalliy aholi qancha yerga egalik qilishi va o’lkada zaxira yerlar miqdorini aniqlash uchun qulay vaziyat roy berdi. Rossiya hukumatining Turkistonga aholini ko’chirish orqali kuchli xo’jaliklar tashkil etilib, mustamlakachilikning o’lkadagi iqtisodiy ustunini yaratishdan manfaatdor bo’lsa, ko’chib keluvchi aholi o’z yeriga ega bo’lishdan manfaatdor bo’ldi. Ko‘chib kelgan aholi o‘zlariga ajratilgan yer maydonlarida dastlab o‘zlariga tanish ekin turi –don yetishtirish bilan mashg‘ul bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik mustamlaka hukumati talabi bilan iqtisodiy jihatdan sermahsul hisoblangan paxtachilik sohasini o‘zlashtirishga kirishdi.Ko‘chib kelgan aholi dastlab, ijtimoiy jihatdan juda og‘ir ahvolda bo‘lsada, keyinchalik o‘lkaning qulay sharoiti, unumdor yerlari sababli o‘z xo‘jaliklarini tashkil etib, ma'lum bir muddatdan so‘ng 123 yaxshi hayoti yaxshilandi. Masalan, 1891-1892 yillarda Rossiya imperiyasining markaziy va, ayniqsa, janubiy guberniyalaridan yo’lga otlangan kambag’al yersiz aholining bir qismi qiyinchilik bilan Perovsk va Kazalinskgacha yetib kelib, yo’lini yana davom ettirishga imkoni yo’q edi. Qashshoqligi shu ahvolda ediki, ularni bu ahvoldan chiqarish uchun 1893 yilda general-gubernatorning rasmiy iltimosi bilan bosh shtab tomonidan 15 ming rubl miqdorida shoshilinch kredit mablag’i ajratilgan. Oradan bir muddat o‘tib, ya'ni 1896-1897 yillarga kelib, Sirdaryo viloyati hududida tashkil etilgan rus posyolkalarining aksariyati moddiy jihatdan juda yaxshi ahvolda ekanligi va ularning bu yerdagi sharoiti hamda “mu'jizaviy tuprog‘i” tufayli gullab rivojlanayotganligi kuzatilgan. . Sirdaryo viloyati hududida 10 yil, ayrimlariga 20 yil va undan ham oldinroq tashkil topgan rus posyolkalarida qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish va sotish yaxshi yo’lga qo’yilib, Avliyo-ota uyezdidagi mavjud don mahsulotlari narxining pasayishiga olib keldi. Ko’chib kelgan aholi yaxshi daromad evaziga xo’jaliklarida qo’shimcha ishlab chiqarish turlarini yo’lga qo’yildi. Jumladan, Toshkent uyezdida qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish bilan birgalikda o’sha paytda serdaromad hisoblangan paxtachilik sohasi ko’chib kelganlar orasida keng ko’lamda o’zlashtirilib, yuksaltirildi. Bu esa o’z navbatida Toshkent uyezdidagi posyolkalarning iqtisodiy salohiyatini ijobiy darajaga ko’tarishga xizmat qildi. Misol tariqasida, 123 ta xo’jalikdan iborat Sretensk posyolkasidagi birorta xonadonda turmush kamchiliklari yoki pulga ehtiyoji kuzatilmagandi. Chimkent uyezdida ham biror muammo kuzatilmadi. Hududdagi Nikolayev, Merke, Choldevor, Meshat va boshqa posyolkalarida yashovchi dehqonlarda oldingi yildan qolgan 500 pudgacha don zaxiralari saqlayotganligi aniqlangan. Ayrim xo’jaliklar omborida 3 000 pudgacha don mahsulotlarini zaxirada saqlagani ayon bo’ldi. Ular bu mahsulotni o’z xo’jaliklaridan to’plagan bo’lib boshqa joydan sotib olmagan, chunki rus dehqonlari orasida don savdosi bilan shug’ullanganlar deyarli kuzatilmas edi. Ular asosan mahsulot narxining qimmatlashish paytini kutgan. XX as
Доказательный фрагмент
«После завоевания Туркестана Россией, в работе рассматриваются процессы проникновения русских в Туркестан во второй половине XIX — начале XX века, а также их активное вмешательство в социально-экономическую жизнь региона.»
Образец извлечения
Демо-превьюПосле завоевания Туркестана Россией, в работе рассматриваются процессы проникновения русских в Туркестан во второй половине XIX — начале XX века, а также их активное вмешательство в социально-экономическую жизнь региона. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- working class, the poor, Russian peasants, settlements, development of the, Mirzacho’lning o’zlashtirilishi, rus dehqonlari, posyolkalar, ishchilar qatlami, kambag’allar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026