К содержанию
РецензированоUZ2026

G‘O‘ZANING F2 AVLODIDA VEGETATSIYA DAVRI KO‘RSATKICHINING O‘ZGARUVCHANLIGI

Norov B.N. · Eshonqulov M.A. · Suyarov A.A. · PSUYAITI Sirdaryo ITS

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026

Аннотация

Ushbu maqola o‘rta sho‘rlangan tuproq sharoitida navlararo chatishtirish natijasida yaratilgan F duragay kombinatsiyalarning vegetatsiya davrining o‘zgaruvchanligi 2 keltirilgan bo‘lib, bunda ota-ona shakllariga nisbatan ertapishar genotiplarning variatsion qatorning ham o‘ng, ham chap tomonida joylashdi, ushbu belgining irsiylanishida genlar rekombinatsiyasi xilma-xilligini anglatadi. Kirish. O‘zbekiston va jahon miqyosidagi o‘simlikshunoslik va dexqonchilikning dolzarb vazifalaridan biri oddiy, qulay va kam harajatli seleksion uslublarini, seleksiya ishlariga jalb qilish, sho‘rlanayotgan va sho‘rlangan tuproq sharoitiga bardoshli, yuqori unuvchanlik xususiyatiga ega, hosildor, tezpishar hamda boshqa qimmatli xo‘jalik belgilarini saqlab qoladigan navlarni yaratish dolzarb muamolardan biridir. Ma’lumki, navdorligi yuqori, sog‘lom, to‘la pishib yetilgan, mag‘zi to‘q, yaxshi saqlangan va ekishga sifatli tayyorlangan urug‘lik chigitlardangina yuqori hosil beradigan g‘o‘za o‘simliklari rivojlanadi. Bugungi kunda jahon miqyosida ekologik muvozanatni global ravishda o‘zgarishi iqtisodiy tarmoqlarda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan paxtachilik sohasiga ham ta’sir etib kelmoqda. Do‘nyo miqyosida asosiy e’tibor, g‘o‘zaning turli stress omillarga tabiiy bardoshli, hosildor va tola sifati yuqori bo‘lgan yangi navlarini yaratishga qaratilgan. Bu esa g‘o‘zaning yangi navlarini yaratishda g‘o‘za kolleksiyasidagi yovvoyi va yarim yovvoyi turlarning potensialidan seleksiya-genetik jarayonlarda keng ma’noda foydalanishni taqozo etmoqda. Bundan tashqari, oxirgi paytlarda, g‘o‘za kasalliklarining yangi irqlari va zararkunandalarning yangi populyatsiyalarining paydo bo‘lishi, ekologik muhitning buzilishi (tuproq sho‘rlanishining oshishi, suv tanqisligi va boshqalar) seleksiya va genetika fanlari oldiga dolzarb masala, ya’ni seleksiya uchun yuqorida ko‘rsatilgan omillarga chidamli yangi donorlarni qidirish va ular asosida yangi g‘o‘za navlarini yaratish zaruriyatini qo‘ydi. Shuni nazarda tutib, mazkur dolzarb masalani hal qilishda, hozirgi paytda ishlab chiqarishda keng qo‘llanib kelinayotgan, madaniy G.hirsutum L., G. barbadense L. turlari, hamda g‘o‘za kolleksiyasidagi yovvoyi, yarim yovvoyi turlarning potensialidan keng foydalanish, ijobiy genlar majmuasiga ega bo‘lgan yangi donorlarni topish imkoniyatini yaratadi. G‘o‘zaning turli usullar bilan duragaylash orqali olingan duragaylarida tezpisharlik belgisining irsiylanish jarayonini o‘rganish muhim ahamiyatga ega bo‘lib, juda katta tadqiqot ishlari olib borilgan. Xususan, g‘o‘zaning F oddiy, qo‘sh duragaylarda tezpisharlik bo‘yicha 1 o‘ta dominantlik, to‘liq dominantlik hamda oraliq irsiylanish yuz berishi aniqlanib, ularda bir dona ko‘sak vaznining ijobiy geterozis, to‘liq dominant va oraliq holda irsiylanishi, F qo‘sh 1 duragaylarda esa salbiy geterozis sodir bo‘lishi kuzatilgan [1; 5]. Ertapisharlik belgisi irsiy belgi bo‘lib, u avloddan-avlodga beriladi, shu bilan birga tashqi muhit hamda agrotexnik chora-tadbirlarga bevosita bog‘liq, hosildorlik esa asosan agrotexnikaga va o‘rganilayotgan tizmalarning irsiyatiga bog‘liq [1;2;3;4]. 130 Natijalar. Dunyodagi paxta yetishtiruvchi davlatlar orasida respublikamiz eng shimoliy davlatlardan hisoblanadi. Shuning uchun yangi yaratilayotgan navlarning nafaqat hosildorligi, tola sifati, balki tezpisharligiga ham asosiy e’tiborni qaratish lozim. Tezpisharlik yoki pishib yetilish davri g‘o‘zalarda juda muhim qimmatli xo‘jalik va murakkab genetik miqdoriy belgilar qatoriga kiradi. Jumladan, tezpisharlik hosil hajmi, tola va hosil sifatini, qo‘lda va mashinalar bilan terish muddatlarini hamda o‘z vaqtida agrotexnik tadbirlarni o‘tkazishga imkoniyat yaratadi.Bundan tashqari, bugungi kundagi navbatlab ekish tizimidagi asosiy ekinlardan biri bo‘lmish g‘allani o‘z vaqtida ekishga imkoniyat yaratiladi. Tadqiqotlarda F duragay va ularning ota-ona shakllarda vegetatsiya davri turli 2 ko‘rsatkichlar 116,5-121,5 kun oralig‘ida bo‘lib, ota-ona shakllarini ichida eng tezpishari 116,5 kunni S-5712 navidir, kechrog‘i esa Guliston g‘o‘za navi 121,5 kunni tashkil etdi. O‘zgaruvchanlik koeffitsienti bo‘yicha ota-ona shakllari 3,5 foizdan 5,6 foizgacha bo‘ldi. F duragay kombinatsiyalarda ushbu ko‘rsatkich 113,1-118,8 kunni tashkil etdi. 2 O‘rganilayotgan barcha duragay kombinatsiyalari o‘zgaruvchanligi keng miqyosdagi ajralish jarayoni kuzatildi. Bunda o‘simliklar variatsion qatorning 8-9 ta sinfida joylashdi. Ushbu duragay kombinatsiyasining ota-onalik shakllari ichida S-5712 navi 4-sinfda, Guliston, S-5707 va Sirdaryo-1 navlari esa 5- sinfda hamda PolitexSirdaryo navi 6-sinflarda joylashdi Shunga o‘xshash o‘zgaruvchanlik qolgan duragay kombinatsiyalarida va uning ota- ona shakllarida kuzatildi. Bunda duragay kombinatsiyalar vegetatsiya davri ota-ona ko‘rsatkichlari oralig‘ida joylashdi. F duragay kombinatsiyalarida vegetatsiya davri ko‘rsatkichining o‘zgaruvchanligi 2 Ota-ona n sinflar chegarasi (k-2 kun ) V № shakllari va F 2 107- 109- 111- 113- 115- 11

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola o‘rta sho‘rlangan tuproq sharoitida navlararo chatishtirish natijasida yaratilgan F duragay kombinatsiyalarning vegetatsiya davrining o‘zgaruvchanligi 2 keltirilgan bo‘lib, bunda ota-ona shakllariga nisba…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola o‘rta sho‘rlangan tuproq sharoitida navlararo chatishtirish natijasida yaratilgan F duragay kombinatsiyalarning vegetatsiya davrining o‘zgaruvchanligi 2 keltirilgan bo‘lib, bunda ota-ona shakllariga nisba… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
yangi navlarini, vegetatsiya davri, sho rlangan, rlangan tuproq, variatsion qatorning, qimmatli jalik, muhim ahamiyatga
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники