К содержанию
РецензированоUZ2026

MODELLASHTIRILGAN HAYVONLARDA INSULIN REZISTENLIGI KELIB CHIQISHINING FIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI

CHIQISHINING FIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI · Turayev Yolqin Sherzod o'gli

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada laboratoriya sharoitida insulin rezistenligi (IR) modellashtirilgan hayvonlarda kuzatiladigan asosiy fiziologik mexanizmlar batafsil tahlil qilinadi. Skelet mushaklari, jigar, yog‘ to‘qimasi, pankreas, gipotalamus-gipofizar-adrenal tizim hamda immun-endokrin tizimidagi o‘zgarishlarning IR rivojlanishidagi patofiziologik ahamiyati ko‘rib chiqiladi va ilmiy tadqiqotlar asosida yoritiladi. Kalit so‘zlar: insulin rezistenligi, laboratoriya hayvonlari, fiziologik mexanizmlar, yallig‘lanish, glyukoza utilizatsiyasi, lipogenez, adiponektin, oksidlovchi stress. Kirish. Insulin rezistenligi periferik to‘qimalarning insulin gormoniga bo‘lgan sezgirligi pasayishi bilan tavsiflanib, metabolik kasalliklar, xususan, 2-tur qandli diabet, semizlik va metabolik sindrom rivojlanishining asosiy patogenetik omili hisoblanadi. Laboratoriya hayvonlarida insulin rezistenligini modellashtirish va uning fiziologik mexanizmlarini tahlil qilish orqali ushbu patologik holatning klinik aspektlarini yanada chuqurroq tushunish imkoniyati yaratiladi. Mavzuning o'rganilganlik darajasi. Insulin rezistenligi laboratoriya hayvonlarida keng o‘rganilgan mavzulardan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda olib borilgan ilmiy tadqiqotlarda insulin rezistenligining molekulyar-genetik, biokimyoviy va patofiziologik asoslari yetarlicha chuqur tahlil qilingan. Biroq, insulin rezistenligi rivojlanishining to‘liq mexanizmlari hamda turli laboratoriya modellaridagi spesifik farqlarni aniqlash yuzasidan qo‘shimcha tadqiqotlarga ehtiyoj mavjudligi qayd etilmoqda. Asosiy qism. Modellashtirilgan hayvonlarda insulin rezistenligi kelib chiqishining fiziologik xususiyatlari quyidagi asosiy jihatlarda ko‘rinadi: I. Insulin rezistenligining fiziologik asoslari Insulin rezistenligi (IR) — insulin gormoniga to‘qimalarning sezgirligi kamayishi bilan bog‘liq bo‘lib, uning fiziologik ko‘rinishi quyidagi mexanizmlarda kuzatiladi:  Periferik to‘qimalarda (skelet mushaklari, yog‘ to‘qimasi va jigar) glyukoza utilizatsiyasining kamayishi;  Insulin signallarining hujayra ichidagi mexanizmlarida buzilishlar;  Jigarda glyukoneogenez va lipid sintezining patologik kuchayishi;  Pankreasning insulin ishlab chiqarish mexanizmlarining kompensator o‘zgarishi va keyinchalik funksional yetishmovchiligi;  Surunkali yallig‘lanish jarayonlari va oksidlovchi stressning ortishi. II. Modellashtirilgan hayvonlarda insulin rezistenligining fiziologik xususiyatlari va patofiziologiyasi Laboratoriya hayvonlarida IR rivojlanishida quyidagi fiziologik xususiyatlar mavjud: 1. Skelet mushaklarida fiziologik o‘zgarishlar: Skelet mushaklari glyukozaning asosiy iste'molchisi bo‘lganligi sababli IR holatida asosiy ta’sir nuqtasi hisoblanadi. 140  Glyukoza transporterlarining (GLUT4) faolligi va miqdorining kamayishi: GLUT4 retseptorlari insulin ta’sirida glyukozani mushak hujayralariga o‘tkazadi. Insulin rezistenligi holatida GLUT4 ning membranaga chiqishi va faolligi kamayadi, natijada glyukoza mushakka kiritilmaydi.  Glikogen sintezi jarayonining kamayishi: Mushak hujayralarida glyukoza utilizatsiyasi susayib, glikogen shaklida saqlanish kamayadi.  Mitoxondrial disfunksiya: ATP ishlab chiqarish buziladi, energiya yetishmovchiligi yuzaga keladi va oksidlovchi stress ortadi. 2. Jigardagi fiziologik o‘zgarishlar: Jigar IR ning rivojlanishida muhim markaz hisoblanadi.  Glyukoneogenezning kuchayishi: Jigarda glyukoneogenez jarayonining insulinga nisbatan sezgirligi kamayadi, bu esa giperglikemiyani kuchaytiradi.  Lipid sintezining kuchayishi va jigarda yog‘ yig‘ilishi (steatoz): Lipogenez (yog‘ hosil bo‘lishi) va triglitserid sintezi ortadi. Natijada yog‘ jigar hujayralarida ortiqcha to‘planadi (NAFLD rivojlanadi).  Yallig‘lanish va oksidlovchi stress ortishi: Jigarda yallig‘lanish sitokinlari (IL-6, TNF-α) ishlab chiqarilishi ortib, oksidlovchi stress kuchayadi va insulin signalini uzilishiga sabab bo‘ladi. 3. Yog‘ to‘qimalarida fiziologik o‘zgarishlar: Yog‘ to‘qimasi insulin rezistenligida asosiy yallig‘lanish markazlaridan biri hisoblanadi.  Adipotsitlarning gipertrofiyasi (hajmi kattalashishi): Yog‘ hujayralarining hajmi kattalashadi, bu esa ularning metabolik funksiyasini buzadi.  Yallig‘lanish jarayonlari ortishi: Adipotsitlardan yallig‘lanish mediatorlari (TNF-α, IL-6, leptin) ortiqcha ajralib chiqadi va insulin signalizatsiyasini buzadi.  Adiponektin gormoni ajralishi kamayishi: Adiponektin insulinga sezgirlikni oshiruvchi va yallig‘lanishni kamaytiruvchi adipokin bo‘lib, uning kamayishi IR ning kuchayishiga sabab bo‘ladi. 4. Pankreasdagi fiziologik o‘zgarishlar: Pankreas IR ga kompensator javob berishga harakat qiladi.  Insulin ishlab chiqarishining dastlabki bosqichda kompensator ko‘payishi: IR holatida qondagi glyukoza darajasi oshgani sababli, pankreas β-hujayralari insulin ishlab chiqarishni kuchaytiradi (giperinsulinemiya).  β-hujayralarining funksional charchashi va buzilishi: Uzoq muddat IR natijasida β- hujayralarning insulin sintezlash qobiliyati kamayib, dia

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada laboratoriya sharoitida insulin rezistenligi (IR) modellashtirilgan hayvonlarda kuzatiladigan asosiy fiziologik mexanizmlar batafsil tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada laboratoriya sharoitida insulin rezistenligi (IR) modellashtirilgan hayvonlarda kuzatiladigan asosiy fiziologik mexanizmlar batafsil tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
yallig‘lanish, glyukoza utilizatsiyasi, laboratoriya hayvonlari, fiziologik mexanizmlar, lipogenez, adiponektin, oksidlovchi stress., insulin rezistenligi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники