К содержанию
РецензированоUZ2026

BANKLARDA ELEKTRON PULLAR HISOBI VA AUDITINI TAKOMILLASHTIRISH

EDUCATION SYSTEM · Turg‘unboyev Qodirjon Valijon o‘g‘li · O‘zbekiston Respublikasi Bank-Moliya Akademiyasi magistranti

Наука и инновации в системе образования · 2026

Аннотация

This scientific work studies the state of electronic money accounting and auditing mechanisms in the modern banking system. In the context of the rapid development of the digital economy, electronic money — electronic wallets, digital payment instruments and virtual currencies — is becoming an integral part of the activities of banks. At the same time, their correct reflection in accounting, ensuring their security and organizing transparent audit processes have become an urgent issue. The study analyzes the legal and practical foundations of accounting for electronic money in commercial banks of Uzbekistan, international experience, the effectiveness of the internal control system and audit practice. It also develops proposals for real-time control of electronic transactions, the use of artificial intelligence tools, and the introduction of systems compliant with International Financial Reporting 141 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference Standards (IFRS). The results of the work are aimed at increasing the reliability of electronic money circulation, ensuring the accuracy of financial statements and strengthening the effectiveness of auditor control. Keywords: electronic money, digital payments, accounting, bank audit, internal control system, financial transparency, digital assets, artificial intelligence, international financial reporting standards (IFRS), risk-based audit. Tahlil va natijalar: Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi moliyaviy xizmatlar sohasida tub islohotlarni boshlab berdi. Ayniqsa, banklar faoliyatida elektron pullar va raqamli to‘lov tizimlarining ommalashuvi ushbu institutlar moliyaviy hisob yuritish mexanizmlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Bugungi kunda elektron pullar nafaqat oddiy plastik kartalardan foydalanish bilan cheklanib qolmay, balki mobil ilovalar, raqamli hamyonlar va kriptovalyutalar kabi keng spektrdagi vositalarni o‘z ichiga oladi. Ushbu vositalarning moliyaviy muomalaga keng kirib kelishi banklarning buxgalteriya hisobi, audit amaliyoti va ichki nazorat tizimlarini takomillashtirish zaruratini yuzaga keltirmoqda. O‘zbekiston tajribasi shuni ko‘rsatadiki, tijorat banklarida elektron pullar bilan bog‘liq operatsiyalarni hisobga olishda bir qator tizimli kamchiliklar mavjud. Birinchidan, elektron tranzaksiyalar buxgalteriya tizimida alohida guruh sifatida qayd etilmasligi hisob-kitoblarning shaffofligini pasaytirmoqda. Aksariyat holatlarda bunday operatsiyalar umumiy naqd pulsiz hisob-kitoblar tarkibida aks ettiriladi, bu esa moliyaviy ma’lumotlarning aniqligi va ularni tahlil qilish imkoniyatlarini cheklaydi. Natijada, audit jarayonlarida ham chalkashliklar yuzaga keladi. Ikkinchidan, elektron tranzaksiyalarni real vaqt rejimida kuzatish imkoniyatining cheklangani ham muhim muammo sifatida ko‘rsatib o‘tiladi. Bank axborot tizimlarining ko‘pchiligi hali-hanuz an’anaviy to‘lov operatsiyalariga moslashtirilgan bo‘lib, elektron pullarga xos bo‘lgan xavflarni aniqlash va monitoring qilish imkoniyatlari yetarli emas. Jumladan, xavf tahlili panellari, avtomatik ogohlantirish tizimlari yoki sun’iy intellekt asosida ishlaydigan risk monitoring platformalari mavjud emas. Bu holat esa, o‘z navbatida, ichki nazorat tizimi samaradorligini pasaytiradi va bankni raqamli moliyaviy xatoliklar yoki firibgarliklarga qarshi himoyasiz holatga keltiradi. Uchinchidan, audit faoliyatida ham muhim bo‘shliqlar mavjud. Elektron pullar bilan bog‘liq operatsiyalarni tekshirish uchun yetarli metodik vositalar va texnik yechimlar ishlab chiqilmagan. Auditorlar ko‘pincha umumiy hujjatlar asosida tekshiruv olib borishga majbur bo‘lishadi, bu esa murakkab raqamli tranzaksiyalarning nazoratdan chetda qolish xavfini oshiradi. Maxsus audit 142 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference algoritmlari yoki raqamli aktivlar uchun moslashtirilgan audit metodologiyalari yetishmaydi. Shu bilan birga, xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (IFRS), xususan IFRS 9 va IFRS 15 doirasida elektron pullar hisobi va ularning riskini baholashga oid yondashuvlar O‘zbekiston bank amaliyotida yetarli darajada qo‘llanilmayapti. Elektron aktivlarning amortizatsiyasi, qiymat o‘zgarishi, ularning tavakkal darajasi kabi jihatlar e’tibordan chetda qolmoqda. Bu esa O‘zbekiston bank tizimining xalqaro moliyaviy bozorga integratsiyalashuvi yo‘lida muayyan to‘siqlarni keltirib chiqarmoqda. Xalqaro tajriba esa, aksincha, elektron pullarning shaffof hisobi va samarali auditi orqali raqamli iqtisodiyot xavfsizligini ta’minlash mumkinligini ko‘rsatmoqda. Masalan, AQSh, Yevropa Ittifoqi va Yaponiya banklari blokcheyn texnologiyalaridan foydalangan holda tranzaksiyalar ustidan real vaqtli monitoring olib borishmoqda. Komplayens tizimlari avtomatlashtirilgan, audit esa maxsus raqamli vositalar orqali amalga oshiriladi. Bu yondashuvlar orqali nafaqat foydalanuvchi ishonchi oshiriladi, balki moliyaviy firibgarliklar va xatolarning ol

Доказательный фрагмент

«This scientific work studies the state of electronic money accounting and auditing mechanisms in the modern banking system.»

Образец извлечения

Демо-превью

This scientific work studies the state of electronic money accounting and auditing mechanisms in the modern banking system. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
electronic money, digital payments, accounting, bank audit, ichki nazorat tizimi, raqamli to‘lovlar, moliyaviy shaffoflik, bank auditi, buxgalteriya hisobi, elektron pullar, xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (IFRS), sun’iy intellekt, raqamli aktivlar, riskka asoslangan audit.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники