Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MEDIADA JURNALIST VA BLOGERLARNING TUTGAN OʻRNI
Imomov Alisher Muxitdinovich.
Модели и методы в современной науке · 2026
Аннотация
В данной статье анализируются роль журналистов и блогеров в СМИ, а также их взаимодействие между собой. Особое внимание уделяется роли журналистов в предоставлении надежной и точной информации, а также значению блогеров в распространении личных мнений и опыта среди широкой аудитории. Статья также рассматривает сотрудничество и конкуренцию между этими группами, а также будущее цифровой журналистики и влияние развития социальных медиа. Ключевые слова: Журналистика, блогеры, роль СМИ, социальные сети, цифровая журналистика, сотрудничество, конкуренция. Zamonaviy axborot makonida jurnalistlar va blogerlarning tutgan o‘rni tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Global raqamli transformatsiya, internet va ijtimoiy tarmoqlarning keng tarqalishi natijasida an’anaviy ommaviy axborot vositalari bilan bir qatorda yangi axborot yetkazuvchilar – blogerlar ham 106 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference shakllandi. Jurnalistika o‘zining professional mezonlari, faktlarga asoslanganlik, betaraflik va axloqiy me’yorlarga sodiqligi bilan ajralib turadi. Blogerlik esa ko‘proq shaxsiy tajriba, hissiyot va erkin ifoda orqali ommani jalb etadi. Ushbu maqolada jurnalist va blogerlarning o‘zaro farqlari, o‘xshash jihatlari, ularning axborot uzatishdagi roli hamda media olamidagi o‘rnining o‘zgarib borayotgani tahlil qilinadi. Asosiy qism Jurnalistlarning mediadagi roli Jurnalistlar – bu axborotni yig‘ish, tahlil qilish va ishonchli manbalar asosida ommaga yetkazish bilan shug‘ullanuvchi professional mutaxassislardir. Ularning asosiy maqsadi – jamiyatda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarni haqqoniy, xolis va aniq shaklda yoritishdir. Jurnalistlar odatda an’anaviy OAV (gazeta, televideniye, radio) va rasmiy yangilik saytlarida faoliyat yuritishadi. Ular o‘z materiallarini chop etishdan oldin tahririyat, faktcheking (faktlarni tekshirish) va etik qoidalarga amal qilgan holda ishlashadi (Alimov, 2019). Masalan, O‘zbekiston telekanallarida faoliyat yuritayotgan jurnalistlar tomonidan ijtimoiy masalalarga oid chiqishlar aholining muammolarini yoritishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Xalq orasida mashhur bo‘lgan “Men – jurnalistman” kabi ko‘rsatuvlar orqali tumanlardagi muammolar yoritilib, mutasaddilar e’tiboriga yetkazilmoqda. Bu jurnalistikaning ijtimoiy javobgarligi va ishonchlilik darajasining yuqoriligi haqida dalolat beradi (Otabekov, 2020). Shuningdek, xalqaro miqyosda BBC, The Guardian yoki The New York Times kabi nashrlar mustaqil jurnalistika tamoyillariga amal qilib, turli mamlakatlardagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy voqealarni chuqur tahlil asosida yoritadi. Bu esa ommaning xolis va asosli axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi (Bakhtiyarov, 2022). Blogerlarning zamonaviy jamiyatdagi roli Blogerlar, ayniqsa ijtimoiy tarmoqlarning keng ommalashuvi natijasida shakllangan yangi media vakillaridir. Ular an’anaviy jurnalistlardan farqli o‘laroq, mustaqil harakat qiladi va shaxsiy fikrlarini, hissiyotlarini yoki tajribalarini o‘z auditoriyasi bilan bo‘lishadi. Ijtimoiy tarmoqlardagi blog postlar, videolar va jonli efirlar orqali ular ommaga ta’sir ko‘rsatadi va ko‘plab sohalarda fikr yetakchisi sifatida tan olinadi (Karimov, 2021). Masalan, O‘zbekistonda mashhur blogerlar – Odilbek Qodirov, Feruz Muhammad, Muhammadjon Obidov kabi shaxslar jamiyatdagi turli ijtimoiy muammolar, huquqiy savodxonlik, ta’lim va hayot tarzi mavzularini ko‘tarib chiqishmoqda. Ular millionlab kuzatuvchilarga ega bo‘lib, ommaviy fikrga 107 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference bevosita ta’sir o‘tkazishmoqda. Ayniqsa, blogerlar orqali reklama qilish (influencer marketing) zamonaviy biznesning ajralmas qismiga aylangan. Blogerlarning kuchli tomoni – ular tezkorlik, ochiqlik va shaxsiy yondashuv orqali auditoriyaga yaqin bo‘la olishadi. Ammo, ularning ayrimlari jurnalistik mezonlarga amal qilmasligi, faktlarni tekshirmasligi yoki noto‘g‘ri ma’lumot tarqatishi mumkin. Shu sababli, blogerlar uchun ham axloqiy javobgarlik va axborot xavfsizligi muhim masalalardan biridir (Abdullaev & Jumaev, 2018). Jurnalistlar va blogerlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir va raqobat So‘nggi yillarda jurnalistlar va blogerlar o‘rtasida bir paytning o‘zida hamkorlik, ham raqobat kuchayib bormoqda. Raqobat asosan auditoriya e’tibori uchun olib borilmoqda: kim tezroq va ko‘proq insonni jalb qilsa – u ko‘proq ta’sirga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, ko‘plab jurnalistlar blogerlik faoliyatini boshlagan yoki o‘z maqolalarini ijtimoiy tarmoqlarda ham ulashmoqda. Misol uchun, “Kun.uz” va “Daryo.uz” kabi ommaviy axborot saytlarida blogerlar uchun maxsus ruknlar mavjud. Bu orqali blogerlar o‘z maqolalarini ommaga taqdim etishadi, auditoriya esa turli fikr va qarashlarga ega bo‘lgan materiallarni ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi. Bu esa media muhitining boyishini ta’minlaydi (Bakhtiyarov, 2022). Shuningdek, ayrim holatlarda blogerlar tomonidan ko‘tarilgan muammolar keyinchalik jurnalistik surishtiruvlarga sabab bo‘lm
Доказательный фрагмент
«В данной статье анализируются роль журналистов и блогеров в СМИ, а также их взаимодействие между собой.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье анализируются роль журналистов и блогеров в СМИ, а также их взаимодействие между собой. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Journalism, bloggers, media role, social media, digital, media roli, hamkorlik, digital jurnalistika, blogerlar, ijtimoiy tarmoqlar, Jurnalistika, raqobat.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025