Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
NEOLOGIZMLARNING PAYDO BOʻLISHIDA SOʻZ MA’NO TARAQQIYOTINING OʻRNI
TARAQQIYOTINING OʻRNI · Annaqulova Shoxista
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Dunyo tilshunosligida neologizmlarning yasalishiga koʻra uch turi farqlanadi: neoleksema, neofrazema va neosemema. Neosemema sifatida qaraladigan neologizm turi oʻzbek tilshunosigida semantik neologizm sifatida beriladi. Maqolada ham aynan semantik neologizm haqida, ya’ni neologizmlarning shakllanishida soʻz ma’nosining oʻrni va ahamiyati haqida ayrim mulohazalarimiz bayon qilingan. Kalit soʻzlar: semantik neologizm, ma’no kengayishi, sinonimlik hodisasi, leksemalashuv. Tilning lugʻaviy qatlami taraqqiyotida leksik, morfologik va sintaktik asosda yuzaga kelgan yangi soʻzlar bilan bir qatorida semantik taraqqiyot natijasida yuzaga kelgan soʻzning yangi ma’nolari ham katta oʻrin tutadi. “Atoqli tilshunos A.Gʻulomov qariyb oltmish yil burun shunday deb yozgan edi: “Semantik yoʻl bilan soʻz yasash soʻzni yangi ma’noda qoʻllashdir, soʻz ma’nosining oʻzgarishi – taraqqiysidir. Biror soʻzning ma’nosi oʻzgarib, u boshqa ma’noga ega boʻlar ekan, keyingisi avvalgisiga nisbatan yangi oʻz sanalishi kerak…”. Ushbu fikrni nafaqat umumiste’moldagi lugʻaviy birliklarga nisbatan, balki koʻplab terminologik tizimlarda yangidan paydo boʻlayotgan terminlarga nisbatan ham tadbiq etish mumkin”. Chunki “jamiyatda ilm va san’atning, texnika va xoʻjalikning taraqqiyoti natijasida yuzaga kelgan yangiliklarni ifodalovchi yangi soʻzlarning ma’lum bir qismi, soʻzlarga yangi ma’no yuklash yoʻli bilan, soʻzlarni yangi ma’noda qoʻllash yoʻli bilan yuzaga keladi”.1 Masalan, bogʻcha soʻzi oʻtgan asning oʻrtalarigacha oʻzining dastlabki ma’nosi kichik bogʻ ma’nosida qoʻllangan boʻlsa, keyin “ma’lum bir yoshdagi bolalarni tarbiyalovchi joy” ma’nosi evaziga yangi soʻz ya’ni neologizmlik maqomini olgan. Qamrovida birdan ortiq ma’noga ega boʻlgan soʻzlarning barchasi mana shunday bosqichdan bir emas bir necha bor oʻtgan. Semantik taraqqiyot natijasida yuzaga kelayotan har bir yangi ma’no, shubhasiz, yangi shakllangan soʻzlar kabi ma’lum bir tarixdan soʻzlay oladi. Ba’zan ma’no taraqqiyoti shu darajada keskin boʻladiki, natijada soʻz oʻzining dastlabki ma’nosini butunlay unutib, yangi hayot boshlab yuboradi. Bu koʻp hollarda soʻzlar omonimligiga sabab boʻladi. 1 С.Муталлибов. Морфология ва лексика тарихидан қисқача очерк. 1959. 161-бет. 39 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference “Semantik taraqqiyot jarayonida faqat yangi ma’noning (ma’nolarning) yuzaga kelishi emas, bor boʻlgan ma’noning, ma’lum sabab bilan, yoʻq boʻlishi ham qonuniy hol. Lekin, bari bir, birinchi fakt, ya’ni yangi ma’no va ma’nolarning paydo boʻlishi taraqqiyotni belgilovchi hodisa hisoblanadi2”. Oʻtgan bobimizda mavjud leksemaning ma’nolari qatoriga yangi semamaning qoʻshilishidan namoyon boʻlgan ma’noni adabiyotlarda neosemema va neologizm-semema kabi nomlari ostida berilishini ammo biz semantik neologizm deb ifodalashni ma’qul koʻrgandik. Quyida bu tur neologizmlarning paydo boʻlish sabablari va usullarini koʻrib chiqamiz. Ma’lumki, biror yangi tushuncha paydo boʻlar ekan, til sohibi uchun uni nomlash zarurati tugʻiladi. Bunda nom beruvchi oldida ikki yoʻl turadi. Birinchi hoatda yangi tushuncha yangi nom bilan ataladi. Ikkinchi holatda tushunchalararo oʻxshashlik, yaqinlik, aloqadorlik kabi omillar asosida tilda mavjud nomning hosila ma’nosiga aylanadi, nomning mavjud ma’nolaridan oʻsib chiqadi. Ma’no taraqqiyoti deb nomlanadigan keyingi holat lisoniy birlik semantik strukturasining kengayishi, ma’nolar miqdorining ortishi boʻlib, uning sodir boʻlishi muayyan til egalarining kognitiv faoliyati, muayyan til egalarining lisoniy xotirasidagi konseptida yuz beradigan oʻzgarishlar bilan uzviy bogʻliq3 Jamiyat taraqqiy etishi bilan nutqiy hosila ma’no vaqtincha ifodalagan tushunchasi bilan doimiy aloqadorlik kasb etib, bora-bora barqarorlashib boradi va hosila nutqiy ma‘no lisoniylashadi. Natijada bir sememali leksema birdan ortiq sememali leksemalarga aylanib boradi. Tafakkurimizda paydo boʻlayotgan yangi tushunchalarni nomlashda va tilimizga kirib kelayotgan chet soʻzlarni oʻzbekchalashtirishda lugʻatimizda mavjud soʻzlarning (tarixiy soʻzlarni qayta jonlantirish va sheva soʻzlarni leksemalashtirish ham) ma’nosini koʻpaytirib tatbiq qilish nafaqat oz boʻlsa-da tilimiz sofligini ta’minlaydi balki “uning tushunishli boʻlishiga ham xizmat qiladi4”. Bunda yangi tushuncha ostidagi narsa-predmet xususiyatlari insonga avvaldan ma’lum boʻlgan narsa-predmetning umumiy tomonlari bilan solishtiriladi va maqbul hollarda mavjud leksema yangi tushunchani nomlash uchun safarbar qilinadi. Natijada leksema sememalari qatori kengayadi. Yangi soʻzlarni tartibga solishda bunday yoʻl tutish tilimizni boshqa tillardan kambagʻalroq qilib qoʻyishdek tasavvur uygʻotishi mumkin. Shu sababdan “lugʻat 2 А.Ҳожиев. совет даврида ўзбек адабий тилининг тараққиёти. Т.: Фан, 1991, 170 б. 3 Qarang: Одилов Й. Mустақиллик даври лексикасида маъно тараққиёти// Ўзбек тили ва адабиёти, 2016, 2-сон, 41-45-бетлар. 4 Ҳасанов А. Номинация билан боғлиқ айрим мулоҳазалар// Ўзбек тили в
Доказательный фрагмент
«Dunyo tilshunosligida neologizmlarning yasalishiga koʻra uch turi farqlanadi: neoleksema, neofrazema va neosemema.»
Образец извлечения
Демо-превьюDunyo tilshunosligida neologizmlarning yasalishiga koʻra uch turi farqlanadi: neoleksema, neofrazema va neosemema. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- leksemalashuv., semantik neologizm, ma’no kengayishi, sinonimlik hodisasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024