Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
DUDUQLANUVCHI BOLALARDA BILISH JARAYONLARINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
XOS XUSUSIYATLARI · Utbasarova Umida Mexmanovna · Kayumova Feruza Murodullayevna
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
This article examines the cognitive processes of children who stutter - specifically, the peculiarities in the development of perception, attention, memory, thinking, and speech activity. It is crucial to determine how the condition of a child who stutters affects their psychological development, particularly the formation of cognitive activity. Children who stutter may experience cognitive limitations associated with scattered attention, reduced memory capacity, slower thinking, and speech-related problems. The work also emphasizes the importance of an individualized approach in teaching and psychological-pedagogical interventions for children with stuttering. This article includes recommendations that can be applied in speech therapy and special education practices. Key words: communicative, competence, psycho-emotional, object, differentiation, visual, complex, psychocorrectional, repetitive, integration, art therapy, interactive, kinesthetic perception, temperament, internet, smartphone, multimedia, metacognitive, motivation, neurophysiological. Har bir bolaning sog‘lom psixik rivojlanishi – uning atrof-muhit bilan faol muloqoti, bilimlarni egallashi va ijtimoiy hayotga moslashuvida muhim ahamiyatga ega. Bilish jarayonlari – idrok, e’tibor, xotira, tafakkur va nutq orqali bola olamni anglaydi, tajriba to‘playdi va o‘z bilim doirasini kengaytiradi. Biroq, nutq buzilishlari, xususan duduqlanish, bolalarning bilish faoliyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Duduqlanuvchi bolalar odatda nutqiy muloqotda qiyinchiliklarga duch keladilar, bu esa ularning psixologik holati, o‘ziga bo‘lgan ishonchi hamda bilish jarayonlarining shakllanishiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Ushbu maqolada duduqlanuvchi bolalarda bilish jarayonlarining rivojlanish xususiyatlari o‘rganiladi, bu esa logopedik va defektologik yondashuvlarni takomillashtirish, shuningdek, duduqlanuvchi bolalarning ruhiy holati va bilish jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha pedagogik amaliyotda individual yondashuvni ta’minlash uchun tavsiyalar ishlab chiqish maqsad qilingan. Diqqat va xotira jarayonlarining rivojlanish holati Bola ruhiy rivojlanishining asosi bilish jarayonlarining bosqichma-bosqich shakllanishi bilan belgilanadi. Bu jarayonlar ichida diqqat va xotira markaziy o‘rin tutadi. Ayniqsa, nutq buzilishiga ega bo‘lgan, jumladan, duduqlanuvchi 93 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference bolalarda bu jarayonlarning rivojlanish xususiyatlari alohida tahlil etilishi zarur. Diqqat va xotiraning to‘laqonli rivojlanishi bolada kommunikativ kompetensiyani shakllantirish, o‘z fikrini ifoda etish, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini egallashda hal qiluvchi ahamiyatga ega.Diqqat tushunchasi va rivojlanish bosqichlari. Diqqat bu inson ongining biror faoliyatga yoki obyektga ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz tarzda yo‘naltirilganligi va shu holatda ushlab turiladigan psixik jarayondir. Bola hayotining dastlabki bosqichlarida diqqat ixtiyorsiz shaklda namoyon bo‘ladi. Bu davrda bolaning diqqati rang-barang, jozibali va harakatdagi predmetlarga qaratiladi. Vaqt o‘tishi bilan bolaning faoliyati murakkablashadi va ixtiyoriy diqqat shakllana boshlaydi. Bu, ayniqsa, maktabgacha yoshdan boshlab namoyon bo‘ladigan ijtimoiy ta’sir, ta’lim-tarbiya jarayonlari ta’sirida rivojlanadi. Duduqlanuvchi bolalarda diqqatning xususiyatlari. Nutq buzilishiga ega bo‘lgan bolalarda diqqatning rivojlanishi sekinroq kechadi. Bu bolalar ta’sirchan, chalg‘uvchan bo‘lib, diqqat barqarorligini saqlab turishda qiynaladilar. Ular og‘zaki topshiriqlarga yoki og‘zaki ifodalarga nisbatan haddan tashqari sezgirlik ko‘rsatadilar, bu esa ularning diqqatini buzadi. Bunday bolalarda kuchli psixo- emotsional fon mavjud bo‘lib, bu fon ularning nutq so‘zlash jarayonida ortiqcha zo‘riqishlarga sabab bo‘ladi. Diqqatning asosiy ko‘rsatkichlari — hajm, barqarorlik, taqsimlana olish, ko‘chuvchanlik, kuchlilik kabi jihatlarda ham sustlashuvlar kuzatiladi. Bola psixikasining shakllanishida diqqat va xotira asosiy bilish jarayonlari sifatida markaziy o‘rinni egallaydi. Diqqat — bu insonning ongini muayyan obyekt yoki hodisaga qaratish qobiliyati bo‘lib, bola faoliyatining ijtimoiy, psixologik va fiziologik jihatlarini bevosita belgilab beradi. Diqqat jarayonlari bolalik davrida sezilarli darajada rivojlanadi va bola o‘z faoliyatini ongli ravishda boshqarish imkoniga ega bo‘ladi. Bolalik davrida diqqatning asosiy shakllari — ixtiyorsiz va ixtiyoriy diqqat ko‘zga tashlanadi. Ixtiyorsiz diqqat dastlabki yosh davriga xos bo‘lsa, ixtiyoriy diqqat maktabgacha va maktab yoshiga kelib rivojlanadi. Bu jarayon bola o‘z faoliyatiga ongli yondashishni o‘rganishi bilan bog‘liqdir[¹]. Psixologlar diqqatni bir qancha xususiyatlar asosida o‘rganadilar: barqarorlik, taqsimlana olish xususiyati, ko‘chuvchanlik, hajm, kuchlilik va boshqalar. Diqqatning rivojlanishi ko‘pincha bolaning kundalik faoliyati va atrof- muhit om
Доказательный фрагмент
«This article examines the cognitive processes of children who stutter - specifically, the peculiarities in the development of perception, attention, memory, thinking, and speech activity.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article examines the cognitive processes of children who stutter - specifically, the peculiarities in the development of perception, attention, memory, thinking, and speech activity. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- communicative, competence, psycho-emotional, object, psixokorreksion, interaktiv, Kinestetik idrok, metakogniv, smartfon, temperament, motivatsiya, multimedia, differensia, internet, obyekt, integratsiya, kompleks, art-terapiya, kompetensiya, kommunikativ, vizual, neyrofiziologik., psixo-emotsional, repetitiv
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
МонографииK.J.Murodov2026