Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KIBERXAVFSIZLIK SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKCHILIKNI RIVOJLANTIRISHNING STRATEGIK YO‘NALISHLARI
RIVOJLANTIRISHNING STRATEGIK YO‘NALISHLARI · Eshmuradov Najmiddin G‘aybullo o‘g‘li
Всемирный научно-исследовательский журнал · 2026
Аннотация
В данной статье посвящено изучению стратегических направлений развития государственно-частного партнёрства в сфере кибербезопасности. Особое внимание уделяется возможностям развития государственно-частного партнёрства в данной сфере. В статье приведены рекомендации по совершенствованию правового регулирования ГЧП в сфере кибербезопасности, направленные на повышение эффективности взаимодействия государства и частного сектора в обеспечении информационной безопасности. Annotation. This article is devoted to the study of strategic directions for the development of public-private partnership in the field of cybersecurity. Special attention is given to the potential opportunities for advancing such partnerships in this area. The article provides recommendations for improving the legal regulation of public-private partnership in cybersecurity, aimed at enhancing the effectiveness of cooperation between the public and private sectors in ensuring information security. Raqamli asrda kiberxavfsizlik milliy xavfsizlik, iqtisodiy taraqqiyot va fuqarolarning davlat tizimlariga bo‘lgan ishonchini ta’minlashda muhim omilga aylangan. Tahdidlar murakkab va puxta uyushtirilgan shaklga ega bo‘lib borar ekan, davlat organlari ularni yolg‘iz hal eta olmaydi. Davlat-xususiy sheriklik modeli xususiy sektorning texnik salohiyati, innovatsion imkoniyatlari va resurslaridan foydalangan holda milliy kiberbarqarorlikni mustahkamlashning samarali usuli hisoblanadi. Raqamlashtirish sur’atlari yuqori bo‘lgan O‘zbekiston uchun kiberxavfsizlik sohasida DXShni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish dolzarb va strategik ahamiyatga ega. Xususiy hamkorlar davlatlarga xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda yordam berib, axborot texnologiyalari jinoyatchiligiga qarshi kurashda transchegaraviy hamkorlikka o‘z hissasini qo‘shmoqda. Bunday hamkorlikning https://scientific-jl.com/wsrj 1 9 2 Volume-41_Issue-1_July-2025 World scientific research journal maqsadi kiberxavflarga qarshi kurashda samaradorlikni oshirish, ma’lumot va tajriba almashinuvini ta’minlash, hamda kiberhujumlar yuz berganda harakatlarni muvofiqlashtirish mexanizmlarini yaratishdan iborat. Davlat-xususiy hamkorlik, shuningdek, axborot tizimlarini himoya qilish bo‘yicha yangi texnologiyalar va uslublarni ishlab chiqishga ham xizmat qilishi mumkin. Umuman olganda, davlat va xususiy tuzilmalar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish kiberjinoyatchilikka qarshi kurashda muhim qadam hisoblanadi. Faqatgina birgalikdagi harakatlar orqali axborot tizimlarini himoya qilish va kiberhujumlarning oldini olishda maksimal samaradorlikka erishish mumkin. Axborot texnologiyalari jinoyatchiligiga qarshi kurashish uchun davlat-xususiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zarurati bir qancha sabablarga asoslanadi, jumladan: mazkur sohada sodir etilayotgan jinoyatlar sonining keskin o‘sib borayotganligi. huquqni muhofaza qiluvchi organlarda axborot texnologiyalari sohasi o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda samarali kasbiy faoliyat yurita oladigan malakali mutaxassislarning yetishmasligi. huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining maxsus vositalar va dasturiy ta’minot bilan texnik jihozlanish darajasining yetarli emasligi1. Kompyuter jinoyatchiligiga qarshi kurashni samaraliroq tashkil etish maqsadida xalqaro tashkilotlar, masalan, Interpol, Evropol va boshqa tuzilmalar kiber va texnologik sohalarda imkoniyatlarga ega bo‘lgan hamkorlarni jalb etishi lozim. Shu bois, xalqaro tashkilotlar tobora ko‘proq xususiy sektor kompaniyalarini o‘z faoliyatiga jalb qilmoqda. Masalan, Interpol dunyo bo‘ylab hamkorlar bilan ishlaydi, ular orqali yuzaga kelayotgan kiberxavflar haqida ma’lumot almashadi, a’zo davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlariga yordam ko‘rsatish uchun yangi vositalarni ishlab chiqadi, hamda kiberjinoyatchilik va kiberxavfsizlik sohasidagi ko‘nikma va tajriba bilan o‘rtoqlashadi. Interpol axborot xavfsizligi yo‘nalishida qator xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik qiladi2. Bundan tashqari, axborot texnologiyalari va bank sohasi rivoji bilan shug‘ullanuvchi turli xususiy kompaniyalar va tashkilotlar ham bunday hamkorlar qatoriga kiradi. “Kasperskiy laboratoriyasi” – bu 1997-yildan buyon axborot xavfsizligi bilan shug‘ullanib kelayotgan xalqaro kompaniya. U muhim axborot infratuzilmalari, korxonalar, davlat tashkilotlari va aholining xavfsizligini ta’minlash borasida katta tajribaga ega. Kompaniyaning asosiy vazifalari turli qurilmalarni himoya qilish uchun zamonaviy vositalarni ishlab chiqish va axborot texnologiyalari jinoyatchiligiga qarshi kurashish bo‘yicha yechimlar yaratishdan iborat. Hozirda “Kasperskiy 1 Зиновьева Е.С. Международное сотрудничество по обеспечению информационной безопасности: субъекты и тенденции эволюции: дис. … докт. полит. наук. – М., 2019. – С. 156-157 2 Рыжов В.Б. Информационная безопасность в государствах Европейского Союза: к постановке проблемы // Представительная власть: XXI век: законодательство, комментарии, проблемы. 2018. № 4 (163). – С.
Доказательный фрагмент
«В данной статье посвящено изучению стратегических направлений развития государственно-частного партнёрства в сфере кибербезопасности.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье посвящено изучению стратегических направлений развития государственно-частного партнёрства в сфере кибербезопасности. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- axborot texnologiyalari, jinoyatchiligiga qarshi, texnologiyalari jinoyatchiligiga, qarshi kurashda, himoya qilish, huquqni muhofaza, muhofaza qiluvchi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024