К содержанию
РецензированоRU2024

RUHIY HOLATI BUZILGAN SHAXSLARGA NISBATAN MAJBURLOV CHORALARINI TAYINLASH O‘ZIGA XOS JIHATLARI

Insights Across the Disciplines · Xolikov Farxod Uktamovich · O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar Oliy Kengashi

SYNAPSES: Понимание различных дисциплин · 2 · 2024

Аннотация

В данной статье рассматриваются вопросы применения обязательных медицинских мер в отношении лиц с психическими расстройствами, не исключающими вменяемости. Анализируется уголовно- правовая ответственность таких лиц с учётом заключений судебно- психиатрической экспертизы. Обязательные медицинские меры рассматриваются как средство лечения личности, обеспечения безопасности общества и её ресоциализации. Также проводится сравнительно-правовой анализ международного опыта, в частности практики Европейского суда по правам человека, законодательства Германии и США. Автор предлагает меры по совершенствованию законодательства в данной сфере, разработке стандартов экспертной оценки и усилению индивидуального подхода к таким лицам. 4 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 7 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024 Ключевые слова: вменяемость, психическое расстройство, обязательные медицинские меры, уголовная ответственность, судебно- психиатрическая экспертиза, права человека, международный опыт, правовой статус, психиатрическое лечение Jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar inson salomatligiga, xususan ruhiy holatiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Aqli rasolikni istisno etmaydigan, biroq ruhiy holati buzilgan shaxslar jinoyat sodir etgan taqdirda, ularga nisbatan adolatli va insonparvar yondashuv talab etiladi. Bu yondashuv ularning holatini inobatga olgan holda tibbiy yo‘sindagi majburiy choralarni qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Mazkur maqola aynan shunday holatlarda yuzaga keladigan huquqiy va amaliy masalalarni tahlil qilishga bag‘ishlanadi. Ruhiy buzilishga uchragan shaxslar ijtimoiy xavfli xatti-harakatlarga moyil bo‘lishi mumkin. Jinoyat huquqida ruhiy holat shaxsning javobgarlikka tortilishida asosiy omillardan biri sanaladi. Aqli raso bo‘lmaganlik holati jinoyat sodir etilgan vaqtda shaxsning o‘z xatti-harakatini anglash va uni boshqarish qobiliyati mavjud emasligini anglatadi. Biroq ayrim hollarda ruhiy buzilish mavjud bo‘lishiga qaramay, shaxs to‘liq aqli raso hisoblanadi. Bu holatda shaxsga nisbatan jazo tayinlanishi bilan birga, tibbiy yo‘sindagi majburiy choralar ham qo‘llanilishi mumkin. Majburiy tibbiy chora – bu jinoyat sodir etgan ruhiy holati buzilgan shaxsga nisbatan sud tomonidan qo‘llaniladigan ijtimoiy himoya chorasi bo‘lib, uning asosiy maqsadi jamiyat va shaxsni himoya qilish, bemorni davolash va qayta ijtimoiylashtirishdir. Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida, bu choralar faqatgina maxsus ekspertiza va sud qarori asosida belgilanadi. Ushbu institut inson huquqlari va erkinliklarini cheklash bilan bog‘liq bo‘lgani sababli, u xalqaro normalar bilan uyg‘un ravishda amalga oshirilishi lozim. Jinoyat huquqida ushbu holatning murakkabligi shundaki, shaxs rasmiy tarzda aqli raso bo‘lib qoladi, ammo ruhiy buzilishlar uning xatti-harakatlariga ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin. Bunday holatlarda shaxsning o‘z harakatini boshqara olmasligi, ruhiy holatining jinoyat sodir etilishiga bevosita ta’siri, psixiatrik ekspertiza xulosasiga ko‘ra tibbiy ehtiyoj mavjudligi baholanadi. Mazkur holatda sud shaxsga nisbatan jazo bilan birga tibbiy majburiy chora – muassasaga joylashtirish, ambulator davolash yoki yopiq tipdagi psixiatrik muassasada saqlashni belgilashi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksida ambulator psixiatrik davolanish, umumiy nazorat ostidagi psixiatrik muassasada saqlash, kuchaytirilgan yoki maxsus nazoratdagi muassasada saqlash kabi majburiy choralar ko‘zda tutilgan. Choraning turi 5 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 7 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024 shaxsning ruhiy holati, kasallik darajasi, takror jinoyat sodir etish ehtimoli va ekspertiza xulosasiga ko‘ra belgilanadi. Majburiy davolash muddati har olti oyda qayta ko‘rib chiqiladi. Sud ushbu muddatda psixiatrik muassasa tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga tayanadi. Sud-psixiatrik ekspertizalar amaliyotida ko‘plab murakkab holatlar mavjud bo‘lib, mutaxassislar o‘rtasida bahsli xulosalar, sub’ektivlik xavfi yuqoriligi, davolash ehtiyoji bo‘lmagan shaxslarga nisbatan chora qo‘llanishi, jamiyatda ruhiy kasallikka nisbatan salbiy munosabatlar kabi muammolar uchraydi. Ushbu muammolar inson huquqlarini buzilishiga olib kelmasligi uchun sudlar tomonidan ehtiyotkorlik va qat’iy me’yorlarga amal qilinishi zarur. Yevropa Inson huquqlari sudi qarorlarida tibbiy majburiy choralar inson huquqlarini cheklovchi vosita sifatida e’tirof etiladi va bu choralar faqat “muqarrar xavf” mavjud bo‘lgandagina qo‘llanishi kerakligi ta’kidlanadi. Germaniya, AQSh va Rossiyada ham ruhiy holati buzilgan jinoyatchilar uchun maxsus yondashuvlar ishlab chiqilgan. O‘zbekiston qonunchiligida bu masala bo‘yicha ayrim huquqiy ziddiyatlar mavjud bo‘lsa-da, xalqaro tajribadan o‘rganilgan holda takomillashtirish imkoniyatlari mavjud. Mazkur masala bo‘yicha quyidagi takliflarni ilgar

Доказательный фрагмент

«В данной статье рассматриваются вопросы применения обязательных медицинских мер в отношении лиц с психическими расстройствами, не исключающими вменяемости.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье рассматриваются вопросы применения обязательных медицинских мер в отношении лиц с психическими расстройствами, не исключающими вменяемости. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
вменяемость, психическое расстройство, psixiatrik davolash, jinoyat javobgarligi, aqli rasolik, huquqiy maqom, majburiy tibbiy chora, inson huquqlari, ruhiy holat buzilishi, xalqaro tajriba, sud-psixiatrik ekspertiza
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники