К содержанию
РецензированоUZ2024

DAVLAT BYUDJETI TAQCHILLIGI VA DAVLAT QARZINING IQTISODIY OQIBATLARI

Insights Across the Disciplines · IQTISODIY OQIBATLARI · Kenjayeva Sabohat Safarovna

SYNAPSES: Понимание различных дисциплин · 2 · 2024

Аннотация

Ushbu maqolada davlat byudjeti taqchilligi va davlat qarzining iqtisodiy oqibatlari tahlil qilinadi. Davlat byudjeti taqchilligi davlat xarajatlari va daromadlari o‘rtasidagi farq sifatida ko‘rib chiqiladi. Ushbu taqchillikning sabablarini, uning iqtisodiyotga ta’sirini va davlat qarzining o‘sishi bilan bog‘liq muammolarni tahlil qilish maqsad qilingan. Maqola statistik ma’lumotlar va grafiklar orqali asosiy tendensiyalarni ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: Davlat byudjeti, taqchillik, davlat qarzi, iqtisodiy oqibatlar, moliya siyosati. Kirish. Davlat byudjeti iqtisodiy tizimning muhim komponentlaridan biridir. U davlatning moliyaviy resurslarini boshqarish va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Biroq, ko‘plab mamlakatlarda davlat byudjeti taqchilligi yuzaga kelmoqda, bu esa davlat qarzining o‘sishiga olib kelmoqda. Ushbu maqolada davlat byudjeti taqchilligining sabablarini va uning iqtisodiyotga ta’sirini tahlil qilamiz. Metodologiya. Davlat byudjeti taqchilligining sabablari va davlat qarzining iqtisodiy oqibatlari mavzusini ko‘rib chiqar ekanmiz, birinchi navbatda davlat byudjeti taqchilligining sabablarini ko‘rib chiqishimiz kerak. Byudjet kamomadi, davlat xarajatlari va daromadlari o‘rtasidagi muvozanatsizlik natijasida yuzaga keladi. Uning birinchi sababi davlat xarajatlarining oshishi hisoblanadi. Agar hukumat xarajatlarini ko‘paytirsagina, bu daromadlar ortidan kam bo‘lishi natijasida byudjet kamomadi yuzaga kelishi mumkin. Ikkinchi omil sifatida soliqlarni kamaytirishni keltirish mumkin. Soliqlarni pasaytirish davlatning daromadlarini kamaytiradi, bu ham byudjet kamomadiga olib kelishi mumkin. 23 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 7 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024 Bundan tashqari iqtisodiy pasayishlar ham muhim rol o‘ynaydi. Iqtisodiyot sustlashganda yoki inqirozlar davrida davlat daromadlari pasayadi, bu esa byudjet kamomadini yanada kuchaytiradi. Demografik o‘zgarishlar ham bu jarayonda ahamiyatli. Aholining yoshga doir o‘zgarishlari, masalan pensiya yoshidagi odamlar ko‘payishi, davlat xarajatlarini oshirib, byudjetga qo‘shimcha bosim yaratadi. Oxirgi sabab sifatida qarzdorlik bo‘yicha to‘lanadigan foizlarni keltirish mumkin. Davlat qarzlari bo‘yicha to‘lanadigan foizlar davlat xarajatlarini oshiradi va natijada byudjet kamomadiga olib kelishi mumkin. Shu sababli byudjet kamomadining sabablari bir – biri bilan bog‘liq bo‘lib, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Davlat byudjeti taqchilligining sabablarini ko‘rib chiqqan ekanmiz, davlat qarzining o‘sishi keying ko‘rib chiqadigan masalamiz bo‘lib hisoblanadi. Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi kelgusi yillarda davlat qarzi sezilarli darajada oshib, kelgusi o‘n yillik oxiriga kelib yalpi ichki mahsulotning 100 foiziga yetishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Ushbu o‘sish davlat xarajatlarining ortishi, jumladan, qutqaruv to‘lovlari, rag‘batlantirish paketlari va davlat daromadlarining kamayishi bilan bog‘liq. Bir qator tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, davlat qarzining yuqoriligi iqtisodiy o‘sishga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, ayniqsa qarzning YaIMga nisbati ma’lum chegaralardan oshib ketganda. Biroq, ayrim tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, davlat qarzi va iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi munosabatlar har doim ham salbiy emas va institutsional sifat kabi omillar yuqori qarz oqibatlarini yumshatishda muhim rol o‘ynashi mumkin. Qarzdorlik darajasini oshirish uchun Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi va boshqa tashkilotlar byudjet taqchilligini kamaytirish va birlamchi balanslarni oshirish uchun fiskal tuzatishlar zarurligini ta’kidlamoqda. 24 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 7 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024 1-rasm. Davlat qarzi qanday oshdi?1 Ushbu gradik 1995-2020 yillarda tanlab olingan davlatlarning Yalpi Ichki Mahsuloti (YaIM)ga nisbatan umumiy davlat qarzining ulushini foizlarda ko‘rsatadi. Grafikdan ko‘rinib turibdiki, ko‘pchilik mamlakatlarda davlat qarzi sezilarli darajada oshgan. Masalan, Yaponiya 1995-yilda YaIMning 92,5 foizi miqdorida qarzga ega bo‘lgan bo‘lsa, 2020-yilda bu ko‘rsatkich 254,1 foizga yetgan. Bu esa davlatning qarz yukining YaIMga nisbatan qanchalik ortganligini ko‘rsatadi. Shuningdek, Gretsiyada ham davlat qarzining ulushi 1995-yildagi 99,8 foizdan 2020-yilda 211,1 foizga oshgan, Amerika Qo‘shma Shtatlarida ham bu ko‘rsatkich 69,1 foizdan 133,9 foizga ko‘tarilgan. Bu o‘z navbatida global iqtisodiy sharoitlar, moliyaviy siyosatlar va davlat qarzining oshishi bilan bog‘liq. 1 https://cdn.statcdn.com/Infographic/images/normal/23558.jpeg 25 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 7 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024 Xuddi shunday, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Korey ava BAA kabi mamlakatlarda ham davlat qarzining YaIMga nisbati oshgani kuzatiladi. Bu holat da

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada davlat byudjeti taqchilligi va davlat qarzining iqtisodiy oqibatlari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada davlat byudjeti taqchilligi va davlat qarzining iqtisodiy oqibatlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Government budget, deficit, public debt, economic consequences, fiscal policy.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники