Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TA’LIM MUASSASALARINI BOSHQARISHDA PEDAGOGIK LIDERLIK: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA BOSHQARUV SAMARADORLIGI OMILLARI
Sadullayev Shamshod Xojikurbonovich
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
В стате раскрыты педагогические основы управления образователными учреждениями. Обоснована рол педагогического лидерства, системы подготовки и аттестации кадров, внедрения инновационных технологий, применения международных стандартов и развития социалного партнёрства. Эти подходы рассматриваются как ключевые факторы повышения качества и эффективности образователного процесса. Ключевые слова: педагогическоэ управление, руководство, инновационные технологии, аттестация, международноэ сотрудничество. Absratct. The article explores the pedagogical foundations of educational management. It substantiates the role of pedagogical leadership, staff training and certification, the integration of innovative technologies, the implementation of international standards, and the development of social partnership. These approaches are considered crucial for improving the quality and effectiveness of the educational process. Keywords: pedagogical management, leadership, innovative technologies, certification, international cooperation. Ta’lim muassasalarini boshqarish – bu ta’lim oluvchilarda chuqur nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan tizimli jarayon boʻlib, u nafaqat ma’muriy, balki pedagogik tamoyillar asosida tashkil etiladi Boshqaruvning pedagogik yondashuvi muassasaning ta’lim sifati, innovatsion yondashuvlari va bilimli kadrlar tayyorlashda asosiy rol o‘ynaydi. Bunda quyidagi mezonlarga amal qilish talab etiladi: 1. Pedagogik liderlik va kadrlar tayyorlash. 2025-yil 28-apreldagi PF-73-sonli prezident farmoni ta’lim muassasalarida pedagog kadrlar tayyorlash tizimini xalqaro standarlarga moslashtirishni va rahbarlarni tanlashda professional, pedagogik malakaga urgʻu berishni nazarda tutadi. Bu rahbarlikdan oldin pedagogik va boshqaruv kadrlarini tanlash va malaka oshirish muhimligini ko‘rsatadi. Xalq ta’limi tizimi rahbarlari va maktab rahbarlari uchun attestatsiya tartibi joriy etilgan — har besh yilda attestatsiyadan oʻtish orqali rahbarlarning pedagogik salohiyati baholanadi. Pedagogik boshqaruvning markazida rahbar shaxsining liderlik fazilatlari turadi. Rahbar nafaqat tashkilot boshqaruvchisi, balki pedagogik jamoaning yo‘lboshchisi, innovatsion g‘oyalarni ilgari suruvchi va motivatsiya manbai bo‘lishi zarur. Pedagogik liderlik asosida qarorlar qabul qilish, jamoaviy ruhni shakllantirish va ta’lim sifatini oshirish jarayoni amalga oshiriladi. 416 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7 2. Innovatsion texnologiyalarni joriy etish. Pandemiya davrida davlat raqamli va masofaviy ta’limni rivojlantirishga e’tibor qaratyapti. 2020-yil PF-6079 sonli farmonda “Digital Uzbekistan – 2030” strategiyasi tasdiqlanib, maktab va oliy ta’limda masofaviy pedagogik texnologiyalarni keng joriy qilish topshirilishi berilgan. Maktabgacha va maktab tizimida PF-152 qaror bilan esa innovatsion pedagogik yondashuvlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kirib keldi. Zamonaviy ta’lim muassasalarida boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirish va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish asosiy talab sifatida qo‘yilmoqda. Elektron boshqaruv tizimlari, masofaviy ta’lim platformalari, o‘quv jarayonini monitoring qilish vositalari rahbarlik faoliyatining samaradorligini oshiradi. Innovatsion texnologiyalar asosida boshqaruv nafaqat vaqt va resurslarni tejashga, balki ta’lim sifati monitoringini tezkor amalga oshirishga imkon beradi. Shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida NEMIS kabi elektron jurnal, dars jadvali, attestasiyalarni boshqarish tizimlari yo‘lga qo‘yilgan. 3. Xalqaro standartlar va akademik mobillik. PF-73 farmoni ta’lim muassasalarida xalqaro dasturlarni joriy qilish va professor-o‘qituvchilarni tanlov asosida chet ellarga malaka oshirishga yuborishni ilgari suradi. Shu bilan birga oliy ta’limda akademik mobillik, hamkorlik va dars dasturlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha PQ-289 qaroridan foydalaniladi. Global ta’lim makoniga integratsiyalashuv pedagogik boshqaruvni rivojlantirishning muhim omillaridan biridir. Xalqaro ta’lim standartlarini joriy etish, xorijiy tajribalarni o‘rganish, o‘qituvchilar va rahbarlarning akademik mobilligi, xorijiy malaka oshirish dasturlari ta’lim muassasalarida boshqaruv samaradorligini oshiradi. 4. Boshqaruv tizimini modernizatsiya qilish. PF-79 sonli 2023-yil 26-mayli farmonda maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Boshqaruvi markazini kuchaytirish, holatga mos ravishda o‘zgartirish va sifat nazoratini yaxshilash vazifalari berilgan. 5.Kadrlar tayyorlash va attestatsiya tizimi. Ta’lim muassasalarida rahbarlik lavozimiga tayinlashda pedagogik tajriba va malaka asosiy mezon hisoblanadi. Maktab va oliy ta’lim muassasasi rahbarlarini attestatsiyadan o‘tkazish tizimi ta’lim jarayonini chuqur biladigan, o‘qituvchilarning ehtiyojlarini tushunadigan va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan strategik qarorlar qabul qila oladigan kadrlarni tanlashga xizmat qiladi. Attestatsiya rahbarlarning bilim va ko‘nikmalarini zamon talablariga mos ravish
Доказательный фрагмент
«В стате раскрыты педагогические основы управления образователными учреждениями.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ стате раскрыты педагогические основы управления образователными учреждениями. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- pedagogical management, leadership, innovative technologies, certification, rahbarlik, attestatsiya, xalqaro hamkorlik., pedagogik boshqaruv, innovatsion texnologiyalar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025