Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ART PEDAGOGIKA ORQALI O‘QUVCHI YOSHLARGA TA’LIM BERISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI · Ulbolsın Paxratdinova
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
Maqolada art-pedagogika tushunchasining mohiyati va uning maktab o‘quvchilarini estetik tarbiyalashdagi o‘rni yoritilgan. Xorijiy davlatlar, xususan, Finlandiya ta’lim tizimi tajribasi tahlil qilinib, uning O‘zbekiston ta’lim tizimiga ta’siri ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, art-pedagogika maktab yoshidagi bolalarning ijodkorlik salohiyati, estetik didi, madaniy ongini shakllantirishdagi ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan. Kalit so‘zlar: Art-pedagogika, estetik tarbiya, Finlandiya ta’limi, korreksion ta’lim, art- terapiya, estetik idrok, badiiy did, go‘zallikni his qilish, psixologik rivojlanish, shaxsiy rivojlanish. Mamlakatimizda ta’lim sohasida islohatlar davom etmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan sifatli ta’lim berish masalasini yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi. “O‘zbekiston - 2030” strategiyasi doirasida ham yangi ta’lim muassasalarini barpo etish, ta’lim sifatini oshirish masalalariga ham e’tibor qaratilgan [1]. Davlatimizda ta’lim berish Finlandiya davlatining ta’lim tizimiga o‘xshab ketadi. Ayniqsa korreksion ta’limning mavjudligi ta’lim sifatini yanada oshiradi. Korreksion ta’lim nima? Ushbu ta’limning vazifasi shundan iboratki, o‘quvchi o‘zlashtirishga qiynalayotgan fan ustida o‘qituvchi tomonidan erinmasdan qayta o‘qitiladi. Korreksion ta’lim kichik guruhlar tashkil etiladi yoki individual tarzda amalga oshiriladi. Shu bilan birga Finlandiya ta’limida quyidagilar bepul amalga oshiriladi: - Tushlik; - Ekskursiyalar, muzeylar va sinfdan tashqari har qanday faoliyat; - Bolani uyidan olib ketuvchi va qaytaruvchi transport agar eng yaqin maktab 2 kilometrdan uzoq bo‘lsa; - O‘quv darsliklari, barcha o‘quv qurollari, kalkulyatorlar va hatto planshet noutbooklar [2]. Xorijiy davlatlar ta’lim tizimidan andoza olish orqali ta’lim sohasida olg‘a siljishlar kuzatilmoqda. Ayniqsa, maktablarda o‘quvchilarni baholash tizimi ham bir qancha takomillashtirildi. Ya’ni, oldin o‘quvchini dars o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga qarab, “2”, “3”, “4”, “5” baholari bilan baholansa, keyinchalik “1”, “2”, “3” ya’ni uch ballik tizimda baholanadigan bo‘ldi. Hozirgi kunga kelib esa, maktablarda baholash tizimi besh ballik baholash usuliga o‘tkazildi. Maktab o‘quvchilarini baholashdan maqsad nima? Ularni go‘zallikga tarbiyalash, aqliy rivojlanishini o‘rganish hisoblanadi. Bolaning aqliy rivojlanishi uning fizikaviy rivojlanish jihati bilan bog‘liq. Go‘zallikga tarbiyalashda esa o‘qituvchi tomonidan bir qator ishlar amalga oshiriladi. 5 36 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Maktab o‘quvchilarini estetik tarbiyalashda Art pedagogika tushunchasi yaqin yillarda ilmga kirib keldi. Shu o‘rinda artpedagogika tushunchasi nimani anglatadi? – degan savolga maqolamizda javob izlaymiz. Art pedagogika – pedagogika va san’atning birlashuviga asoslangan san’at orqali insonni tarbiyalash va rivojlantirish qonuniyatlarini o‘rganadigan pedagogika fanining bir tarmog‘i [3]. San’atni ta’lim amaliyotiga integratsiya qilish nafaqat badiiy mahoratni rivojlantirish vositasi, balki har tomonlama rivojlanish va umrbod ta’lim olish uchun kuchli vositadir [4]. Qadimgi yunon faylasufi Platon inson tarbiyasidagi kamchiliklarni san’at tuzatadi – deydi. Aristotel: “San’at insonga ahloqiy va estetik ta’sir ko‘rsatadi va uning ijobiy his- tuyg‘ularining shakllanishiga sababchi bo‘ladi” – deydi [5]. P.P.Blonskiy, .S. Makarenko, V.A. Suxomlinskiy va boshqalar “San’at – bu insonni tarbiyalash, rivojlantirish va o‘qitishda samarali omil”, deya tariff berishadi. V.A. Suxomlinskiy “Tarbiya to‘g‘risida”gi kitobida” … har hil yo‘llar bilan ruhning sezgirligini rivojlantirish, vijdonni uyg‘otish, ma’naviyatni qo‘llab-quvvatlash kerak”, deydi. “Bunday tarbiya vositalari orasida, birinchi o‘rinda go‘zallik bilan tarbiya berish turadi. Aynan go‘zallikni his qilish, odamning his tuyg‘ularini shu qadar yaxshilaydiki, u so‘zni qabul qila boshlaydi, demak, u tarbiyali bo‘la boshlaydi” – degan edi [6]. Jon Dyuining “San’at tajriba sifatida” deb nomlangan asosiy asari san’atning tajribaviy va o‘zgartiruvchi xususiyatiga urg‘u beradi. Dyuining ta’kidlashicha: san’at shunchaki mahsulot emas, balki ijodkor, tomoshabin va kontekst o‘rtasida o‘zaro ta’sirini o‘z ichiga olgan tajribadir. Ushbu istiqbol san’atni yaratish va boshdan kechirish harakati yakuniy san’at asari kabi qadrlanadigan jarayonga yo‘naltirilgan badiiy ta’limning muhimligini ta’kidlaydi [7]. Yo‘qoridagi olimlarning fikridan kelib chiqib: “Art pedagogika – kishilik jamiyatining rivojlanishida san’at orqali u yoki bu tarzda o‘sib kelayotgan yosh avlodni komil insonlar etib tarbiyalashga hissa qo‘shuvchi fan tarmog‘i” – degan ta’rifni bildirishni o‘rinli deb topdik. Art-pedagogika maktab o‘quvchilariga san’atni tushinishni va uni qanday yaratishni o‘rgatib qolmasdan, san’atni yaratish jarayonini qalban his qila oladigan va qadirlaydigan chuqur falsafiy tushinchani o‘z ichiga oladi. Ushbu y
Доказательный фрагмент
«Maqolada art-pedagogika tushunchasining mohiyati va uning maktab o‘quvchilarini estetik tarbiyalashdagi o‘rni yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada art-pedagogika tushunchasining mohiyati va uning maktab o‘quvchilarini estetik tarbiyalashdagi o‘rni yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Art-pedagogika, psixologik rivojlanish, Finlandiya ta’limi, art-terapiya, shaxsiy rivojlanish., estetik tarbiya, estetik idrok, go‘zallikni his qilish, korreksion ta’lim, badiiy did
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026