К содержанию
РецензированоUZ2025

INNOVATSION LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISHDA RISKLARNI BOSHQARISH YO‘LLARI

BOSHQARISH YO‘LLARI · Xoshimov Anvarjon Komiljon oʻgʻli · O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti.

Современная наука и исследования · 4 · 110–127 · 2025

Аннотация

This scientific article provides an in-depth analysis of the main risks that arise in the process of financing innovative projects, their causes and scope of influence. Innovative projects are characterized by high uncertainty, technological novelty and commercial risk, which complicates their financial support. The article classifies and assesses financial, technological, market, legal and management risks based on various criteria. It also analyzes how each type of risk affects the effectiveness of an innovative project based on practical examples. The article highlights modern approaches to risk management - diversification, stage- gate financing (stage-gate model), venture capital funds, business angels, state grants and subsidy programs. In particular, the existing infrastructural and institutional opportunities for forming an innovative environment in the Republic of Uzbekistan are analyzed, and recommendations are developed on organizational and legal mechanisms that serve to reduce risks. Keywords: innovative projects, financing mechanisms, types of risk, risk management, venture capital, startups, investment risk, technological risk, grants and subsidies, public-private partnerships, financial risk, market uncertainty, innovation infrastructure, strategic planning, innovation policy of Uzbekistan. 5 28 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Kirish: Zamonaviy raqobatbardosh iqtisodiyotda innovatsiyalar muhim o‘rin egallaydi. Ular yangi mahsulotlar, xizmatlar va texnologiyalarni yaratish orqali iqtisodiy o‘sishni tezlashtiradi, resurslardan samarali foydalanishni ta’minlaydi va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga yechim taklif etadi. Shu bilan birga, har qanday innovatsion loyiha o‘ziga xos yuqori darajadagi tavakkalchilik bilan bog‘liq bo‘lib, uni moliyalashtirish jarayoni an’anaviy loyihalardan tubdan farqlanadi. Innovatsion loyihalarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan ularni moliyalashtirish imkoniyatlari va bu jarayondagi risklarni boshqarish mexanizmlariga bog‘liq. Ayniqsa, texnologik yangilik, bozor noaniqligi, intellektual mulk huquqlari, hamda loyiha jamoasining tajribasi kabi omillar moliyaviy tavakkalchilik darajasini sezilarli darajada oshiradi. Mazkur maqolada innovatsion loyihalarni moliyalashtirishda yuzaga keladigan asosiy tavakkalchiliklar tahlil qilinadi, ularning xususiyatlari aniqlanadi hamda ushbu risklarni boshqarishning samarali yo‘llari, xalqaro tajriba asosida va O‘zbekiston sharoitida taklif etiladi. Mavzuning dolzarbligi shundaki, mamlakatimizda innovatsion rivojlanish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda, biroq bu borada moliyaviy va institutsional risklarni boshqarish bo‘yicha ilmiy-amaliy yondashuvlar hali yetarlicha shakllanmagan. Mavzuga oid adabiyotlar sharhi. Innovatsion loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar, ushbu jarayonda uchraydigan tavakkalchiliklarni chuqur tahlil qilishga va ularga qarshi samarali choralar ishlab chiqishga qaratilgan. Masalan, K.N. Nazarov (2019) O‘zbekiston sharoitida startaplar va innovatsion texnologiyalarni bank kreditlari orqali moliyalashtirishning qiyinchiliklarini o‘rganadi. U banklarning ehtiyotkorona yondashuvi, garov ta’minoti talabining yuqoriligi va an’anaviy moliyaviy mezonlarning mavjudligi sababli ko‘plab innovatsion loyihalarning moliyalashtirilmay qolishini asosiy muammo sifatida ko‘rsatadi. Uning fikricha, mavjud bank tizimi innovatsion faoliyat xususiyatlariga moslashmagan. Shunga o‘xshash fikrni D. Mamatqulov (2022) ham ilgari suradi. U o‘z tadqiqotida innovatsion biznesda moliyaviy risklarning baholanishi yetarli emasligini ta’kidlaydi. Ayniqsa, kapitalning noaniqlik darajasi, rentabellik prognozlarining o‘zgaruvchanligi, hamda tashqi omillarning ta’siri turli statistik modellar orqali baholanishi zarurligini ko‘rsatadi. Muallif Monte-Karlo usuli, NPV simulyatsiya modeli kabi vositalarni taklif qilib, real moliyaviy xavflarni ilmiy asosda oldindan hisoblash mumkinligini asoslaydi. Rossiyalik olimlar ham ushbu mavzuda chuqur izlanishlar olib bormoqda. V.A. Ivanov (2021) o‘zining “Финансирование инноваций: риски и инструменты” asarida innovatsion loyihalarni moliyalashtirishda davlat grantlari, texnoparklar va venchur fondlarning o‘rni haqida fikr bildiradi. U moliyalashtirishni bosqichma-bosqich tashkil etish – ya’ni har bir bosqichda loyiha riskini baholab, keyingi bosqichga o‘tish yondashuvini tavsiya etadi. Shu orqali xavfni minimallashtirish mumkinligini ta’kidlaydi. T.Yu. Smirnova (2020) esa texnologik yangiliklar asosida yaratilgan startaplarda risklar yuqoriligi tufayli ularni klaster asosida rivojlantirish va hukumat tomonidan qo‘shimcha kafolatlar berish tizimini taklif qiladi. Unga ko‘ra, hukumat kafolatlari investorlar ishonchini oshiradi, bu esa moliyalashtirish oqimining kengayishiga olib keladi. AQSh olimlarining yondashuvi esa asosan strategik boshqaruv va moli

Доказательный фрагмент

«This scientific article provides an in-depth analysis of the main risks that arise in the process of financing innovative projects, their causes and scope of influence.»

Образец извлечения

Демо-превью

This scientific article provides an in-depth analysis of the main risks that arise in the process of financing innovative projects, their causes and scope of influence. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
innovative projects, financing mechanisms, types of risk, risk management, moliyaviy xavf, investitsion xavf, grant va subsidiya, strategik rejalashtirish, texnologik risk, davlat-xususiy sheriklik, tavakkalchilik turlari, startaplar, bozor noaniqligi, innovatsion loyihalar, venchur kapital, moliyalashtirish mexanizmlari, O‘zbekiston innovatsion siyosati., risklarni boshqarish, innovatsion infratuzilma
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники