Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XULIO KORTASAR HIKOYALARIDA FANTASTIKA VA REALIZM SINTEZI
UZBEKISTAN” JURNALI · Ma’suma Obidjonova · Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 03 · 12–15 · 2025
Аннотация
This article focuses on analyzing the aesthetic and semantic mechanisms through which the synthesis of realism and fantasy is realized in Julio Cortázar’s short stories “House Taken Over,” “The Night Face Up,” and “Axolotl.” It explores how the supernatural elements in Cortázar’s narratives acquire psychological and philosophical significance, and how the interchange between reality and the fantastic is artistically constructed. A consistent scholarly analysis is conducted based on the author’s selected works. Keywords: Julio Cortázar, fantasy, realism, ontology, identity, Latin American literature, contemporary short fiction. Zamonaviy adabiy jarayonlarda fantastika va realizm o‘rtasidagi chegaraning tobora qisqarib borayotgani ko‘plab yozuvchilar ijodida o‘z aksini topgan murakkab hodisadir. Poststrukturaviy adabiyshunoslikda bu hodisa ko‘pincha janrlararo 74 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 07, 2025. JULY ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 simbioz deb talqin etiladi1. Ayniqsa XX asr o‘rtalaridan boshlab, realizm hayotiylik, kuzatuvchanlik va ijtimoiy mavzularga asoslangan yondashuv sifatida, fantastika esa g‘ayrioddiy, aql bovar qilmas holatlarni tasvirlash orqali voqelikni yangicha idrok etish usuli sifatida qaralgan (Jackson, 1981). Aynan shu adabiy mezonlar chorrahasida joylashgan asarlar orasida Xulio Kortasarning qisqa hikoyalari alohida o‘rin egallaydi. Uning hikoyalari o‘ziga xos “dual voqelik” asosida qurilgan bo‘lib, unda bir tomondan maishiy realizm (kundalik hayot, real makon), ikkinchi tomondan falsafiy fantastika (ong, tush, vaqt siljishi, metamorfik o‘zgarishlar) mavjud. Kortasar bu ikki diskursni qarama-qarshi qo‘ymaydi, balki bir-birini to‘ldiruvchi unsurlar sifatida talqin qiladi. Bu yondashuv, asosan, Lotin Amerikasi modernist yozuvchilari orasida shakllangan fantastik realizm oqimining yuksak namunasi hisoblanadi. “Dahshatli tushlar” hikoyasi Xulio Kortasarning voqelik va tasavvur o‘rtasidagi chegaralarni izdan chiqarishga qaratilgan eng muvaffaqiyatli tajribalaridan biridir. Hikoya ikki asosiy narrativ tizimga ega. Birinchisi, zamonaviy shahar hayotida halokatga uchragan bemor, ikkinchisi asteklar davrida inson qurbonligi uchun tutib olingan mayya yigit. Har ikki syujet ma’lum nuqtada kesishadi yoki parallel tasvirlanadi hamda biri ikkinchisini to‘ldiradi. Oxir-oqibatda o‘quvchi qaysi voqelik “haqiqat” edi, degan savol bilan yuzlashadi. Kortasar bu hikoyada ontologik inversiya usulidan foydalangan, ya’ni avvaliga real bo‘lib ko‘ringan syujet (kasalxonadagi bemor) oxir-oqibat tush bo‘lib chiqadi, g‘ayrioddiy bo‘lib tuyulgan syujet esa (mayya davridagi voqealar) haqiqatga aylanishi mumkin2. Shu tarzda, yozuvchi klassik realizmning asosiy tayanchi bo‘lgan voqelikning aniqligi mezonini shubha ostiga qo‘yadi. Hikoyaning ichki tuzilishi dualistik asosga tayanadi. Unda nur va zulmat, kasalxona va o‘rmon, mototsikl va xurofot, tibbiyot va qurbonlik kabi qarama-qarshiliklar bor. Bu ikki qutb o‘rtasidagi almashinish asta- sekin tezlashadi, bu esa o‘quvchini ruhiy noaniqlik (cognitive dissonance) holatiga olib keladi. Hikoyaning yakunida esa zamonaviy voqelik “yo‘qoladi”, shunchaki og‘riq, qo‘rquv va taqdir qoladi. Estetik nuqtayi nazardan, bu uslub magik realizmdan farq qiladi. Agar magik realizmda g‘ayritabiiy holatlar normal hayotning 1 Todorov T. The Fantastic: A Structural Approach to a Literary Genre (R. Howard, Trans.). Ithaca, NY: Cornell University Press, 1973. 2 Shaw D. L. Magical realism and the fantastic: Resolved versus unresolved antinomy. Neophilologus, 2002, 86(1), 29–38 75 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 07, 2025. JULY ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 tarkibiy qismidek ko‘rsatilsa, X. Kortasar asarlarida o‘quvchi chalg‘iydi, chalkashadi va haqiqat nisbiyligi anglashiladi. Shu orqali muallif fantastika va realizm sinteziga asoslangan epistemologik savollarga javob izlaydi. Hikoyadagi vaqt tuzilmasi ham muhim, ya’ni unda voqealar xronologik emas, balki ong oqimi shaklida tasvirlanadi. Bu G. Jenet ta’biri bilan aytganda, “temporal anaxronika” (xronologik chigallik) uslubiga yaqinlashadi3. O‘quvchi voqealar qay vaqtda sodir bo‘layotganini anglay olmaydi, bu esa voqelik haqidagi barqaror tasavvurni buzadi. “Ishg‘ol qilingan uy” (“House Taken Over”) Xulio Kortasarning realizm bilan boshlanib, fantastik yakun topadigan eng sodda, ammo falsafiy jihatdan murakkab hikoyalaridan biridir. Hikoya ikki personaj Irene va uning akasi (nomsiz) atrofida quriladi. Ular ajdodlaridan meros qolgan katta uyning yarmida tinch hayot kechirayotgan bo‘lishsa-da, asta-sekin noma’lum kuch tomonidan uy bosib olinadi. Yozuvchi bu “kuch”ning asl tabiatini izohlamaydi, lekin aynan shuning o‘zi hikoyani fantastika janriga yaqinlashtiradi. Hikoyaning muhim semantik yo‘nalishi ichkari kirishdan (inwardness) iborat. Asarda uy shunchaki makon emas, balki ong, xotira, identitet timsolid
Доказательный фрагмент
«This article focuses on analyzing the aesthetic and semantic mechanisms through which the synthesis of realism and fantasy is realized in Julio Cortázar’s short stories “House Taken Over,” “The Night Face Up,” and “Ax…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article focuses on analyzing the aesthetic and semantic mechanisms through which the synthesis of realism and fantasy is realized in Julio Cortázar’s short stories “House Taken Over,” “The Night Face Up,” and “Ax… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Julio Cortázar, fantasy, realism, ontology, identity, Latin American, Xulio Kortasar, Lotin Amerikasi adabiyoti, realizm, identitet, zamonaviy hikoyachilik., fantastika, ontologiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024