К содержанию
РецензированоUZ2026

DEPRESSIYA: KLINIK BELGILARI VA FARMAKOTERAPIYA

Abdurahmonova Dilnoza

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada depressiya kasalligining klinik belgilari, tashxislash mezonlari hamda farmakologik davolash usullari ko‘rib chiqiladi. Depressiyaning turli shakllari va ularning simptomatik ko‘rinishlari tahlil qilinib, zamonaviy antidepressant dorilar toifalari, ularning ta’sir mexanizmi va nojo‘ya ta’sirlari haqida ma’lumot berilgan. Shuningdek, maqolada dori vositalarini tanlashda individual yondashuv va psixoterapiya bilan birgalikda qo‘llash samaradorligi haqida fikr yuritiladi. Kalit so‘zlar: O‘zbekcha: depressiya, klinik belgilar, farmakoterapiya, antidepressantlar, tashxis. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, har yili millionlab insonlar depressiyaga uchraydi va ularning hayot sifati keskin pasayadi. Davolash ishi sohasida depressiyani o‘z vaqtida aniqlash va davolash usullarini to‘g‘ri tanlash katta ahamiyat kasb etadi. Depressiyaning klinik belgilari. Depressiyaning asosiy klinik belgilari quyidagilardan iborat: Umidsizlik, tushkun kayfiyat Hayotga bo‘lgan qiziqishning yo‘qolishi Uyqu va ishtahaning buzilishi Diqqatni jamlay olmaslik, qaror qabul qilishda qiynalish Jismoniy charchoq va quvvat yo‘qligi O‘z-o‘zini ayblash, befoyda ekanlik hissi O‘lim yoki o‘z joniga qasd qilish fikrlari . Bu belgilar kamida ikki hafta davom etganda va kundalik faoliyatga sezilarli ta’sir ko‘rsatsa, klinik depressiya tashxisi qo‘yiladi. Depressiyaning turlari; 1. Major depressiv buzilish – kuchli va doimiy simptomlar bilan kechadi. 2. Distimiya – yengilroq, ammo uzoq muddatli depressiv holat. 3. Bipolyar depressiya – depressiv va maniakal fazalarning almashib borishi. 4. Postnatal depressiya – tug‘ruqdan keyingi davrda ayollarda kuzatiladi. 5. Sezonal affektiv buzilish – faslga bog‘liq holda takrorlanuvchi depressiya. Depressiyani tashxislash Tashxis psixiatrik intervyu, savolnomalar (masalan, HADS, PHQ-9), ICD-10 yoki DSM-5 mezonlari asosida qo‘yiladi. Shu bilan birga, somatik kasalliklarni istisno qilish maqsadida laborator va instrumental tekshiruvlar o‘tkazilishi kerak. Farmakoterapiya Farmakologik davolash depressiyani eng samarali davolash usullaridan biri hisoblanadi. Zamonaviy antidepressantlar quyidagi toifalarga bo‘linadi: 1. SSRI – Selektiv serotonin qayta qabul inhibitörlari: Fluoksetin, Sertralin, https://scientific-jl.com 2 8 0 49-son_1-to’plam_Iyul -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Sitalopram Afzalliklari: nisbatan xavfsiz, yaxshi o‘zlashtiriladi Kamchiligi: jinsiy faoliyatga salbiy ta’siri 2. SNRI – Serotonin va noradrenalin inhibitörlari: Venlafaksin, Duloksetin Og‘ir depressiyalar uchun samarali 3. TCA – Trisiklik antidepressantlar: Amitriptilin, Imipramin Kuchli ta’sirli, ammo ko‘p nojo‘ya ta’sirlar mavjud 4. MAOI – Monoaminoksidaza inhibitörlari: Ruxsat etilgan hollarda qo‘llaniladi, dietaga rioya qilish zarur Individual yondashuv va kompleks terapiya Depressiyani davolashda bemorning yosh, jins, holati, avvalgi davo natijalari inobatga olinadi. Antidepressantlar kamida 6 oy davomida qabul qilinadi. Bunga parallel psixoterapiya (kognitiv-behavioral, psixoanalitik) qo‘shilsa, natija ancha yaxshilanadi. Xulosa. Depressiya zamonaviy jamiyatda dolzarb ruhiy kasalliklardan biri bo‘lib, uning klinik belgilarini o‘z vaqtida aniqlash va to‘g‘ri farmakoterapiya o‘tkazish davolanish samaradorligini oshiradi. Shuningdek, individual yondashuv, psixoterapiya va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash orqali depressiyadan butunlay qutulish mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. World Health Organization. Depression and Other Common Mental Disorders. WHO, 2023. 2. American Psychiatric Association. Diagnostic and Statistical Manual of Mental Disorders (DSM-5), 5th ed., 2013. 3. Kaplan & Sadock’s Synopsis of Psychiatry, 12th Edition, 2020. https://scientific-jl.com 2 8 1 49-son_1-to’plam_Iyul -2025

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada depressiya kasalligining klinik belgilari, tashxislash mezonlari hamda farmakologik davolash usullari ko‘rib chiqiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada depressiya kasalligining klinik belgilari, tashxislash mezonlari hamda farmakologik davolash usullari ko‘rib chiqiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tashxis., klinik belgilar, Kalit so‘zlar: O‘zbekcha: depressiya, antidepressantlar, farmakoterapiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники