Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YOSHLARNI KITOB MUTOLAASIGA QIZIQISHINI SHAKLLANTIRISH ORQALI RIVOJLANTIRISHGA ERISHISH
ORQALI RIVOJLANTIRISHGA ERISHISH · Nargiza Mavlonova To’xtasin qizi
Образовательные инновации и интеграция · 2017
Аннотация
Ushbu maqolada yoshlar orasida kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni shakllantirish orqali ularning intellektual va ma'naviy rivojlanishiga erishish masalalari yoritiladi. Kitob mutolaasining yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni, uni targ‘ib qilishning samarali usullari va mavjud muammolar tahlil qilinadi. Muallif zamonaviy texnologiyalar fonida kitobxonlik madaniyatini oshirishga oid takliflarni ilgari suradi. Kalit so‘zlar: yoshlar, kitobxonlik, mutolaa, intellektual rivojlanish, ma'naviyat, taʼlim, targ‘ibot. Kirish. Butun dunyo ta’lim-tarbiya tizimida bo’layotgani kabita’lim kechimi insoniylashib, insonparvarlik birinchi planga chiqmoqda. Insoniyat yaralibdiki, izlanishda, rivojlanishda. Vaqt o‘tgani sayin tashqi ko‘rinishi, yashash sharoitining o‘zgara borishida buni yaqqol ko‘rib borayapmiz. Rivojlanish har qancha tashqi jihatimizga ta’sir qilmasin, qalb go‘zalligi, soflik, samimiylikka intilishi aslicha qolaveradi. Ayni shu ma’naviyat sanaladi. Yurtimizda ham ta’lim-tarbiya tizimida asl milliy qadriyatlarga tayanish tobora qaror topib bormoqda. Insoniy kamolotni ta’minlashda yoshlarning o’z ishtiroki, ularning bilim olish va tarbiyalash borasida bevosita qatnashish masalasi hamda dolzarb ahamiyatga ega. Aynan shu masala yuzasidan O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2017-yil 12-yanvardagi PF-4789- sonli “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rizvojlantirish, kitob mutolaasi va kitob mutolaasiga qiziqishlarini oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha komissiya tuzish to’g’risida”gi farmoyishi i yurtimizda inson ma’naviy taraqqiyotiga qo’yilgan poydevor bo’ldi. Shundan so’ng 2019-yil 19-martdagi yurtboshimizning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularni bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida belgilab bergan 5ta muhim tashabbuslarining 6-yo’nalishi “Yoshlarni kitobga bo’lgan qiziqishlarini shakllantirish va kitobxonlik madaniyatini oshirish” deb belgilab bergan chora- tadbirlari ham kitobga bo’lgan qarashlarimizni tubdan o’zgartirmasligi lozim. Zero ko’p kitob o’qish dunyoqarashni kengaytiradi, lekin ko’p kitob o’qiganlar borliqni yaxshiroq anglashi, matnlarni yaxshiroq tushunishi ham ilmda isbotlangan. Farmoyishdan ko’zlangan maqsad yoshlar ongi va tafakkurida badiiy adabiyotga bo’lgan qiziqishni oshirish, ularni intellektual salohiyatli etib kamol toptirishdan iboratdir. https://scientific-jl.com 2 9 3 49-son_1-to’plam_Iyul -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Ma’lumki, har qanday jamiyat taqdirini unda yashayotgan insonlar belgilaydi. Jamiyatni nurli kelajak sari yetaklash ham, tubanlik sari tortish ham odamlar qo’lida. Shuning uchun ham jamiyat a’zolari, ayniqsa, o’sib kelayotgan avlodning ma’naviy kamoloti bugungi kunda o’ta muhim masalaga aylangan. Yangi tahrirdagi “Ta’lim to’g’risidagi”gi Qonunningii qabul qilinishi ham inson omilining hal qiluvchi ahamiyat kasb etganligidan dalolat. Xalqimiz: “Bugun kitob o’qi, ertaga uning yog’dusida yashaysan”, deb bejizga aytmagan. Psixologlarning aytishicha, bola dunyoning o’zi anglashtirib olgan holatidan Kitob bu yo‘lda vosita, tirgak bo’lib xizmat qiladi. Bu borada “Kishiga dunyoni ko‘rmoq uchun ko’z berilgan, uni eshitmoq va sezmoq uchun quloq va sezgilar berilgan. Olamni bilish uchun esa, odamzodning tafakkuri bor. Inson dunyoga kelib, uni bilishga intiladi, ohanglarni eshitish, zavqlana bilish uchun musiqa o’rganadi. O’tmish bugunni yorqinroq tasavvur etish, ertani hayol bilan qamrash uchun bolalikdan yillab mehnat qilib savod o’rganadi, kitob o’qiydi. Chunki kitob insonga Alloh tomonidan mo’jizadek hadya etilgan tafakkurni yorituvchi mash’aldir.”, degan edi Erkin Vohidov. Kitob insonning fikrlash, tahlil qilish, muloqot qilish va o‘zini ifoda etish qobiliyatini oshiradi. Ayniqsa, o‘smirlik davrida mutolaa bilan shug‘ullangan yoshlar tengdoshlariga nisbatan analitik tafakkurga, boy lug‘at boyligiga va ijodiy fikrlash salohiyatiga ega bo‘ladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kitob mutolaasi bilan muntazam shug‘ullanadigan o‘quvchilar maktabda yuqori natijalarga erishadi. Masalan, PISA xalqaro baholash dasturi natijalariga ko‘ra, kitobxon o‘quvchilarning o‘rtacha savodxonlik darajasi 20–25% yuqoriroq bo‘lgan. Kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishning pasayish sabablari esa, so‘nggi yillarda yoshlar orasida kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqish sezilarli darajada kamaygan. Bunga bir necha omillar sabab bo‘lmoqda: - Raqamli texnologiyalar (telefon, ijtimoiy tarmoqlar)ning haddan tashqari ko‘p ishlatilishi; - Kitob mutolaasini rag‘batlantiruvchi tizimning yetarli emasligi; - Kitoblar dizayni va mazmunining yoshlar talabiga mos emasligi; - Ota-ona va o‘qituvchilar tomonidan yetarlicha namuna ko‘rsatilmasligi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, o‘rta maktab o‘quvchilarining 40% dan ortig‘i oyiga atigi 1 ta yoki undan kam kitob o‘qiydi. Shunday ekan, qiziqishni oshirishning samarali usullari quyidagilar sanaladi: - Interaktiv o‘quv mashg‘ulotlari: kitob asosida munozarali darslar, rolli o‘yinlar. - Rag
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada yoshlar orasida kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni shakllantirish orqali ularning intellektual va ma'naviy rivojlanishiga erishish masalalari yoritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada yoshlar orasida kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni shakllantirish orqali ularning intellektual va ma'naviy rivojlanishiga erishish masalalari yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ma'naviyat, mutolaa, targ‘ibot., taʼlim, intellektual rivojlanish, Kalit so‘zlar: yoshlar, kitobxonlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026