К содержанию
РецензированоUZ2026

ONA TILI VA ADABIYOT FANINING OʻQITILISHI

Ochilova Umida Rajabovna

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Maqolada umumta’lim maktablarida ona tili va adabiyot fanining o‘qitilish holati, mavjud muammolar va ularni hal etish bo‘yicha samarali metodlar tahlil qilinadi. Fanlarning o‘zaro bog‘liqligi, o‘quvchilarda muloqot, fikrlash, estetik idrok va badiiy tafakkurni rivojlantirishdagi o‘rni yoritiladi. Zamonaviy ta’lim texnologiyalari, interfaol metodlar va kompetensiyaviy yondashuv doirasida fanlarni o‘qitishning yangi strategiyalari ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: ona tili, adabiyot, ta’lim, metodika, kompetensiya, tafakkur, interfaol metodlar, til madaniyati, kommunikativ yondashuv, badiiy tahlil. Bugungi kunda jamiyatning intellektual, madaniy va ma’naviy salohiyatini yuksaltirishda maktab ta’limining roli beqiyosdir. Ayniqsa, ona tili va adabiyot fanlari o‘quvchilarning dunyoqarashi, tafakkuri, ma’naviyati va milliy o‘zligini shakllantirishda asosiy omil hisoblanadi. Ona tilini mukammal egallagan o‘quvchi fikrni aniq, ravon va lo‘nda ifoda eta oladi, adabiyotni chuqur anglagan shaxs esa o‘zlikni, xalq tarixini, qadriyatlarini, estetik dunyoqarashni idrok etadi. Til va adabiyot fanlarining o‘zaro uyg‘unlikda o‘qitilishi nafaqat bilim berish, balki tarbiyaviy, kommunikativ va madaniy funktsiyalarni ham bajaradi. Bu fanlar orqali o‘quvchi shunchaki yozma yoki og‘zaki nutqni o‘rganmaydi, balki tafakkur qiladi, tahlil qiladi, baholaydi, muhokama yuritadi, estetik zavq oladi. Shu bois bu fanlarni o‘qitish jarayoni puxta rejalashtirilgan, metodik jihatdan boy, interfaol va o‘quvchiga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Ona tili fani o‘quvchilarga til tizimi, grammatik qurilish, imlo, nutq madaniyati, stilistika va kommunikativ ko‘nikmalarni o‘rgatadi. Zamonaviy ta’lim kontsepsiyasida til o‘rganish nafaqat bilim olish, balki uni hayotiy faoliyatda qo‘llashga qaratilgan. Bu jihatdan kompetensiyaviy yondashuv ayni muddao. Ona tili darslarida asosiy e’tibor quyidagi yo‘nalishlarga qaratilishi kerak: O‘quvchining kommunikativ kompetensiyasini shakllantirish (fikrni og‘zaki va yozma ifoda etish, tinglash, so‘zlashuv madaniyati) Til tizimining ongli tahlili (so‘z turkumlari, gap bo‘laklari, sintaktik qurilmalarni amaliy o‘zlashtirish) Interfaol metodlardan foydalanish (klaster, insert, baliq suyagi, tahliliy jadvallar) Muammoli vaziyatlar orqali darsni tashkil qilish (masalan, noto‘g‘ri tuzilgan matnlarni to‘g‘rilash, stilistik tahlil) https://scientific-jl.com 2 0 6 49-son_1-to’plam_Iyul -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Ona tili o‘qituvchisi o‘quvchini mustaqil fikrlovchi, tahlil qiluvchi va muloqotga kirishuvchi shaxs sifatida shakllantirishda asosiy yo‘lboshchi bo‘ladi. Adabiyot fani esa o‘quvchining ruhiy-axloqiy dunyosini, estetik didini va badiiy tafakkurini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Har bir adabiy asar — bu tarix, jamiyat, inson va hayot haqida muayyan falsafiy mulohaza, badiiy talqindir. Adabiyot darslarida quyidagi yondashuvlar muhim hisoblanadi: Asarning g‘oyaviy-badiiy tahlili: muallif pozitsiyasi, qahramon xarakteri, syujet va kompozitsiya elementlari. Obrazli fikrlashni rivojlantirish: o‘quvchi badiiy tasvir vositalarini anglaydi, matnga ruhiy yaqinlashadi. Ijodiy topshiriqlar: insho, matn davomini yozish, alternativ yakun, obrazdan nomidan xat yozish. Bahs-munozara: "Bu obraz to‘g‘ri ish tutdimi?", "Qahramon tanlovini qanday baholaysiz?" singari savollar asosida. Zamonaviy adabiyot darslari o‘qituvchi markazli emas, o‘quvchi markazli bo‘lishi kerak. Darsni faol metodlar asosida tashkil etish o‘quvchini passiv tinglovchidan faol ishtirokchiga aylantiradi. Bu ikki fan bir-biridan ajralmas, ular bir-birini to‘ldiradi. Til — bu vosita, adabiyot esa shu vosita orqali yaratilgan ma’naviy boylik. Ona tilini yaxshi bilmagan o‘quvchi adabiyotni chuqur anglay olmaydi. Shu bois bu fanlar o‘rtasidagi uzviylikni o‘qituvchi dars rejasini tuzishda ham inobatga olishi kerak. Masalan, ifoda vositalari o‘rganilayotgan ona tili darsida shu vositalarning badiiy matndagi ishlatilishini adabiyot darsida mustahkamlash mumkin. Yoki gap tuzilmasi mavzusi bilan adabiy nutqdagi uslubiy vositalarni bog‘lash mumkin. Bugungi ta’lim o‘qituvchidan metodik bilim, psixologik yondashuv, innovatsion fikrlash va texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalarini talab etadi. Ona tili va adabiyot fanlari o‘qituvchisi: o‘quvchilarda fikrlash va nutq madaniyatini shakllantiruvchi, darsni interfaol, ta’sirchan va mazmunli tashkil qiluvchi, darsga hayotiy, ma’naviy va estetik yondashuv olib kiruvchi shaxs bo‘lishi kerak. Darsni jadval asosida emas, balki o‘quvchi psixologiyasi va ehtiyojlariga moslab tashkil etish samaradorlikni oshiradi. Ona tili va adabiyot fanlarini o‘qitishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali darsni yanada interfaol va qiziqarli qilish mumkin. Masalan: Interaktiv taqdimotlar yordamida murakkab tushunchalarni vizual tushuntirish Google Forms yoki Quizlet orqali bilimlarni test tarzida mustahkamlash https://scientific-jl.com 2 0 7 49-son_1-to’plam_Iyul -2025 ISSN:3030-

Доказательный фрагмент

«Maqolada umumta’lim maktablarida ona tili va adabiyot fanining o‘qitilish holati, mavjud muammolar va ularni hal etish bo‘yicha samarali metodlar tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada umumta’lim maktablarida ona tili va adabiyot fanining o‘qitilish holati, mavjud muammolar va ularni hal etish bo‘yicha samarali metodlar tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tafakkur, badiiy tahlil., metodika, adabiyot, ta’lim, kommunikativ yondashuv, til madaniyati, kompetensiya, interfaol metodlar, Kalit so‘zlar: ona tili
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники