К содержанию
РецензированоUZ2026

QO‘SHNI DAVLATLARIMIZDA MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI VA ULARNING DAVLAT ORGANLARI BILAN HAMKORLIGI, BOSHQARUV MODELLARI

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” · Ismoilov Ibroxim Xakimjon o‘g‘li. · Obidjonova Xulkaroy Shuxratbek qizi

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

This thesis provides information about the physiology and medicinal properties of the sesame plant. Sesame is a plant known since ancient times. According to information, the sesame plant originated in East Africa. Even now, sesame plants growing wild in various places are often found. Due to its growth in various soil and climatic conditions, various forms of sesame have spread. As a result of scientific research, it has been proven that sesame can be cultivated in Uzbekistan. Keywords: Keywords: Sesame, oilseed crop, medicinal, ornamental plant, Euphorbiaceae family, oil. Kanakunjut (Ricinus) - sutlamadoshlar oilasiga mansub ko‘p yillik o‘simlik, asosan, moy olish uchun ekiladigan ekin. Kanakujutning 3 turi uchraydi: mayda urug‘li, yirik urug‘li, Zanzibar kanakunjuti. Misrda mil. av. 2-ming yillikdan boshlab ekilgan. Vatani Shimoliy-Sharqiy Afrika. Jahondagi ko‘pgina mamlakatlar dehqonchiligida ikki, uch yillik yoki bir yillik ekin tarzida o‘stiriladi. O‘zbekistonning sug‘oriladigan mintaqalarida bir yillik ekin. Kanakunjut ekilgan maydonlar jahon bo‘yicha 1280 ming ga, o‘rtacha hosildorlik 10,49 s/ga ni tashkil qiladi (1999). O‘zbekistonning sug‘oriladigan yerlarida hosildorligi 20-25 s/ga. Kanakunjutning o‘q ildizi tuproqqa 2-4 m gacha kirib boradi. Poyasi o‘tsimon, ichi kovak, tik o‘sadi. Balandligi o‘z vatanida (tropik mintaqalarda) 6-10 m gacha, O‘zbekistonda 2-3 m. Poyasi shoxlanadi. Rangli barglari yirik, qalqonsimon, uzun bandli (25-60 sm), bo‘laklarga bo‘lingan. Guli mayda, yashil, gulto‘plami shingil, shakli ponasimon, 5 ta gultojibargdan iborat. Gul to‘plami uchki qismida urg‘ochi gullari, pastki qismida erkak gullari joylashadi. To‘pguli uz. 10-30 sm, baʼzan 70 sm ga boradi. Mevasi uch uyali ko‘sakcha. Ayrim poyalarda ko‘sakchalar yetilganda chatnaydi. Urug‘i -tuxumsimon, yirik, 1000 ta urug‘i vazni 150-500 g, tarkibida 40-57% moy mavjud. Kanakunjut issiqsevar, yorug‘sevar, namsevar o‘simlik, unumdor yerlarda yaxshi o‘sadi. O‘sish davri 120-150 kun. Moyi qurimaydigan (yod soni 82-86) guruhiga kiradi. (-10° dan 18° da qotadi. Kanakunjut kuzgi don, dukkakli don, makkajo‘xori ekinlaridan bo‘shagan yerlarga ekiladi[1]. adu.uz universaljurnal.uz 265 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari Urug‘ tarkibida 40-56% moy, 14-17% oqsil moddalar, 0,1-1% alkaloidlar, 18-19% klechatka va boshqa moddalar bo‘ladi. Uning tarkibida zaxarli oqsil modda va ritsinin alkaloidi bor. Meditsinada ishlatiladigan kanakunjut moyi Oleum Risini urug‘dan sovuq presslash usuli bilan olinadi. Moydagi zaxarli modda ritsinni zarasizlantirish uchun undan issiq suv bug‘i o‘tkazilib parchalanadi. Kanakunjut moyi sarg‘ish, tiniq, quyuq suyuqlik bo‘lib, yoqimsiz xid va mazaga ega. Moy spirtda yaxshi eriydi, -10-18 °C daraja xaroratda qotadi. DF IX bo‘yicha moyning solishtirma og‘irligi 0,950- 0,970, refraktsiya soni 1,475-1,480, sovunlanish soni 176-186, yod soni 82 -88, kislota soni 2 dan oshmasligi kerak. Moy 80-85% ritsinol (oksiolein) kislota glitseridlaridan tashkil topgan, yana stearin, olein, linol, dioksistearin kislotalarining glitseridlar xam uchraydi [2]. Kanakunjutning foydalari: Kanakunjut moyi meditsinada eng yaxshi surgi dori sifatida ishlatiladi. Ginekologik ko‘z kasalliklarida, yaralarni, tanani kuygan yerini, leyshmanioz va boshqa teri kasalliklarini davolashda, sochni o‘stiruvchi modda sifatida ishlatiladi. Surtma dorilar va elastik kollodiy tarkibiga kiradi. Xitoyda oziq - ovqatga qo‘shiladi [3]. Barcha turdagi sochlar uchun niqob. Bu niqobni tayyorlash uchun o‘simlik moyi bilan kanakunjut moyi 1:9 nisbatda aralashtirib soch ildizlariga surtiladi. So‘ng boshga sellofan qalpoq kiyib, 1 soatdan keyin yuvib tashlanadi. Sochni yuvishda quruq sochlarga mo‘ljallangan shampundan foydalanish kerak. Ushbu davo usuli haftada 2 marta, jami 10 marta takrorlanadi. Quruq sochlar uchun niqob. 1 dona tuxum, 1 choy qoshiq glitserin, 1 choy qoshiq sirka, 2 osh qoshiq kanakunjut moyi aralashtirilib, soch ildizlaridan to uchigacha surtiladi. Boshga issiq qilingan sochiq o‘rab qo‘yiladi. Sochiqni ikki-uch marta almashtirish lozim. Soch keragicha namlangandan so‘ng tuxum sarig‘i ekstrakti qo‘shilgan shampun yordamida yuviladi. Ushbu davolash usuli haftada ikki marta bajariladi [4]. Kanakunjut (kamfora) moyidan bir-ikki tomchi quloqqa tomizilsa, og‘riqni yo‘qotib, quloqqa kirgan hasharotlarni o‘ldiradi [5] Tanangizda yaralar bo‘lsa, kanakunjut yog‘ini surting, yaradan xalos bo‘lasiz. Shamollaganda yoki bronxit bilan og‘riganda 1 oshqoshiq skipidar va 2 oshqoshiq kanakunjut yog‘i aralashtirilib, ko‘krakka yengil surtilgach, issiq mato bilan o‘ralsa tuzalish tezlashadi [6]. Kanakunjutning zararli hususiyatlari: Kanakunjut urug‘lari zaharli hisoblanadi. Urug‘lar ko‘p isteʼmol qilinsa toksik taʼsir koʻrsatish mumkin. Toksik taʼsir ko‘rsatish bu organizmlarga zararli yoki zaharli moddalar tasir qilishi natijasida yuzaga keladigan salbiy fiziologik o‘zgarishlardir. Uni

Доказательный фрагмент

«This thesis provides information about the physiology and medicinal properties of the sesame plant.»

Образец извлечения

Демо-превью

This thesis provides information about the physiology and medicinal properties of the sesame plant. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Keywords: Sesame, oilseed crop, medicinal, ornamental plant, Euphorbiaceae, hamkorlik., boshqaruv modellari, markaziy hukumat, tamoyillar, Kalit soʻzlar: mahalliy davlat hokimiyati, infratuzilma, boshqaruv tizimi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники