Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AHOLI BANDLIGI TA’MINLASH VA DAROMADLARINI KO‘PAYTIRISHNING HUDUDIY IMKONIYATLARI
KO‘PAYTIRISHNING HUDUDIY IMKONIYATLARI · Dadamirzayeva Zulayxo Ma'rufjon qizi
Всемирный научно-исследовательский журнал · 2020
Аннотация
Ushbu maqolada mamlakatimizda, xususan, Namangan viloyatida aholi bandligini va ularning daromadlarini ko‘paytirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati yoritib berilgan. Aholi bandligini ta’minlashda hal qilinishi lozim bo‘lgan bir qator tavsiya va takliflar berilgan. Tayanch so‘zlar: tadbirkorlik, bandlik, resurslar, daromad, ishsizlik, tomorqa xo‘jaliklari, klaster, eksport, oziq-ovqat mahsulotlari. Kirish. Mamalakatimizda aholini ish bilan bandligini ta’minlash va shu asosida muntazam daromad olishlari maqsadida “Har bir oila–tadbirkor”, “Yoshlar kelajagimiz”, “Obod qishloq”, “Obod mahalla” va tomorqani rivojlantirish kabi dasturlar qabul qilindi. Mazkur dasturlarni amalga oshirish uchun xususan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish doirasida davlat byudjetidan qariyib 10 trilion so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi. Bularni barchasi xalqimiz, ayniqsa yoshlarimizning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ,ularga o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishi uchun berilayotgan imkoniyatlarni dalilidir.Mazkur imtiyozlar orqali yoshlarimizda tadbirkorlik tashabbuslarini rivojlantirilsa, ularga mablag‘lardan to‘g‘ri foydalanishni o‘rgatilsa, nafaqat iqtisodiy , balki ko‘plab ijtimoiy muammolarni xam xal etilgan bo‘ladi. 2020 yil 27 fevral kuni Prezdentimiz Sh. Mirziyoyev raisligida tadbirkorlikni rivojlantirish va kasbga tayyorlash orqali kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlar bo‘yicha videoselektorda ham bu masalaga alohida e’tibor qaratildi. “Kambag‘allikni kamaytirish oylik yoki nafaqa miqdorini ko‘paytirish, yoppasiga kredit berish degani emas. Buning uchun, eng avvalo, aholini kasbga o‘qitish, moliyaviy savodxonligini oshirish, odamlarda tadbirkorlik hissiyotini uyg‘otish, infratuzilmani yaxshilash, farzandlarini o‘qitish, sifatli davolanish, manzilli nafaqa to‘lash tizimini joriy qilish kerak”-dedi Sh. Mirziyoyev.[1] Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojatnomasida ta’kidlaganidek, “Iqtisodiyotimiz rivojini, aholi bandligini va daromadlari o‘sishini ta’minlaydigan eng muhim sohalardan biri bo‘lgan qishloq xo‘jaligini strategik yondashuvlar asosida taraqqiy ettirish zarur”[3]. https://scientific-jl.com/wsrj 1 6 6 Volume-41_Issue-1_July-2025 World scientific research journal Asosiy qism. Davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan shart-sharoitlar tufayli tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanish istagini bildirayotgan oilalar soni tobora ortib bormoqda. Ularning asosiy qismi tadbirkorlikning u yoki bu turi, xususan, bog‘dorchilik, meva –sabzavotchilik, polizchilik, asalarichilik, chorvachilik, baliqchilik, hududlar xususiyatidan kelib chiqib hunarmandchilik, xizmat ko‘rsatish, servis va boshqa sohalar bilan shug‘ullanmoqdalar. Bundan ko‘rinib turibdiki, oilaviy tadbirkorlikni, jumladan, qishloq joylarida tomorqa xo‘jaliklarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Tomorqa xo‘jaliklarini rivojlantirish aholi bandligini va shu asosida oilani qo‘shimcha daromad olishini ta’minlaydi. Shuningdek, tomorqa xo‘jaliklarida yetishtirilgan maxsulotlar oilani o‘z extiyojlarini qondirish bilan birga mamlakat bozorlarini qishloq xo‘jalik maxsulotlari bilan to‘ldirib narxlar barqarorligi ta’minlashga xizmat qiladi. Eng muhimi uning, ma’naviy ahamiyati katta bo‘lib, oilani boqimandalik kayfiyatidan qutqaradi, tashabbuskorlikni, ishbilarmonlik va yaratuvchanlik tuyg‘usini uygotadi. Mamlakatimizda barcha hududlari kabi Namangan viloyatida ham tomorqa xo‘jaliklarini rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli chora-tadbirlar belgilanganligi tufayli oilalar tasarrufidagi yerlardan foydalanish imkoniyatlari kengayib bormoqda. Namangan viloyati 252,0 ming gektar sug‘oriladigon yer maydonlari bo‘lib, shundan 31,9 ming gektari aholi tomorqalarini tashkil etadi. Bugungi kunda asosiy e’tibor tomorqa yerlaridan samarali foydalanishga qaratilgan. Tomorqa xo‘jaliklarini rivojlantirish har bir hududni o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda Namanagan viloyati aholisining 60% ga yakini qishloq joylarida yashaydi. Shu tufayli qishloq aholisini asosiy qismi tomorqa xo‘jaligini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Viloyatning ko‘plab tumanlarida namunali tomorqa xo‘jaliklari tashkil etilgan oilalar soni tobora ko‘payib bormoqda. Jumladan, Norin tumanida 28414 ta xonadonda jami 2221 gektar shaxsiy va dala tomorqa yer maydoni bo‘lib, o‘tgan yili ana shu maydonlarning 150 gektariga kartoshka, 580 gektariga sabzavot (shundan 100 gektari plyonka ostida), 26 gektariga poliz, 43 gektariga g‘alla va 1422 gektariga boshqa ekinlar ekilgan. Shuningdek, tumanning 196 ta xonadonida issiqxonalar mavjud bo‘lib, ularda asosan limon, ko‘katlar va sabzavot ko‘chatlari, pomidor, bodring, qalampir, bulg‘or qalampiri va karam ko‘chatlari tayyorlanib, aholi tomorqalarini zarur miqdorda ko‘chat va urug‘lik bilan ta’minlashga amaliy yordam berib kelinmoqda. Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev tabiri bilan aytganda har bir qarich yerimiz tilloga teng. Faqat bizd
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada mamlakatimizda, xususan, Namangan viloyatida aholi bandligini va ularning daromadlarini ko‘paytirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati yoritib berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada mamlakatimizda, xususan, Namangan viloyatida aholi bandligini va ularning daromadlarini ko‘paytirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati yoritib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ishsizlik, klaster, eksport, daromad, bandlik, oziq-ovqat mahsulotlari., resurslar, tomorqa xo‘jaliklari, Tayanch so‘zlar: tadbirkorlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025