К содержанию
РецензированоUZ2024

BIOFIKTIV ROMANDA TARIXIY HAQIQAT VA FANTASTIK TASAVVUR

Ma’suma Obidjonova · Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat

ACUMEN: Международный журнал междисциплинарных исследований · 2 · 2024

Аннотация

This article analyzes My Name is Red as a biofictive-fantastic text. The term “biofictive-fantastic” is used here as a provisional authorial construct to denote a literary model grounded in historical-biographical material yet enriched through fantastic and metaphysical modes of expression that serve aesthetic and conceptual purposes. The study explores the aesthetic and semantic functions of fantastic elements within this model, examining how they convey the author's core conceptual ideas and facilitate an interpretive dialogue between the reader and the text. Keywords: biofictive narrative, fantastic elements, aesthetic analysis, historical- biographical model, representation and subjectivity, metaphysical expression. So‘nggi yillarda adabiyotshunoslikda tarixiy haqiqatni badiiy rekonstruksiya qilishga asoslangan biofiktiv asarlarga nisbatan ilmiy qiziqish ortib bormoqda. Ular ayniqsa poststrukturaviy va postmodern nazariyalar kontekstida keng tahlil 47 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 2, Issue 7 qilinmoqda. Bu turdagi asarlar tarixiy faktlarga tayanadi, biroq ularni voqelikni tiklash vositasi sifatida emas, balki muallifning estetik va falsafiy konsepsiyasini ifodalash imkoniyati sifatida talqin qiladi. Ilmiy adabiyotlarda biofiktiv roman bilan tarixiy roman o‘rtasidagi farqlar aniq ajratilganiga qaramay, hanuzgacha bu ikki janr chalkashtiriladi. Agar tarixiy roman tarixiy voqealarni voqelik sadoqatiga asoslangan holda yoritishga intilsa1, biofiktiv asar tarixiy shaxs yoki davrga oid mavjud faktlarni estetik jihatdan qayta ko‘rib chiqadi, ularning ichki dunyosini, muqarrarlikdan holi ehtimollarini, madaniy yoki ijtimoiy ziddiyatlarini tasavvuriy asosda tiklaydi. Bu asarlarda ko‘pincha tarixiy manbalarda mavjud bo‘lmagan tafsilotlar yozuvchining intellektual-ijodiy ixtirosi orqali to‘ldiriladi2. Biofiktiv asarlar tarkibida kuzatiladigan fantastik, metafizik yoki spekulyativ elementlar ularni an’anaviy tarixiy romanlar doirasidan chiqaradi va fantastika bilan tutashtiradi. Attebery ta’kidlaganidek, bunday matnlar real voqelikni emas, balki uning ehtimoliy variantlarini, alternativ tarixiy ong modellarini yaratishga xizmat qiladi. Shu bois, biofiktiv asarlarda fantastik unsurlar faqat estetik bezak emas, balki muallifning zamonaviy ong, xotira va shaxsiyat masalalarini o‘rganishdagi metodologik vositasidir. Shu nuqtayi nazardan qaralganda, Orxon Pamukning “Mening Otim Qirmizi” (1998) romani o‘zining estetik qurilishi, tarixiy fon ustidagi nazariy qatlamlari va fantastik syujet texnikasi bilan biofiktiv asarlarning yuqorida tilga olingan talqin doirasiga to‘liq mos keladi. Muallif asarda XVI asr Usmoniylar imperiyasining miniatyura san’ati bilan bog‘liq tarixiy-estetik zaminni yaratgan holda, uni fantastik va metafizik komponentlar bilan kengaytiradi. Jumladan, o‘lik insonning ovozi, jonsiz buyumlarning tilga kirishi, subyektiv tafakkurga ega rasm obrazlari kabi elementlar voqelik chegaralarini buzadi va badiiy haqiqatning ko‘p qatlamli ifodasiga xizmat qiladi. O.Pamuk romanining o‘ziga xos uslubi hayot va o‘lim oralig‘idagi chegaralarni estetik jihatdan muallaq holda tasvirlashidadir. Asarning birinchi bobidayoq o‘quvchi o‘zini o‘ldirilgan bir insonning tilidan hikoya qilinayotgan voqealar markazida topadi. Bu uslubiy tanlov, albatta, realizm chegaralaridan chekinishni bildiradi va roman syujetini fantastikaga yaqinlashtiradi. “Ben ölüyüm ama tam anlamıyla değil”3 . Romanni ochuvchi ushbu jumla o‘quvchini realistik voqealardan biroz uzoqlashtiradi. Asarda o‘lim faqat biologik holat emas, balki ongning o’ziga xos shakli, vaqt va makon chegaralaridan ozod bo‘lgan holat sifatida talqin qilinadi. Bu yondashuv 1 Groot J. The historical novel. Routledge, 2010. – P.83. 2 Lee H. Biography: A very short introduction. Oxford University Press, 2014. – P.35. 3 Pamuk O. Benim Adım Kırmızı. İletişim Yayınları, 1998. – S.11. 48 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 2, Issue 7 biofiktivlik doirasida tarix va tafakkurni qiyoslashdir. Bu fantastik holat muallifga tarixiy shaxsni tirik holda emas, balki timsol sifatida, o‘z fikrini o‘limdan so‘ng ham davom ettiruvchi ideallashtirilgan obraz sifatida tasvirlash imkonini beradi. Bu orqali voqealarning soddaroq tarixiy ketma-ketligi emas, balki insoniy idrok va haqiqat o‘rtasidagi falsafiy tafovut ochiladi. Roman davomida bir nechta boblar jonsiz obyektlar naqsh, rasm, hatto bo‘yoqlar nomidan hikoya qilinadi. Bu yondashuv o‘z tabiatiga ko‘ra fantastik va alegorikdir, lekin ayni vaqtda u biofiktiv asar ichida muhim estetik va g‘oyaviy vazifani ham bajaradi. Masalan, bo‘yoq tilidan berilgan matnga diqqat qaratamiz: “Ben kırmızıyım... Herkes beni sever ama benim en çok sevdiğim, beni bir başka renkle karıştıranl

Доказательный фрагмент

«This article analyzes My Name is Red as a biofictive-fantastic text.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes My Name is Red as a biofictive-fantastic text. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
biofictive narrative, fantastic elements, aesthetic analysis, historical-, metafizik ifoda., biofiktiv asar, estetik tahlil, tarixiy-biografik model, tarixiy roman, fantastik element
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники