К содержанию
РецензированоUZ2024

KANOP O‘SIMLIGI VA UNING SANOATDAGI QO‘LLANISHI: EKOLOGIK, IQTISODIY VA TEXNOLOGIK YONDASHUVLAR TERMIZ DAVLAT MUHANDISLIK VA AGROTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI

SH. Ermatov (t.f.f.d. dotsent) · M.A.Fayziyeva (tayanch doktorant) · U.Barotova (mustaqil izlanuvchi)

Исследования в области технических наук в Узбекистане · 2024

Аннотация

This article discusses the industrial role of hemp (Cannabis sativa L.), its ecological and economic significance, processing technologies, and international experience in the field. Due to its natural, ecological purity, and strength, hemp fiber is widely used in industries such as textile, construction, and automotive. Field experiments and technological processing processes conducted on hemp cultivation in Uzbekistan are also analyzed. Kalit so‘zlar: kanop, sanoat tolasi, ekologik tozalik, qayta ishlash, nano- selüloza, to‘qimachilik, bio-kompozit Ключевые слова: конопля, промышленное волокно, экологичность, переработка, наноцеллюлоза, текстиль, биокомпозит Keywords: hemp, industrial fiber, environmental friendliness, recycling, nano- cellulose, textiles, bio-composite 119 ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333 ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024 VOLUME-3, ISSUE-6 Kirish. So‘ngi yillarda ekologik toza va qayta tiklanuvchi resurslarni sanoatda qo‘llanilishi muhim masalaga aylangan. Texnikaviy jihatdan ahamiyatga ega o‘simliklar orasida kanop (Cannabis sativa L.) ekologik foydaliligi, boy tolaviy samaradorligi va qayta ishlash imkoniyatlarining kengligi bilan ajralib turadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi «2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-60-son farmonida “Import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishdagi mavjud bo‘shliqlarni to‘ldirish orqali 2026-yilga borib sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, shuningdek, to‘qimachilik mahsulotlari hajmini 2 baravarga ko‘paytirish” bo‘yicha qator vazifalar belgilab berilgan. Kanop o‘simligi asosida tabiiy tolalarni ishlab chiqarishda qo‘llash ekologik barqarorlik, iqtisodiy samaradorlik va mahalliy sanoat rivoji uchun muhimdir. Ushbu jarayon nafaqat mahalliy xom ashyolarni qayta ishlash muammosini hal qiladi, balki yangi innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishga ham zamin yaratadi. Surxondaryo viloyatini kanop yetishtirish va undan tabiiy tola olish bo‘yicha yetakchi hududlardan biriga aylantirish oldimizda turgan ahamiyatli masalalardan biridir. Shu o‘rinda hosilning asosiy qismini qayta ishlash jarayoniga yo‘naltirish lozim. Ushbu o‘simliklar tolalarini qayta ishlash orqali yangi mahsulot yaratish ekologik muammolarni kamaytirish va resurslardan maksimal foydalanish imkonini beradi. Kanop o‘simligi poyasida 17-18 % gacha texnik yaroqli tola hosil bo‘ladi. Kanop tolasi rangsiz, tiniq, pishshiq, dag‘al tola bo‘lib, bu tolani ko‘pgina maqsadlarda foydalaniladi. To‘qimachilik sanoati uchun tola, qop-qanor, arqon, brezent, uy jihozlari uchun gazmollar, o‘rash uchun iplar va boshqa turdagi kompozit mahsulotlar tayyorlanishi mumkin. Urug‘i tarkibida esa 18-20 % moy bo‘lib moy, lak-bo‘yoq sanoatida, sovun tayyorlashda ishlatiladi. Kanop Hindiston, Eron, Xitoy, Yava va Sumatra orollarida, Аfrikada, Аmerikada (АQSh, Braziliya, Kuba va boshqalar ) ko‘proq ekiladi. Dunyo miqyosida 900 ming gektar atrofida ekiladi. O‘zbekiston hududida 1927-yildan boshlab ekib kelinadi. So‘nggi yillarda kanop tolasiga bo‘lgan e’tibor biroz kamayib borgan bo‘lsada, ammo jahon sanoatida tabiiy tolalarning o‘rni, ommabopligi, ekologik xususiyatlariga bo‘lgan ehtiyoj kundan kunga ortmoqda. O‘ziga xos xususiyatlari bilan paxta tolasidan keyin yana bir muhim tabiiy tola sifatida respublika hududida ham kanop tolasini yetishtirish qayta yo‘lga qo‘yilmoqda. Kanop hozirgi vaqtda O‘zbekistonda, asosan Toshkent viloyatining Yuqori, Quyi va O‘rta Chirchiq, Yangiyo‘l va Bo‘stonliq tumanlarida ekilmoqda. Shu jumladan Surxondaryo viloyati Termiz tumanida ham kanop tolasini yetishtirish va uning xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha kichik dala eksperimenti olib borilmoqda. Kanopning Assorti-279 va Kanop-239 navlari ekildi va 120 ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333 ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024 VOLUME-3, ISSUE-6 uning agrotexnologiyasi hamda xususiyatlari o‘rganish uchun kuzatuvlar olib borilmoqda. Kanop asosan (kanop) tolasi va urug‘i uchun o‘stiriladi. Kanop eng qadimgi madaniy o‘simliklardan biri bo‘lib, (Malvaceae) oilasiga va (Hibiscus cannabinus) turiga mansub bir yillik o‘simlik hisoblanadi. Tarixiy manbalarga ko‘ra, u Xitoyda miloddan avvalgi 2800 yilda yetishtirilgan va tolalari ishlatilgan. O‘ziga xos xususiyatlari bilan dunyoda jutdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Kanopning qo‘llanilish sohalari kundan-kunga ortib bormoqda. Kanop xomashyosi asosidagi sanoatning bir necha ishlab chiqarish sohalari shakllandi. Kanop xomashyosidan to'qimachilik, oziq-ovqat, qurilish, energetika, farmatsevtika, kompozit materiallar, tsellyuloza va kosmetika sanoat tarmoqlarida mahsulotlar ishlab chiqarilayapdi. Ushbu tarmoqlarning shakllanishi bilan kanop yetishtirishda ham o‘zgarishlar yuz berib, ekin maydonlari ko‘paymoqda. (Ekologik xususiyatlari yuqori bo‘lgan o‘simlik sifatida respublika hududida yetishtirish qayta yo‘lga qo‘yilmoqda. Kanop hozirgi vaqtda O‘zbekistonda, asosan Toshkent viloyatining Yuq

Доказательный фрагмент

«This article discusses the industrial role of hemp (Cannabis sativa L.), its ecological and economic significance, processing technologies, and international experience in the field.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the industrial role of hemp (Cannabis sativa L.), its ecological and economic significance, processing technologies, and international experience in the field. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
hemp, industrial fiber, environmental friendliness, recycling, nano-
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники