К содержанию
РецензированоUZ2024

METAN GAZINI YUTUVCHI SORBENTLAR USTIDA OLIB BORILAYOTGAN ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA ULARNING IJTIMOIY AHAMIYATI

Qudratova Mohinur Nuriddin qizi

Исследования в области технических наук в Узбекистане · 2024

Аннотация

In contemporary industrial, transportation, and energy systems, the utilization of high-pressure gases is expanding significantly. A critical challenge in these systems is the safe and efficient regulation of gas pressure. In this context, the application of chemically active, structurally stable, and highly efficient specialized substances - metanogels - has attracted increasing scientific and practical interest. Metanogels have recently emerged as promising materials across a variety of fields, including bioengineering, medicine, energy, and environmental science. This article presents an overview of current research on metanogels, highlights the latest developments in their synthesis, and discusses their potential practical applications. Keywords: Methanegel, bioengineering, ecology, energy, industry, structure, pressure, chemical stability, thermodynamics, thermal stability. Kirish: Gaz ballonlarda mavjud bo‘lgan yuqori bosimli gazlar inson salomatligi, atrof-muhit va texnologik qurilmalar uchun salbiy xavf tug‘dirishi mumkin. Bu xavf-xatarlarni kamaytirish va tizimni nazorat ostida ushlab turish uchun bosimni kamaytiruvchi vositalar, xususan, kimyoviy moddalarga asoslangan metanogellar qo‘llaniladi. Metanogellar o‘zining molekulyar tuzilmasi, fizik-kimyoviy barqarorligi va termodinamik xossalari bilan ajralib turadi. Ular yuqori bosimli gaz muhitida bosimni sekin va nazoratli ravishda kamaytirish imkonini beradi. Bunday funksional imkoniyatlar tufayli metanogellar so‘nggi yillarda ilmiy izlanishlarning markaziy mavzusiga aylangan. Metanogellarni laboratoriya sharoitida sintez qilish, ularning tarkibiy xususiyatlarini o‘rganish hamda amaliy jihatdan qo‘llash imkoniyatlarini aniqlash muhim ilmiy vazifa hisoblanadi. Ularning strukturasini o‘rganish, termik barqarorligini baholash va bosimni pasaytirish mexanizmini tushunish orqali nafaqat nazariy, balki amaliy yondashuvlarni ishlab chiqish mumkin bo‘ladi. Metanogellar qo‘llanilishi bosim regulyatorlarini mukammallashtirish, yangi avlod xavfsiz ballon tizimlarini yaratish, texnologik jarayonlarning ishonchliligini oshirishga xizmat qiladi. Metanogellarning zamonaviy tadqiqot yo‘nalishlari: 1. Nanoo‘lchamli modifikatsiyalar: Metanogellarning nanostrukturaviy tarkibini o‘zgartirish orqali ularning fizik va kimyoviy xususiyatlarini yaxshilash sifatida ishlatiladi; 3. Intellektual materiallar: Harorat, bosim yoki pH darajasiga sezgir bo‘lgan metanogellarni ishlab chiqish. 101 ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333 ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024 VOLUME-3, ISSUE-6 Ushbu maqola aynan gaz ballonlardagi bosimni kamaytirish maqsadida metanogellarni olish, ularning tuzilmasi va xossalarini o‘rganishga qaratilgan. Mazkur tadqiqotning dolzarbligi shundaki, bu yo‘nalish bo‘yicha O‘zbekistonda olib borilgan tadqiqotlar yetarli emas. Shuningdek, mavjud bosim pasaytiruvchi texnologiyalar ko‘proq mexanik regulyatorlarga asoslangan bo‘lib, ular zamonaviy texnologik talablarga to‘liq javob bera olmaydi. Kimyoviy asoslangan yondashuvlar, xususan, metanogellardan foydalanish esa yanada aniq, ishonchli va barqaror bosimni boshqarishni ta’minlaydi. Tadqiqotning maqsadi gaz ballonlarda bosimni kamaytirish uchun foydalaniladigan metanogellarni olish, ularning fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganish va amaliy jihatdan baholashdan iboratdir. Tadqiqotning vazifalari gaz ballonlar tizimida bosimni kamaytirishning umumiy muammolarini o‘rganish, metanogellarning kimyoviy tuzilmasi va sintez usullarini aniqlash, laboratoriya sharoitida metanogellar olish va ularning xossalarini tahlil qilish, olingan metanogellar asosida bosimni kamaytirish mexanizmini ilmiy jihatdan asoslash, metanogellar asosida ishlab chiqilgan texnologik yechimlarning amaliy imkoniyatlarini baholashdan iborat. Tadqiqot obyekti: Gaz ballonlardagi siqilgan gaz tizimi va unda qo‘llaniladigan bosimni kamaytiruvchi metanogellar olish texnologiyasi. Tadqiqot predmeti: Metanogellarning fizik-kimyoviy xossalari, sintez sharoitlari va bosimni kamaytirishdagi samaradorligini aniqlash Tadqiqot uslublari: Tadqiqot davomida eksperimental kimyo, fizikaviy- kimyoviy tahlil, nazariy hisob-kitoblar va amaliy sinovlar usullaridan foydalaniladi. Ilmiy yangiligi: Bosimni pasaytiruvchi metanogellarni olishning yangi innovatsion usuli taklif etiladi. Ularning xossalari chuqur tahlil qilinadi. Amaliy texnologiyalarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan yangi nazariy va eksperimental natijalar olinadi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati: Olingan natijalar asosida gaz ballonlar uchun xavfsiz, samarali va ekologik xavfsiz bosimni boshqarish tizimlarini ishlab chiqish imkoniyati yaratiladi. Metanogellarning real sanoat sharoitida qo‘llanilishi texnologik jarayonlarning ishonchliligini oshirishga yordam beradi. Amaliyotdagi ahamiyati va qo‘llanilish sohalari: Metanogellar zamonaviy ilmiy yutuqlar asosida quyidagi sohalarda keng qo‘llanilmoqda. Jumladan, farmasevtika, ekologiya, sanoat va energetika, kimyo va ishlab chiqarish sohalarida qo’llanilmoqda.

Доказательный фрагмент

«In contemporary industrial, transportation, and energy systems, the utilization of high-pressure gases is expanding significantly.»

Образец извлечения

Демо-превью

In contemporary industrial, transportation, and energy systems, the utilization of high-pressure gases is expanding significantly. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Methanegel, bioengineering, ecology, energy, industry, structure, termodinamik, struktura, bosim, sanoat, Metanogel, termik barqarorlik., ekologiya, energetika, bioinjinring, kimyoviy barqarorlik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники