К содержанию
РецензированоUZ2026

SHAXSGA YO’NALTIRILGAN O’QITISH TEXNALOGIYALARINING MOHIYATI VA TAMOYILLARI

MOHIYATI VA TAMOYILLARI · Saidova Dilnoza Baxtiyor qizi

Исследования в области технических наук в Узбекистане · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalarining mazmun-mohiyati, ta’lim jarayonidagi o‘rni va amaliy ahamiyati atroflicha tahlil qilingan. Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv har bir o‘quvchining individualligini, bilim olishga bo‘lgan ehtiyoji va qobiliyatlarini inobatga olgan holda ta’limni tashkil etishga xizmat qiladi. Maqolada ta’lim samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantirish va ularning darsga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishda bu texnologiyalarning ahamiyati asoslab berilgan. Shuningdek, mazkur yondashuvning asosiy tamoyillari, joriy etish bosqichlari hamda duch kelinadigan amaliy muammolar yoritilgan. Kalit so‘zlar:shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish, ta’lim texnologiyalari, individual yondashuv, ta’lim tamoyillari, motivatsiya, o‘quvchi faolligi, pedagogik innovatsiyalar Kirish.Bugungi kunda dunyo miqyosida ta’lim tizimida yuz berayotgan chuqur o‘zgarishlar, axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi, globallashuv jarayonining kuchayishi, shuningdek, zamonaviy jamiyat ehtiyojlarining ortib borayotgani natijasida ta’limga yangicha, innovatsion yondashuvlarni joriy etish zarurati yuzaga kelmoqda. Ayniqsa, har bir o‘quvchi shaxsining o‘ziga xosligi, qiziqishlari, bilim olishdagi ehtiyojlari va rivojlanish sur’atlarini inobatga olgan holda ta’limni tashkil etish — zamonaviy pedagogikaning eng muhim vazifasiga aylanmoqda. Shu munosabat bilan, shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalarining ilmiy-nazariy asoslarini chuqur o‘rganish, ularni amaliyotga tatbiq etishning samarali yo‘llarini ishlab chiqish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim — bu nafaqat pedagogik jarayonni tashkil etishning yangi shakli, balki o‘quvchining intellektual, ijtimoiy-psixologik, axloqiy va 39 estetik rivojlanishini kompleks tarzda qo‘llab-quvvatlovchi, ularning ijodiy salohiyatini ochib berishga xizmat qiluvchi tizimli yondashuvdir. Mazkur yondashuvda o‘qituvchi faoliyatining markazida o‘quvchi shaxsining o‘zi turadi: u bilimni tayyor holatda olmaydi, balki uni mustaqil izlanish, kuzatish, muhokama va faoliyat orqali egallaydi. Bu esa o‘qituvchidan zamonaviy pedagogik texnologiyalarni chuqur egallash, har bir o‘quvchining ichki salohiyatini to‘g‘ri aniqlash va unga mos o‘qitish strategiyasini ishlab chiqishni talab qiladi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’lim-tarbiya masalalariga doir nutqlarida qayta-qayta ta’kidlaganidek:“Ta’lim sifatini oshirmay turib, yangi O‘zbekistonni barpo eta olmaymiz. Yangi avlodni zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan qurollantirish — davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishidir.” Ushbu fikrlar shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni joriy etish va rivojlantirishga bo‘lgan yondashuvning dolzarbligini va strategik ahamiyatini yana bir bor tasdiqlaydi. Zero, bugungi ta’lim tizimi har bir insonning yuksak shaxs sifatida shakllanishiga xizmat qilishi, uning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirishi, o‘z salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishiga zamin yaratishi lozim.Mazkur maqolada shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalarining mazmun-mohiyati, asosiy didaktik va psixologik tamoyillari, ularning amaliyotda qo‘llanish mexanizmlari hamda ta’lim samaradorligiga ta’siri atroflicha tahlil qilinadi. Shu bilan birga, O‘zbekiston ta’lim tizimida bu texnologiyalarning qo‘llanish holati, mavjud imkoniyatlar va muammolar ham batafsil yoritiladi. Maktabgacha ta’lim — inson hayotining poydevor bosqichi bo‘lib, bu davrda bola shaxsi, qiziqishlari, ehtiyojlari, hissiy-irodaviy va intellektual jihatlari shakllanadi. Bugungi ta’lim jarayonida bu bosqichda qo‘llanilayotgan pedagogik yondashuvlar ham zamonaviy, innovatsion va shaxsga yo‘naltirilgan bo‘lishi zaruratga aylandi. Aynan maktabgacha yoshdagi bolalarda shaxsiy qobiliyat va ehtiyojlarni erta aniqlash, ularni individual rivojlantirishga qaratilgan ta’lim texnologiyalarini joriy etish pedagogik amaliyotning eng dolzarb yo‘nalishiga aylangan. Asosiy qism: Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalari zamonaviy pedagogika nazariyasi va amaliyotida ta’lim jarayonining samarali tashkil etilishida muhim o‘rin tutuvchi ilg‘or yondashuvlardan biridir. Ushbu yondashuvning asosiy mohiyati shundaki, o‘quv jarayonining markazida o‘quvchining shaxsiy xususiyatlari, individual ehtiyojlari, qobiliyatlari hamda o‘zlashtirish tezligi turadi. Ta’lim mazmuni va usullari aynan ushbu shaxsiy xususiyatlarga moslashtiriladi, bu esa 40 standartlashtirilgan, hamma uchun bir xil yondashuvdan farqli ravishda har bir o‘quvchining shaxsiy rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi.Zamonaviy ta’lim jarayonida eng asosiy tamoyillardan biri — o‘quvchilarning individual xususiyatlari, qobiliyatlari va ehtiyojlarini hisobga olib, ta’limni shaxsga moslashtirishdir. Shaxsga yo’naltirilgan o‘qitish texnologiyalari aynan shu tamoyil asosida tashkil etilgan bo‘lib, ta’lim jarayonini har bir o‘quvchiga individual yondashuv bilan tashkil etishni maqsad qilgan.Ushbu texnologiyalar o‘quvchilarning qobiliyatl

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalarining mazmun-mohiyati, ta’lim jarayonidagi o‘rni va amaliy ahamiyati atroflicha tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalarining mazmun-mohiyati, ta’lim jarayonidagi o‘rni va amaliy ahamiyati atroflicha tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
individual yondashuv, ta’lim tamoyillari, motivatsiya, pedagogik innovatsiyalar, o‘quvchi faolligi, ta’lim texnologiyalari, haxsga yo‘naltirilgan o‘qitish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники