К содержанию
РецензированоUZ2026

SOMONNI O‘RIB VA XASKASHLASH MASHINASI.

CHoriyev Ravshan Mamarasulovich

Исследования в области технических наук в Узбекистане · 2026

Аннотация

Maqolada somonli dalalarda, somon o‘rish balandligini qayta rotorli o‘rgichning sxemasi ishlab chiqildi, shuningdek ishchi organ pichog‘i tig‘ini qiyalik burchagini aniqlashga doir nazariy tadqiqotlar natijalari keltirilgan Kalit so‘zlar: somonli dala, somon o‘rish balandligini qayta o‘rgich, yassi rotor, kesuvchi qirra, pichoq uzunligi soni. KIRISH. Bugungi kunda O‘zbekistonda eng ko‘p chorva mollari uchun asosiy dag‘al ozuqa sifatida somon ishlatilmoqda, chunki u juda mazzali va chaynash hamda hissiy funksiyalar uchun ozuqaviy ehtiyojni qondiradi. Xozir kunda somondan dunyo miqyosida ko‘p davlatlarda dag’al ozuqa sifatida chorvachilik tarmog‘ida foydalanmoqdalar. Sug‘oriladigan maydonlarda bug‘doy va arpa hosili g‘alla o‘rish kobaynlarida o‘rib yig‘ishtiriladi, bunda kombayn g‘alla poyasini yerdan 15-18 cm balandlikda o‘radi natijada dag‘al ozuqa sifatida ishlatiladigan somonni 25-30 foiz hosili dalada qolib ketadi. Bug‘doydan bo‘shagan dalalarga qolgan somonni qayta o‘rib somoni yig‘ishtirisa qo‘shimcha chorva mollari uchun oziqa olishda va qishloq joylarda istiqomat qilayotgan fuqoralarning bandligi, hamda daromatlarini ko’paytirishda muhim o’rin tutadi. Adabiyotlar taxlili. Mavjud bo‘lgan KRN -2.1 rotorli o‘rish mashinasi. Ushbu rotorli o‘rish apparati brus ko‘rinishida bo‘lib, uning ustiga rotor o‘rnatilgan,ularning har biriga ikkita pichoq o‘rnatilada.O‘rish apparati gorizontal tekislikda ishlaydi. Ushbu o‘rish apparati hosildorligi yuqori, yotib qolgan o‘tlarni hamda somonni o‘rish balandligidagi poyani 47 qayta o‘rish uchun ishlatiladi. [1] Bu o‘rish apparati somonni o‘rib oladi, lekin sug‘oriladigan sharoitdagi somonni etarli darajada o‘ralmaydi, ya’ni o‘rgichlarga qo‘yilayotgan agrotexnik talablarga javob bermaydi. Texnik ko‘rsatkichlari va erishilgan natijasi bo‘yicha taklif etilayotgan ixtiroga eng yaqini. O‘rib xaskashlash mashinasi o‘rigan o‘tlarni ag‘darish va uyumlash hamda g‘aramlash uchun xizmat qiladi. Ushbu o‘rish va xaskashlash mashinasini rotorlari V shaklida joylashtirilgan. Bu o‘rish va xaskashlash mashinasini tekis relefli dala ishlash muljallangan. Bundan tashqari, uni don ekinlarining doni bo‘lmagan qismini yig‘ish uchun ishlatish mumkin emas.[3] O‘rish va xaskashlash mashinasini kamchiligi shundaki , u yerlari notekis bo‘lgan dallarda donli ekinlarining doni bo‘lmagan qismini o‘rish va uyumlashda agrotexnik talablarga javob bermaydi. Material va uslublar. Ixtironi maqsadi don ekinlarining don bo‘lmagani, somonni yig‘ish sifatini yaxshilashdir. Ixtiro qilayotgan mashina bormoq-g‘ildirakli xaskash, rotorli o‘rgich yunalishiga burchak ostida rostlaniladigan, undan tashqari bormoq - g‘ildirakli xaskashni g‘ildiragi vertikal tekislikka nisbatan burchak ostida o‘rnatiladi va g‘ildirak- bormoqli xaskashning xarakat yunalishiga qiyalik burchagiga rostlash mexanizmi sharnir yordamida o‘rgich ramasiga maxkamlangan . Harakat yo'nalishiga nisbatan barmoq -g'ildirakli xaskashning qiyalik burchagiga sozlash, dalaning relyefini hisobga olgan holda xaskashni sozlash imkonini beradi. Umuman olganda, rotorli o‘rish mashinasini g'ildirak barmoqli xaskashlar bilan jihozlash bir vaqtning o'zida o‘rish va uyumlash ishlarini bajarishga imkon beradi, bu esa mashinaning ish unumdorligini sezilarli darajada oshiradi. 48 1-rasm: O‘rib -xaskashlash mashinasining ishlash jarayoni sxemasi. O‘rish apparati rotorli o‘rg‘ich 1 dan va g‘ildirak barmoqli xaskashni 2 o‘z ichiga oladi. Rama 3 ga o’rgich 1, rotorli kesish apparatlari 4 o'rnatilgan. Sharnir 6 orqali xaskash ramasi 5 o’rgich ramasi 3 ga ulanadi. xaskashning 2 ramasiga qiya barmoq g'ildiraklari 7 ko'ndalang-vertikal tekislikda β burchak ostida o'rnatiladi. O‘rgichning ramasi 3 va xaskashning ramasi 4 o‘rtasida α burchak ostida harakat yo‘nalishiga nisbatan xaskashni o‘rnatish burchagini sozlash uchun sektor 8 o‘rnatilgan. 2-rasm: g'ildirak-barmoqli xaskashni ishchi xolati vertikalga o'rnatish sxemasi O‘rgich-xaskash quyidagicha ishlaydi. O‘rgich-xaskash harakatlanayotganda, o‘rgich 1 tomonidan o‘rilgan o‘simliklar kesish apparati 4 dan g‘ildirak-barmoqli 49 xaskashga 2 uzatadi. Xaskash 2 dala notekisligidan o'tganda g'ildirak-barmoq ishchi elementi 7 ko'ndalang-vertikal tekislikda β burchak ostida qiyaligi tufayli relyefga yaxshi moslashadi. Barmoqli g'ildirak 7 aylanib, somonni uyumlab ketadi . Xulosa.O’rgich -xaskash mashinasini biz taklif qilayotgan qiya rotorli xaskash somonli dalalarda somonni qayta o’rib-uyumlab yig’ishtirganda nabudgarchiligi 10-15% dan 8-9% gacha kamaytirish imkonini beradi. Foydalanilgan adabiyotlar. 1.Karpenko A.N., Xalanskiy V.M. Selskoxozyaystvennыe mashinы. - Moskva: VO "Agropromizdat", 1989 g. S.214-215). 2. Mexanizatsiya rabot v sadovodstve. - Moskva: "Kolos", 1983 g. S.86-89 i Aniferov F.E., Eroshenko L.I., Teklinskiy I.Z. Mashinы dlya sadovodstva. - Leningrad: VO "Agropromizdat", Leningradskoe otdelenie, 1990 g. S.127-128).3. 2.https://abc- an.blogspot.com/2010/10/blog-post_9761.html 50

Доказательный фрагмент

«Maqolada somonli dalalarda, somon o‘rish balandligini qayta rotorli o‘rgichning sxemasi ishlab chiqildi, shuningdek ishchi organ pichog‘i tig‘ini qiyalik burchagini aniqlashga doir nazariy tadqiqotlar natijalari kelti…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada somonli dalalarda, somon o‘rish balandligini qayta rotorli o‘rgichning sxemasi ishlab chiqildi, shuningdek ishchi organ pichog‘i tig‘ini qiyalik burchagini aniqlashga doir nazariy tadqiqotlar natijalari kelti… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
somonli dala, somon o‘rish balandligini qayta o‘rgich, kesuvchi qirra, pichoq uzunligi soni., yassi rotor
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники