Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OGAHIYNING QALB AMALI YORDAMIDA HALL QILINADIGAN MUAMMO JANRIDAGI SHE’RLARI TAHLILI
SCIENCE SHINE · Iroda Raximova
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
В данной статье рассматриваются проблемы, решаемые на основе «правила кальба» (транспозиции) в творчестве Мухаммадризо Агахи. Также уделяется внимание видам кальба и его роли в классической поэзии. Annotation: This article analyzes the problems addressed through the “rule of qalb” (transposition) in the works of Muhammad Rizo Ogahiy. It also pays attention to the types of qalb and its role in classical poetry. Kalit so‘zlar: muammo, muammo hal(l)i, ism moddasi, qalb, qalbi kull, qalbi ba’z, qalbi ja’liy, ta’lif. Ключевые слова: проблема, решение проблемы, именная модификация, кальб, кальб-и кулль, кальб-и баъз, кальб-и джаълий, композиция. Keywords: problem, problem-solving, noun modification, qalb, qalb-i kull, qalb-i ba’z, qalb-i ja’li, composition. KIRISH. O‘zbek mumtoz adabiyotida ko‘hna Sharq adabiyotida bo‘lganidek, ilm va so‘z san’ati toliblari tafakkuri, zakovatini shakllantirish hamda yuksaltirishda muammo janri muhim rol o‘ynaydi. Muammo so‘zining lug‘aviy ma’nosi arab tilidagi “a’mo”, ya’ni “ko‘r” so‘zidan olingan bo‘lib, “ko‘r qilingan”, “berkitilgan”, “yashiringan” degan ma’nolarni anglatadi. Muammo Sharq adabiyoti, jumladan, o‘zbek mumtoz adabiyotida muayyan kichik janrdagi she’rda yashiringan nomni topish bilan bog‘liq. Muammoda yashiringan fikr mantiqan she’r mavzusiga to‘g‘ri kelishi va nazarda tutilgan muayyan fikr, voqea - hodisa yoki shaxs faoliyati bilan bog‘liq fakt bilan aloqador bo‘lishi kerak. Unda ishora muhim rol o‘ynaydi va ishora etilgan so‘z “ism 127 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 17(52), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.07.2025 moddasi” deb yuritiladi, muammoni yechish yoki oddiy qilib aytganda topish – “hal(l)” , ya’ni “masalani hal qilish” tushunchasi bilan ifodalanadi [1: 103]. Muammo nazariyasiga oid adabiyotlarda ko‘satilishicha, hall qoidalari dastlab uch qismga bo‘linadi: 1) a’moli tas’hiliy (osonlashtirish amallari); 2) a’moli tahsiliy (hosil qilish amallari); 3) a’moli takmiliy (mukammallashtirish amallari). Bu qismlar amallar guruhlarini anglatib, mazkur 3 qism amallari o‘z navbatida bir necha xildagi qoidalarga (tariqlarga) va bu qoidalar turli uslublarga bo‘linadi. Mazkur 3 qismda muammoshunoslar jami 15 xil qoida va 48 xil uslubni sanaydilar. Bu amallarning birinchisiga nisbatan ikkinchisi, ikkinchisiga nisbatan uchinchisi murakkabroqdir [2: 7-8]. Shular orasida muammo yechishning a’moli takmiliy (mukammallashtirish amallari) guruhiga kiruvchi qalb qoidasi mumtoz shoirlar she’riyatida keng qo‘llanilgan bo’lib, mavlono Ogahiy ijodiyotida ham bu qoidaga ko‘p bora murojaat qilingan. Shoir qalb amalini o‘zigagina xos mahorat bilan qo‘llagan holda original poetik shakl va mazmunga boy bo‘lgan go‘zal muammolar yarata olgan. Ushbu muammolar hal(l)i (yechimi)ni topish va har tomonlama tahlil qilish orqali bunga guvoh bo‘lish mumkin. TADQIQOT OBYEKTI VA QO‘LLANILGAN METODLAR. Tadqiqotning obyekti sifatida Muhammadrizo Ogahiyning “Ta’viz ul-oshiqin” devonidan joy olgan “G‘arib”, “Nuh”, “Safo”, “Yusuf”, “Molik”, ““Komilu kamol va moliku lakom”, “Roziy” va “Pahlavon” ismlariga yozilgan muammo janridagi she’rlari olindi. Tadqiqotda muammo yechishning qalb, intiqod, tas’hif va ta’lif amallaridan, shuningdek, kuzatish, induksiya, tahlil kabi tadqiqot metodlaridan foydalanildi. TAHLIL VA NATIJALAR. Muammo yechishning keng qo‘llaniladigan usullaridan biri bo‘lgan qalb qoidasi muammoshunoslar nazdida besh uslubda bajariladi: 1) qalbi kull – ma’lum so‘zni o‘z tartibida to‘la holda teskari o‘qish; 2) qalbi ba’z – so‘zning ba’zi qismlarini o‘zgartirib o‘qish; 3) qalbi kulliy – ikki yoki ortiq so‘z harflarining tartibini o‘zgartirmasdan o‘qish orqali ism hosil qilish. Bunda so‘zlarning o‘rni va harflarning zeru zabarlari o‘zgarishi mumkin; 4) qalbi va’ziy – ma’lum so‘zning boshi yoki oxiriga boshqa so‘zdan harf olib qo‘shish va hosil bo‘lgan harfiy majmuani teskari o‘qish. Bunda “qalb”, “aks” va “davr” kabi so‘zlardan ishora sifatida foydalaniladi; 5) qalbi ja’liy – ma’lum so‘zdagi harflar tartibini o‘zgartirib o‘qish. Ular umumlashtirilsa, qalb qoidasiga ko‘ra, muammoda yashirilgan ism biror so‘z yoki uning ma’lum qismi, shuningdek, ba’zan birikma (ibora) tarkibining o‘rnini almashtirib, o‘zgartirib o‘qish orqali topiladi [2: 15]. Ogahiy muammolarida ham qalb qoidasining bir qancha turlaridan unumli foydalanilgan bo‘lib, bu muammolar hal(l)ini topish o‘quvchidan o‘tkir zehn, teran 128 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 17(52), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.07.2025 tafakkurni talab qiladi va kitobxon aqlini charxlaydi. Shoir muammolarini amalda yechib ko‘rish orqali Ogahiy abadiyatini yana bir karra kashf qilish mumkin. “G‘arib” ismiga yozilgan muammosi: No‘sh qilmoqg‘a javon yanglig‘ oyog‘, Bir ko‘ngli tilagay go‘shai bog‘ [3: 467]. Hall qilish: ism moddasi “bir”, “ko‘ngil” va “bog‘” so‘zlaridir. Qalb qoidasining birinchi turi bo‘lgan qalbi kull (ma’lum so‘zni o‘z tartibida to‘la holda teskari o‘qish) qoidasi asosida “bir” so‘zini teskari o‘qisak
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматриваются проблемы, решаемые на основе «правила кальба» (транспозиции) в творчестве Мухаммадризо Агахи.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматриваются проблемы, решаемые на основе «правила кальба» (транспозиции) в творчестве Мухаммадризо Агахи. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- problem, problem-solving, noun modification, qalb, qalb-i kull
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026