Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
JAMIYATDA SHAXS IJTIMOIYLASHUVI JARAYONINING PSIXOLOGIK JIHATLARI
SCIENCE SHINE · Tursunov Burxon Saydaxmatovich
Свет науки · 1 · 112-135 · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada shaxsning jamiyatda ijtimoiylashuvi jarayoni va uning psixologik jihatlari tahlil qilishga harakat qildik. Ijtimoiylashuv insonning jamiyatga moslashuvi, ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishi hamda shaxsiy rivojlanishida muhim rol o‘ynaydigan jarayon sifatida qaraladi. Maqolada ijtimoiylashuvda mahalla, oila, maktab, tengdoshlar, ommaviy axborot vositalari va bu jarayonga ta’sir qiluvchi psixologik omillar (emotsional rivojlanish, o‘zini anglash, moslashuvchanlik) aks ettirishga harakat qilindi. Shuningdek, ijtimoiylashuvning buzilishi (masalan, ijtimoiy izolyatsiya yoki konformizm) psixologik oqibatlari bilan birga ko‘rib chiqildi. Kalit so’zlar: jamiyat, ijtimoiylashuv, shaxs, rivojlanish, psixologik moslashuv, ijtimoiy omillar, oila va tarbiya, psixologik, konformizm, ijtimoiy izolyatsiya, muomala psixologiyasi, jamiyatga moslashuv. Annotation:In this article, we attempted to analyze the process of socialization of the individual and its psychological aspects. Socialization is viewed as a process that plays an important role in a person’s adaptation to society, assimilation of social experience, and personal development. The article highlights the stages of socialization, its main agents (family, school, peers, mass media), and the psychological factors influencing this process (emotional development, self- awareness, adaptability). Furthermore, the disruption of socialization (such as social isolation or conformism) is considered along with its psychological consequences. Keywords: activity, socialization, personality development, psychological adaptation, social factors, family and upbringing, conformism, social isolation, communication psychology, adaptation to society. Annotatsiya: V dannoy state predprinyata popыtka proanalizirovat protsess sotsializatsii lichnosti i yego psixologicheskie aspektы. Sotsializatsiya rassmatrivaetsya kak protsess, igrayuщiy vajnuyu rol v adaptatsii cheloveka k obщestvu, usvoenii sotsialnogo opыta i lichnostnom razvitii. V state otrajenы etapы sotsializatsii, yeyo osnovnыe agentы (semya, shkola, sverstniki, sredstva massovoy informatsii), a takje psixologicheskie faktorы, vliyayuщie na dannыy protsess (emotsionalnoe razvitie, samosoznanie, adaptivnost). Takje rassmotrenы narusheniya 122 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 17(52), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.07.2025 protsessa sotsializatsii (naprimer, sotsialnaya izolyatsiya ili konformizm) i ix psixologicheskie posledstviya. Klyuchevie slova: deyatelnost, sotsializatsiya, razvitie lichnosti, psixologicheskaya adaptatsiya, sotsialnыe faktorы, semya i vospitanie, konformizm, sotsialnaya izolyatsiya, psixologiya obщeniya, adaptatsiya k obщestvu. Inson tabiatiga xos eng muhim xususiyatlardan biri bu uning jamiyat bilan uzviy aloqada yashashi hamda hayot tarzini o‘tashidir. Har bir inson o‘z hayotining ilk bosqichlaridanoq ijtimoiy muhit ta’sirida rivojlanadi, jamiyatdagi, atrof-muhitdagi qadriyatlar, urf odatlar, me’yorlar, xatti-harakat andozalarini o‘zlashtiradi hamda takomillashtiradi. Ushbu uzluksiz va murakkab jarayon psixologiyada ijtimoiylashuv deb ataladi. Ijtimoiylashuv shaxsning ijtimoiy hayotida, faoliyatida ijtimoiy tajriba orttirishiga, o‘zini jamiyatda anglash va munosib o‘rin egallashiga shart sharoitlar yaratadi. U insonning psixologik rivojlanishi, shaxsiy identiteti, moslashuvchanligi hamda kommunikativ salohiyati kabi muhim jihatlari bilan uzviy bog‘liqdir. Bugungi zamonamizning globallashuv va axborot oqimining kuchaygan sharoitida shaxsning ijtimoiylashuvi tobora murakkablashib, takomillashib bormoqda. Ayniqsa, yosh avlodning to‘g‘ri ijtimoiy shakllanishi davlat, jamiyat taraqqiyoti uchun muhim omilga aylanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bu masalaga alohida e’tibor qaratib, “Yangi O‘zbekistonni barpo etishda, eng avvalo, ongli, faol va sog‘lom fikrlaydigan yosh avlodni tarbiyalashimiz lozim. Shunday yoshlar borki, ularni oila, maktab va jamiyat birdek tarbiyalashi kerak”21 deb ta’kidlab o‘tgan edi. Darhaqiqat, shaxsning shakllanishida, rivojlanishida jamiyat, ijtimoiy muhit, ijtimoiy institutlarning o‘rni va o‘zaro uyg‘unlikdagi faoliyat yuritishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu faoliyatni amalga oshirishda oila, mahalla, maktab, oliy ta’lim muassasalari va media muhitining hamkorligi va roli psixologik nuqtai nazardan muhim sanaladi. Ijtimoiylashuv tushunchasi psixologiya fanida shaxsning jamiyatga moslashuvi va ijtimoiy tajriba orttirish jarayoni sifatida talqin qilinadi. Bu boradagi adabiyotlarni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, har bir shaxs ijtimoiy hayotga faol tarzda qo‘shilmas ekan, u to‘liq yetuk shaxs sifatida shakllanishi qiyinlashadi. Psixolog A.V.Petrovskining fikricha, ijtimoiylashuv bu insonning jamiyatdagi rolini anglab yetishi va bu rolni faol ijro etishga tayyor bo‘lishidir. U bu jarayonni faqat tashqi 21 Mirziyoyev Sh. M., Yangi O‘zbekiston strategiyasi. Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati. https:
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada shaxsning jamiyatda ijtimoiylashuvi jarayoni va uning psixologik jihatlari tahlil qilishga harakat qildik.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada shaxsning jamiyatda ijtimoiylashuvi jarayoni va uning psixologik jihatlari tahlil qilishga harakat qildik. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- activity, socialization, personality development, psychological
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026