К содержанию
РецензированоUZ2025

O’ZBEK TILIDA HURMAT KATEGORIYASI VA UNING O’RGANILISH TARIXI

SCIENCE SHINE · Abduraxmonova Irodaxon Shuhratjon qizi

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada O’zbek tilida hurmat ma’nosini ifodalovchi vositalarning tuzilishi, vazifasi, semantik xususiyatlari va qo’llanish jihatlarining tahlili hurmat ma’nosi lisoniy va nutqiy vositalarga ega bo’lgan ijtimoiy-ijobiy subyektiv ma’no ekanligini tadqiq etilgan. Kalit so‘zlar: Kategoriya, grammatik kategoriya, leksik – semantik hodisa, component, kontekstual, adressativ, gonorativ. Ma’lumki, grammatikada so’z shakli va ularning birikish qonuniyatlari o’rganiladi. Demak, grammatika o’zaro uzviy bog’langan morfologiya va sintaksisdan tashkil topadi va so’z uning tayanch unsuri sanaladi. Shuningdek, an’anaviy tilshunoslikda grammatikaning tayanch unsuri sifatida kategoriya ham tushuniladi: egalik kategoriyasi, ko’plik kategoriyasi, shaxs-son kategoriyasi, kesimlilik kategoriyasi, modallik kategoriyasi kabi. Kategoriya muayyan ma’no va shakllar tizimidan iborat bo’lib, grammatika tarkibiga kiradi va kengroq tushunchani bildiradi. Chunki, kategoriya keng ma’noda fonetik, leksik yoki semantik hodisalar tizimidan ham tashkil topishi mumkin. Kategoriya tushunchasi murakkab bo’lib, boshqa fan sohalarida ham uchraydi. Shunindek, kategoriyalar mohiyati jihatidan o’zaro farqlanadi, ifodalanish usuli, tasvir vositalariga ko’ra bir-biriga o’xshamaydi. Masalan, kelishiklar tizimi sof Grammatik kategoriya sanaladi, unlilar tizimi – fonetik, so’z yasovchi affikslar tizimi – leksik-grammatik, hurmatlash, sizsirash hodisalari ijtimoiy-lisoniy kategoriya hisoblanadi. Kishilik jamiyati mavjud ekan, insonlar o’rtasida turli xil ijtimoiy munosabatlar bo’ladi. Tabiiyki, bu munosabat, shubhasiz, ular tilida o’z ifodasini topadi. O’zbek tili ham bundan holi emas. Kishilar o’rtasidagi ijobiy munosabatlar turli ko’rinishlarda tilning barcha sathlarida o’z ifoda shakllariga ega bo’ladi. Ishda hurmat kategoriyasining lisoniy-nutqiy xususiyati, ya’ni uni ifodalovchi vositalarning tuzilishi, mazmuni, vazifasi va qo’llanishi jihatlari bir tizimda 118 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 17(52), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.07.2025 birlashtirilib, uzvli (komponent), matniy (kontekstual) tahlil usullaridan foydalanilgan holda tahlil etildi. Hurmat ma’nosini ifodalovchi nolisoniy vositalar deb tabassum bilan qarshi olish, yugurib kelib, tikka turib egilib ta’zim qilish, qo’lni ko’ksiga qo’yib salom berish kabi hurmat xulqi (odobi) ko’rinishlari tushuniladi. Hurmat ma’nosini ifodalovchi lisoniy va nolisoniy vositalar orqali hurmat ma’nosining ifodalanish darajasi qo’llanish doirasi bir xil bo’lmaydi [2;39]. Vositalarning tuzilishi, vazifasi, ma’no xususiyatlariga qarab, ularning hurmat kategoriyasidagi mavqei, hurmatni ifodalash darajasi aniqlanadi. O’zbek tilida hurmat ma’nosini ifodalovchi vositalarning tuzilishi, vazifasi, semantik xususiyatlari va qo’llanish jihatlarining tahlili hurmat ma’nosi lisoniy va nutqiy vositalarga ega bo’lgan ijtimoiy-ijobiy subyektiv ma’no ekanligini ko’rsatadi. Til hodisalarining ijtimoiy omil bilan bog’liqligi ayrim tilshunos olimlar tomonidan asoslangan [5;176]. Keyinchalik bu hodisaga rus va o’zbek tilshunosligida ham e’tibor berilgan. Ijtimoiy omil deganda eng avvalo suhbatdoshlar o’rtasidagi turli ijtimoiy munosabatlar ko’zda tutiladi. O’zbek tilida hurmat kategoriyasi ijtimoiy-lisoniy hodisa sifatida mavjud bo’lib, o’z leksik-grammatik vositalariga va ifodalanish usullariga egadir. Shu o’rinda hurmat kategoriyasining o’rganilish tarixiga nazar tashlasak, kategoriyani turlicha tushunish oqibatida bo’lsa kerak hurmat ma’nosi, sizsirash hodisasi ko’pchilik tillarda alohida kategoriya sifatida o’rganilmagan; hurmat ma’nosini ifodalovchi vositalari esa boshqa unsurlar (masalan: modallikni ifodalovchi unsurlar) qatoriga qo’shib yuborilgan. Yapon tilida hurmat kategoriyasi ikki xil ifodalanishi ta’kidlangan. Bu haqda V.M.Alpatovning quyidagi fikrlari ahamiyatlidir: “Birinchisi “adressativ” kategoriya, bunda so’zlovchining suhbatdoshga, ikkinchisi “gonorativ” kategoriya so’zlovchining suhbatida so’z borayotgan o’zga shaxsga nisbatan ijobiy munosabatini ifodalaydi. Har qaysi kategoriya o’z ifodalanish shakli va tizimiga ega: adressativ kategoriya shakllari fe’l, predikativ sifat va bog’lama ko’rinishida; gonorativ kategoriya esa barcha mustaqil so’z turkumlari ko’rinishida namoyon bo’ladi. Adressativ kategoriyada adressativ va noadressativ, gonorativ kategoriyada betaraflik va kamtarlik bildiruvchi shakllar o’zaro ziddiyat hosil qiladi. Betaraf shakllar ham hurmat, ham kamtarlik ifodalay oladi. Bu shakllarning maxsus qo’shimchasi yo’q” [1;13]. 1944 yil A.G’ulomov o’zbek tilida hurmat ma’nosi ifodalanishi haqida birinchilardan bo’lib fikr yuritib, hurmat ma’nosi otning ko’plik qo’shimchasi bilan 119 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 17(52), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.07.2025 ifodalanishi haqida batafsil to’xtalib o’tgan. O’tgan asrning 50-60-yillarida hurmat ma’nosining ayrim morfologik vositalar, jumladan egalik affikslari vositasida ifodalanishi mumkinligi haqida N.K.

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada O’zbek tilida hurmat ma’nosini ifodalovchi vositalarning tuzilishi, vazifasi, semantik xususiyatlari va qo’llanish jihatlarining tahlili hurmat ma’nosi lisoniy va nutqiy vositalarga ega bo’lgan ijtimoiy…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada O’zbek tilida hurmat ma’nosini ifodalovchi vositalarning tuzilishi, vazifasi, semantik xususiyatlari va qo’llanish jihatlarining tahlili hurmat ma’nosi lisoniy va nutqiy vositalarga ega bo’lgan ijtimoiy… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tilida hurmat, hurmat nosini, nosini ifodalovchi, hurmat nosi, zbek tilida, vositalarning tuzilishi, ifodalovchi vositalarning
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники