Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
HUDUDLARDA TRANSPORT LOGISTIKASI VA INFRATUZILMASIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR ORASIDAGI BOG‘LANISHLARNING EKONOMETRIK TAHLILI
SCIENCE SHINE · EKONOMETRIK TAHLILI · Maxmanov Asliddin Shokir o‘g‘li
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada hududlarda transport-logistika tizimi va infratuzilmasining o‘zaro bog‘liqligi, ularning iqtisodiy rivojlanishga ta’siri hamda asosiy omillar o‘rtasidagi bog‘lanishlar ekonometrik usullar yordamida tahlil qilingan. Tadqiqotda Qashqadaryo viloyati misolida transport infratuzilmasi holati, yuk tashish hajmi, investitsiya miqdori, yo‘l sifati, ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari kabi omillar o‘rtasidagi statistik bog‘liqlik aniqlanib, ularning logistika samaradorligiga ta’siri baholandi. Ekonometrik model natijalari ushbu omillar o‘rtasida sezilarli korrelyatsiya mavjudligini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari hududiy rivojlanishni jadallashtirish, logistik xizmatlar sifatini oshirish hamda infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar. Transport logistikasi, infratuzilma, hududiy rivojlanish, ekonometrik tahlil, regressiya modeli, Qashqadaryo viloyati, yuk tashish hajmi, investitsiyalar, logistika samaradorligi, transport tarmoqlari. Kirish. Mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi ko‘p jihatdan transport- logistika tizimining samaradorligiga bog‘liq. Zamonaviy logistika va transport infratuzilmasi nafaqat tovarlar va xizmatlar aylanishini tezlashtiradi, balki hududlararo iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni milliy va xalqaro bozorga olib chiqishda ham muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda transport tarmoqlarini rivojlantirish, avtomobil va temir yo‘llarni rekonstruksiya qilish, logistika markazlari va bojxona postlarini yangilash kabi keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. Xususan, Qashqadaryo viloyati mintaqaviy rivojlanishning muhim hududi sifatida, transport-logistika infratuzilmasining barqaror ishlashi orqali respublikaning janubiy 40 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 17(52), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.07.2025 hududlari bilan aloqalarni kengaytirish imkoniga ega. Biroq, transport-logistika infratuzilmasi samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar ko‘p va murakkab bo‘lib, ularni chuqur tahlil qilish zarur. Bu omillar orasida transport tarmoqlarining zichligi, yo‘llar sifati, yuk tashish hajmi, investitsiya oqimlari, sanoat salohiyati va ijtimoiy infratuzilma kabi ko‘rsatkichlar muhim o‘rin tutadi. Ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aniqlash uchun matematik-statistik va ekonometrik modellashtirish usullaridan foydalanish dolzarb ahamiyatga ega. Mazkur maqolada hududlarda, xususan Qashqadaryo viloyatida, transport-logistika infratuzilmasiga ta’sir etuvchi omillar va ularning o‘zaro aloqasi ekonometrik modellar asosida tahlil qilinadi. Maqolaning asosiy maqsadi – transport-logistika tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy asoslangan xulosalar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot metodologiyasi. Ushbu tadqiqotda Qashqadaryo viloyatida transport- logistika tizimi va infratuzilmasining rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘lanishlar ekonometrik modellashtirish orqali o‘rganildi. Tadqiqotning asosiy maqsadi – transport-logistika samaradorligi bilan bog‘liq omillarni aniqlash, ularning ta’sir kuchini miqdoriy baholash hamda o‘zaro aloqadorlik darajasini statistik usullar asosida tahlil qilishdan iborat. Tadqiqot ob’ekti sifatida Qashqadaryo viloyatining transport-logistika infratuzilmasi tanlandi. 2020–2024 yillar oralig‘idagi yillik rasmiy ma’lumotlar asosida tahlillar olib borildi. Asosiy ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Transport vazirligi, Qashqadaryo viloyati iqtisodiy taraqqiyot boshqarmasi va xalqaro ochiq bazalardan (World Bank LPI, UNESCAP) olindi. Tadqiqotda foydalanilgan asosiy o‘zgaruvchilar quyidagilardan iborat: Y (natijaviy o‘zgaruvchi) – transport-logistika samaradorligi (yo‘l sifati, yuk tashish hajmi va tranzit o‘tkazuvchanlik asosida baholangan integral ko‘rsatkich); X₁ – transport infratuzilmasiga yo‘naltirilgan investitsiyalar (mlrd so‘m); X₂ – viloyatda tashilgan yuklar hajmi (ming tonna); X₃ – avtomobil yo‘llarining yaxshi holatda bo‘lish foizi (%); X₄ – sanoat ishlab chiqarish hajmi (mlrd so‘m). Mazkur omillar o‘rtasidagi munosabatni baholash uchun oddiy ko‘p o‘zgaruvchili chiziqli regressiya modeli (OLS – Ordinary Least Squares) qo‘llanildi. Model quyidagi ko‘rinishga ega: Y = β + β X + β X + β X + β X + ε (1) 0 1 1 2 2 3 3 4 4 Bu yerda β , β , β , β , β – omillarning ta’sir koeffitsiyentlari, ε esa tasodifiy 0 1 2 3 4 xatolikni bildiradi. 1-jadval 41 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 17(52), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.07.2025 Qashqadaryo viloyatida transport-logistika samaradorligiga ta’sir etuvchi asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasi (2020–2024 yillar)4 Yuk hajmi Ishlab Investitsiya Yo‘l sifati Logistika Yil (X₂, ming chiqarish (X₁, mlrd) (X₃, %) indeksi (Y) t) (X₄, mlrd) 2020 350 1250 58 4800 4.5 2021 370 1400 60 5000 4.9 2022 410 1600 63 5300 5.3 2023 450 1700 67 5500 5.8 2024 480 1900 70 58
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada hududlarda transport-logistika tizimi va infratuzilmasining o‘zaro bog‘liqligi, ularning iqtisodiy rivojlanishga ta’siri hamda asosiy omillar o‘rtasidagi bog‘lanishlar ekonometrik usullar yordamida tahl…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada hududlarda transport-logistika tizimi va infratuzilmasining o‘zaro bog‘liqligi, ularning iqtisodiy rivojlanishga ta’siri hamda asosiy omillar o‘rtasidagi bog‘lanishlar ekonometrik usullar yordamida tahl… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- omillar rtasidagi, qashqadaryo viloyati, yuk tashish, tashish hajmi, sir etuvchi, etuvchi omillar, qashqadaryo viloyatida
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014