К содержанию
РецензированоUZ2025

HOZIRGI ZAMONNING EKOLOGIK MUAMMOLARI VA ULARNI INSON HUQUQLARIGA TA’SIRI

SCIENCE SHINE · HUQUQLARIGA TA’SIRI · Otakova Mahbuba Alisherovna

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

This article covers the most pressing environmental problems today, their causes, and impact on human life. Attention was also paid to ways to eliminate these problems and issues of international cooperation. Kalit so‘zlar: ekologiya, iqlim o‘zgarishi, chiqindilar, suv tanqisligi, biologik xilma-xillik, atrof-muhit muhofazasi, Orol muammosi, atmosfera ifloslanishi, ekologik tizim buzilishi, cho‘llanish va tuproq eroziyasi Anahtar kelimeler: ekoloji, iklim değişikliği, atıklar, su kıtlığı, biyolojik çeşitlilik, çevre koruma, Aral Gölü sorunu, atmosferin kirlenmesi, ekolojik sistemin bozulması, çölleşme ve toprak erozyonu Keywords: ecology, climate change, waste, water scarcity, biodiversity, environmental protection, Aral Sea problem, atmospheric pollution, disruption of the ecological system, desertification and soil erosion. So‘nggi o‘n yilliklarda ekologik muammolar butun dunyo miqyosida insoniyat oldida turgan eng dolzarb masalalardan biriga aylangan. Texnologik taraqqiyot, sanoatning rivojlanishi va urbanizatsiya natijasida tabiatda muvozanat buzilib, insoniyat yashashi uchun xavf tug‘dira boshladi. Shu kabi ekologik muammolardan qoʽyidagilarni sanab oʽtsak maqsadga muvofiq boʽladi. 27 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 17(52), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.07.2025 • Iqlim o‘zgarishi: Global haroratning ortib borishi, muzliklarning erishi, dengiz sathining ko‘tarilishi va haddan tashqari ob-havo hodisalari (qurg‘oqchilik, toshqinlar) – bularning barchasi iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlaridandir. Bu holat asosiy issiqxona gazlari, ya’ni karbonat angidrid (CO₂), metan (CH₄) va azot oksidi (N₂O) miqdorining ortishi bilan bog‘liq. • Atmosfera ifloslanishi: Atmosferaga chiqayotgan zararli gazlar, chang va boshqa moddalarning ko‘payishi nafaqat tabiatga, balki inson salomatligiga ham jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Xususan, yirik shaharlar hududida havo sifati keskin yomonlashmoqda. • Chiqindilar va ularni boshqarish muammosi: Plastik chiqindilarning ko‘payishi, ularni qayta ishlash tizimining yetarlicha samarali ishlamasligi, zaharli sanoat chiqindilari ekologik muhitga katta zarar yetkazmoqda. Ayni paytda, chiqindilarni qayta ishlash, kompostlash va ekologik toza mahsulotlardan foydalanish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda, biroq bu yetarli emas. • Suv tanqisligi va ifloslanishi: Toza ichimlik suvi resurslarining kamayishi va daryolar, ko‘llarning ifloslanishi dunyo miqyosida ekologik inqirozni kuchaytirmoqda. Suv tanqisligi nafaqat qurg‘oqchil mintaqalarda, balki rivojlangan davlatlarda ham sezilmoqda. • Biologik xilma-xillikning kamayishi1: O‘rmonlarning kesilishi, yovvoyi hayvonlar yashash joylarining qisqarishi, pestitsid va kimyoviy o‘g‘itlarning haddan tashqari ishlatilishi hayvonot va o‘simliklar dunyosining keskin kamayishiga olib kelmoqda. Bu kabi dunyo miqyosidagi ekologik muammolardan tashqari vatanimizda ham juda koʽplab ekologik muammolar mavjudligi, hech birimizga sir emas. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyoning ekologik jihatdan nozik mintaqasida joylashgan bo‘lib, bu hududda yuzaga kelayotgan ekologik muammolar nafaqat mamlakat, balki butun mintaqaning barqaror rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Mustaqillikdan so‘ng ekologik muammolarni hal qilish bo‘yicha qator islohotlar amalga oshirilgan bo‘lsada, muammolar hanuz dolzarbligicha qolmoqda. Birgina: Orol fojiasi muammosi - O‘zbekiston va butun dunyo ekologlari e’tiboridagi eng yirik ekologik muammolardan biridir. Bugungi kunda dengizning butun qismi qurib ketgan, bu esa ekologik tizim buzilishi, iqlimning keskin issib ketishi, cho‘llanish va chang bo‘ronlarining ortishiga sabab bo‘lmoqda. Shu hududda 1 O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi rasmiy sayti – https://eco.gov.uz 28 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 17(52), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.07.2025 istiqomat qiluvchi aholi, qoʽshni hududlarda istiqomat qiluvchi aholining salomatligiga, qishloq xoʽjalik sohasiga katta zarar keltirmoqda, Orol hududida tez – tez sodir boʽlivchi “tuz boʽron”lari koʽplab qishloq xoʽjalik ekinlarini va oʽsimliklarni nobud boʽlishiga sabab boʽlmoqda. Bu kabi holatlarni bartaraf qilish borasida Oʽzbekiston va Qoraqolpogʽiston respublikalari koʽplab amaliy tadbirlarni tashkil qilmoqda. Zero, Oʽzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 49 - moddasida keltirib oʽtilganidek, “Davlat barqaror rivojlanish prinsipiga muvofiq, atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlash bo‘yicha chora- tadbirlarni amalga oshiradi. Davlat Orolbo‘yi mintaqasining ekologik tizimini muhofaza qilish hamda tiklash, mintaqani ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rivojlantirish yuzasidan choralar ko‘radi”2. Cho‘llanish va tuproq eroziyasi kabi muammolar ham Oʽzbekiston hududidagi katta ekologik muammo hisoblanib, Qashqadaryo, Buxoro, Navoiy va Qoraqalpog‘iston hududlarida yerlarning cho‘llanishi keng ko‘lamda kuzatilmoqda. Sug‘oriladigan yerlarda sho‘rla

Доказательный фрагмент

«This article covers the most pressing environmental problems today, their causes, and impact on human life.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article covers the most pressing environmental problems today, their causes, and impact on human life. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ecology, climate change, waste, water scarcity, biodiversity
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники