К содержанию
РецензированоUZ2025

TARBIYA INSON KAMOLOTI SARI YOʻL. MAKTABGACHA TA’LIMDA TARBIYANING TUTGAN O‘RNI

SCIENCE SHINE · TARBIYANING TUTGAN O‘RNI · Xayrullayeva Sevara Ubaydullo qizi

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada inson kamolotiga ta’sir etuvchi tashqi omillar, oilada tarbiyaning ahamiyati, bolani tarbiyalashda qanday jihatlarga e’tibor berish kerak kabi fikrlar yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: Tarbiya, muhit, intellektual, shaxs, kamolot, qobilyat, sotsial, jismoniy, pedagogik, taraqqiyot, layoqat, maktabgacha ta’lim yoshi, tarbiyalanuvchi, tarbiyalash, ta’lim va tarbiya uyg‘unligi. Kirish. Tarbiya muhit kabi inson kamolotiga ta’sir etuvchi tashqi omillardan hisoblanadi. Uning farqli tomoni va xususiyati shundaki, tarbiya aniq maqsadni ko‘zlab, sistemali ravishda, insonda ijobiy fazilatlarni tarkib toptirish yo‘lida tarbiyachining rahbarligida amalga oshirilib boriladi. Ammo tarbiya ta’sirining kuchi va uning natijasi irsiyat va muhit kabi omillarning hamkorligi bilan belgilanadi. Inson kamoloti irsiyat yo‘li bilan orttirilgan va tabiiy layoqatlar bilan belgilanib qolmay balki, butun hayoti davrida uni qurshab olgan voqealik ta’sirida orttirgan xususiyat va sifatlar bilan belgilanadi. Lekin tarbiya odamning ko‘zi, sochi, terisining rangi, badan tuzulishiga ta’sir ko‘rsataolmaydi. Lekin shunday bo‘lsada tarbiya jismoniy taraqiyyotga ta’sir etishi mumkin. Sababi maxsus tashkil etilgan jismoniy mashqlar orqali bolaning salomatligi mustahkamlanadi va chiniqtirib boriladi. Bolaning jismonan sog‘lom, axloqan pok, mehnatsevar, madaniyatli intellektual salohiyatli bo‘lib o‘sishida jamiyatimiz manfaatdor. O‘quv tarbiyaviy muassasalarning tarbiya borasidagi ishlari qanchalik yaxshi yo‘lga qo‘yishdan qat’iy nazar, tarbiya masalalarini oila hal qiladi. Bog‘cha va maktablar ta’lim bersa va tarbiyalasa, ota-onalar faqat tarbiyalabgina qolmay, ular bilan birga yashaydilar. Ota- onalarning farzand uchun fidoyi bo‘lishligi o‘zbek millatiga xos bo‘lgan ajoyib fazilatdir. Jumladan, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlagandek “Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala-bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan rivojlanyapti. Bu rivojlanishlarni hammadan ham ko‘p his etadigan kim?-yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, 85 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 16(51), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.06.2025 degan da’vat ularning qalbida doimo aks sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimani hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan”. Asosiy qism. Tarbiya shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma’naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo‘lgan hissiyotlarga ega bo‘lishini ta’minlash yo‘lida ko‘riladigan chora- tadbirlar yig‘indisi. Inson tarbiyasi hamma davrlarda muhim ijtimoiy vazifa hisoblanib, yaxshi tarbiya ko‘rgan insonga jamiyat boyligi deb qaralgan. Inson ziynati u egallagan bilimlari bilan o‘lchangan. Islom dini ta’limotida bilimli insonlar yetuk deb sanalsa, mutafakkirlarimiz qarashlarida komil isnon bo‘lish uchun ko‘pgina xususiyatlarni egallash lozimligi o‘z aksini topganini ko‘rishimiz mumkin. Insoniyaning ko‘payishi tabiat qonuni bo‘lgani kabi bola dunyoga kelgan kunidan boshlab ota-onaning bola tarbiyasi uchun javobgarligi ham jamiyatimizning qonunidir. Azaldan bola tarbiyasi bilan yoshligidan, asosan, ona shug‘ullangan, otaning asosiy vazifasi oilani boqish bo‘lib, uyda bo‘lgan vaqtda bolani nazorat qilib borishdan iborat edi. Bugungi bola o‘tgan asr bolasidan keskin farq qiladi, o‘zbek o‘g‘il-qizlari zamonaviy komil inson siymosiga ega bo‘lmog‘i lozim. Bola, asosan, oilada tarbiyalanadi. Oila o‘z muhiti orqali bolaning dunyoqarashiga va xulqiga doimo o‘z ta’sirini o‘tkazib turadi. Odamning qanday shakllanishi narsa va xodisalarning, avvalo qaysi tomonini (yaxshi – yomon, ijobiy – salbiy, foydali – zararli, va boshqalar) o‘zlashtirishiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Shunga ko‘ra dastlab ota – onalar bolada insonning ko‘rki va ziynati hisoblangan o‘zbek xalqiga xos bir qator noyob xislatlarga: rostgo‘ylik, inoqlik, tantilik, vijdonlilik, mehmondo‘stlik, ota – onalar va kattalarga hurmat, samimiylik, qadr – qimmatni saqlash, mehr – oqibatli bo‘lish, o‘zaro yordam kabi yaxshi fazilatlarga havas, yomon illatlarga esa nafrat uyg‘otib borishlari alohida ahamiyatga ega. Buning uchun ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan bola tarbiyasiga bog‘liq milliy qadriyatlarimizdan oqilona foydalanish maqsadga muvofiqdir. A.Avloniyning fikricha, odam tug‘ilishidan yomon xulq bilan tug‘ilmaydi. Muayyan bir sharoitda yomon tarbiya natijasida ularda yomon xulq paydo bo‘ladi va shakllanib boradi. Insondagi qobilyatni kamolga yetkazish tarbiya bilan amalga oshadi. Agar inson yaxshi tarbiya topib yomon xulqlardan saqlansa, go‘zal xulqlarga odatlanib, voyaga yetsa, u barchaning hurmati va e’tiboriga sazovor bo‘ladi. Aksincha bo‘lsa, har qanday buzuq ishlarni qiladigan, nodon, johil, yovuz bir od

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada inson kamolotiga ta’sir etuvchi tashqi omillar, oilada tarbiyaning ahamiyati, bolani tarbiyalashda qanday jihatlarga e’tibor berish kerak kabi fikrlar yoritib berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada inson kamolotiga ta’sir etuvchi tashqi omillar, oilada tarbiyaning ahamiyati, bolani tarbiyalashda qanday jihatlarga e’tibor berish kerak kabi fikrlar yoritib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
inson kamolotiga, kamolotiga sir, sir etuvchi, etuvchi tashqi, tarbiya muhit, bog liq, yaxshi tarbiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники