Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TELEFON – O‘QUVCHILAR UCHUN ZAMONAVIY O‘QUV VOSITASI YOKI CHALG‘ITUVCHI OMILMI?
SCIENCE SHINE · YOKI CHALG‘ITUVCHI OMILMI? · Saparova Ozoda Otaqulovna
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
This article examines the positive and negative impact of the telephone as a modern information and communication tool on the lives and educational process of students. The useful aspects of the telephone in educational activities - obtaining knowledge, obtaining instant information, and the ability to use educational applications - are analyzed, as well as its negative effects - problems such as distraction, wasting time, and Internet addiction. The article also provides practical recommendations for parents and teachers on the rational use of telephones. The study was conducted based on the habits of schoolchildren using digital devices. Keywords. Telephone, students, education, technology, distraction factor, digital tool, Internet addiction, modern education, educational applications, psychological impact Annotatsiya. Mazkur maqolada zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositasi sifatida telefonning o‘quvchilar hayoti va ta’lim jarayoniga ko‘rsatadigan ijobiy va salbiy ta’siri yoritilgan. Telefonning o‘quv faoliyatidagi foydali jihatlari – bilim olish, tezkor axborotga ega bo‘lish, o‘quv ilovalardan foydalanish imkoniyatlari bilan birga, uning salbiy ta’siri – chalg‘ituvchanlik, vaqtni behuda sarflash, internetga qaramlik kabi muammolar tahlil qilingan. Maqolada shuningdek, telefonlardan oqilona foydalanish bo‘yicha ota-onalar va pedagoglarga amaliy tavsiyalar berilgan. Tadqiqot maktab o‘quvchilarining raqamli qurilmalardan foydalanish odatlariga asoslangan holda olib borilgan. Kalit so‘zlar. Telefon, o‘quvchilar, ta’lim, texnologiya, chalg‘ituvchi omil, raqamli vosita, internetga qaramlik, zamonaviy ta’lim, o‘quv ilovalar, psixologik ta’sir. XXI asr – raqamli texnologiyalar asri. Hozirgi kunda har bir o‘quvchining hayotida mobil telefon muhim o‘rin egallagan. Bu qurilma nafaqat muloqot vositasi, balki o‘quv ilovalari, bilim manbalari, multimediyaviy resurslar va ijtimoiy tarmoqlarni o‘z ichiga olgan keng ko‘lamli raqamli yordamchiga aylangan. Shu bilan birga, mobil telefonning o‘quvchilar hayotiga salbiy ta’siri, ya’ni darsga chalg‘itishi, 44 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 16(51), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.06.2025 internetga qaramlikni kuchaytirishi, salomatlik va ruhiy holatga salbiy ta’siri haqida ham ko‘plab bahslar mavjud. Telefonning ijobiy ta’sirlari Mobil telefonlardan ta’limda foydalanish, ayniqsa pandemiyadan so‘ng, yanada kengaydi. O‘quvchilar o‘z bilimlarini mustahkamlashda telefon orqali quyidagi imkoniyatlarga ega: Tezkor axborot olish: Internet orqali kerakli ma’lumotni topish va tahlil qilish imkoniyati. O‘quv ilovalari: Duolingo, Coursera, Khan Academy, Photomath kabi ilovalar orqali darslarga mustaqil tayyorgarlik ko‘rish. Multimediyaviy ta’lim: Video darslar, animatsiyalar va ovozli materiallar orqali vizual-audio o‘rganish imkoniyati. Masofaviy ta’lim: Telefon yordamida onlayn darslarda qatnashish, test topshirish va vazifalarni bajarish imkoniyati. Bu jihatlar telefonni zamonaviy o‘quv vositasi sifatida tan olishga asos bo‘ladi. Telefonning salbiy ta’sirlari Shu bilan birga, o‘quvchilarning telefon bilan haddan tashqari ko‘p shug‘ullanishi quyidagi muammolarga sabab bo‘lmoqda: Darsga chalg‘itish: O‘quvchi dars davomida telefon o‘ynashi, ijtimoiy tarmoqlarni kuzatishi yoki o‘yinlarga berilib ketishi mumkin. Sog‘liq muammolari: Ko‘zni zo‘riqtirishi, asabiylik, uyqu buzilishi, jismoniy harakatsizlik. Ruhiy holatga salbiy ta’sir: Telefon orqali noto‘g‘ri axborotlarga duch kelish, virtual hayotga haddan ortiq bog‘lanish. Ijtimoiy chekinish: Real muloqotdan uzoqlashish, yolg‘izlik hissi va o‘zini yakkalash. Aynan shu jihatlar telefonni “chalg‘ituvchi omil” sifatida ko‘rishga sabab bo‘lmoqda. Psixologik-pedagogik yondashuv O‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, ularning telefon ishlatish madaniyatini shakllantirish zarur. Bu borada ota-onalar va pedagoglar birgalikda quyidagi ishlarni amalga oshirishlari mumkin: Telefon ishlatish vaqtini nazorat qilish; Foydali ilovalardan foydalanishni targ‘ib qilish; Virtual va real hayot o‘rtasidagi muvozanatni saqlash; Internetdagi xavflar haqida tushuntirish berish. 45 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 16(51), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.06.2025 1. Maktabda telefon ishlatish qoidalari ishlab chiqilishi kerak (masalan, faqat darsdan keyin yoki uy vazifasi uchun). 2. O‘quvchilarga raqamli madaniyat, axborot xavfsizligi haqida muntazam ma’lumot berib borish. 3. Ota-onalar farzandlari bilan telefon ishlatish bo‘yicha kelishuvga ega bo‘lishi zarur. 4. Dars jarayonlarida telefonni ta’limiy vosita sifatida integratsiyalash: viktorinalar, onlayn testlar, QR-kodli topshiriqlar. Farzandlaringiz har kuni internetda nimalar bilan shug‘ullanayotgani haqida so‘rang va bu o‘ziga xos “hisobot”ni ijtimoiy tarmoqlarga kirish shartiga aylantiring. Ulardan onlaynda nima ko‘rayotgani va hatto qanday yangiliklar haqida eshitayotgani haqida so‘rang. Ularga ko‘rgan narsasi bilan ishlash uchun imkon bering, ularg
Доказательный фрагмент
«This article examines the positive and negative impact of the telephone as a modern information and communication tool on the lives and educational process of students.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article examines the positive and negative impact of the telephone as a modern information and communication tool on the lives and educational process of students. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Telephone, students, education, technology, distraction factor
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014