К содержанию
РецензированоUZ2026

DORI VOSITALARIDAN NOTO'G'RI FOYDALANISHNING OLDINI OLISHDA FARMATSEVTLARNING O'RNI

OLISHDA FARMATSEVTLARNING O'RNI · Ashurov Ubaydullo

Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026

Аннотация

Dori vositalaridan noto'g'ri foydalanish global sog'liqni saqlash muammosi bo'lib, jiddiy tibbiy va ijtimoiy oqibatlarga olib keladi. Farmatsevtlarning dori vositalari bilan bog'liq bilimlari va bemorlar bilan bevosita aloqasi ularga ushbu muammoning oldini olishda muhim rol o'ynash imkonini beradi. Ushbu maqola dori vositalaridan noto'g'ri foydalanishning oldini olishda farmatsevtlarning o'rnini baholash bo'yicha mavjud adabiyotlarning bibliografik tahlilini taqdim etadi. Kalit so'zlar: dori vositalaridan noto'g'ri foydalanish, farmatsevt, farmatsevtik yordam, dorixona, bemorlar ta'limi, dori nazorati Dori vositalaridan noto'g'ri foydalanish - bu dori vositasining tibbiy maqsadga muvofiq bo'lmagan yoki shifokorning ko'rsatmasisiz qabul qilinishi. Bu holatga turli omillar sabab bo'lishi mumkin, masalan, dori vositalari haqida noto'g'ri ma'lumot, noto'g'ri davolash, dori vositalariga qaramlik va boshqalar. Dori vositalaridan noto'g'ri foydalanish sog'liq uchun jiddiy xavf tug'diradi, nojo'ya ta'sirlarni keltirib chiqaradi, davolash samaradorligini kamaytiradi va sog'liqni saqlash tizimiga yuklamani oshiradi. Farmatsevtlarning dori vositalari, ularning ta'siri, nojo'ya ta'sirlari va o'zaro ta'siri haqida chuqur bilimlari mavjud. Ular dorixonalarda bemorlar bilan bevosita aloqada bo'lish imkoniyatiga ega bo'lib, dori vositalaridan to'g'ri foydalanish bo'yicha maslahatlar berish va bemorlarni o'qitish imkoniyatiga ega. Asosiy qism: Farmatsevtik etik me’yorlarning dori vositalarini ishlab chiqarish, saqlash va realizatsiya qilishdagi o‘rni juda katta. Dori ishlab chiqarish jarayonida halollik, sifat, xavfsizlik va sog‘liqni saqlash manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yish zarur. Farmatsevtika sohasi inson salomatligi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan eng muhim tarmoqlardan biridir. Bu sohada dori vositalarining ishlab chiqarilishi va iste’molchiga yetkazilishi jarayonida halollik, sifat va xavfsizlik birlamchi ahamiyatga ega. Shu bois, farmatsevtik etik me’yorlarga amal qilish — zamonaviy sog‘liqni saqlash tizimining ajralmas qismidir. 1. Farmatsevtik etik me’yorlar nima? Farmatsevtik etik me’yorlar — bu dorixona va farmatsevtik kompaniyalar faoliyatini tartibga soluvchi axloqiy qoidalar majmuasidir. Ular quyidagi tamoyillar asosida shakllanadi: 133 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Bemorga zarar yetkazmaslik; Sifatli mahsulot yetkazish; Ijtimoiy adolat; Ishonchlilik va shaffoflik; Tijorat manfaatlarini bemorning sog‘lig‘idan ustun qo‘ymaslik. 2. Ishlab chiqarishda etik masalalar Dori ishlab chiqarish bosqichida etik muammolar quyidagi holatlarda yuzaga kelishi mumkin: Yaroqsiz yoki xavfli xomashyo ishlatilishi; Dori tarkibini noto‘g‘ri ko‘rsatish; Klinik sinov natijalarini yashirish; GMP (Good Manufacturing Practice) qoidalariga amal qilmaslik. Bunday xatti-harakatlar sog‘liq uchun jiddiy tahdid tug‘diradi va ishonchni yo‘qotadi. 3. Realizatsiya jarayonida etik muammolar Dorixonalarda etik muammolar quyidagicha namoyon bo‘ladi: Noto‘g‘ri dori tavsiya qilish (faqat ko‘proq foyda olish uchun); Qonunga xilof reklama; Yaroqlilik muddati o‘tgan mahsulotlarni sotish; Kontrfakt dorilarni sotish. Bu holatlar bemorga zarar yetkazish, davolanish jarayonini cho‘zish yoki asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. 4. O‘zbekistonda etik me’yorlar va muammolar O‘zbekistonda dorixona va ishlab chiqaruvchilarga nisbatan GXP (GMP, GDP, GSP) talablar belgilangan. Biroq amaliyotda etik qoidalarni buzilish holatlari kuzatiladi. Ba’zi dorixonalar malakasiz xodimlarni ishga olishadi, ayrim ishlab chiqaruvchilar esa sertifikatlash jarayonini to‘liq bajarmaydi. Shuningdek, tibbiy vakillar tomonidan bosim o‘tkazish (reklama orqali) ham jiddiy muammo sanaladi. 5. Xalqaro tajriba Yevropa Ittifoqi, AQSh, Yaponiya va boshqa rivojlangan davlatlarda farmatsevtik etik kodekslar qonuniy kuchga ega. Masalan, AQSh FDA (Food and Drug Administration) orqali etik nazoratni kuchli tashkil etgan. Kompaniyalar tomonidan bemorlar haqidagi ma’lumotlarni oshkor etish yoki soxta dori tarqatish holatlari og‘ir jazoga sabab bo‘ladi. Farmatsevtik etik me’yorlarga rioya qilish — nafaqat qonuniy, balki axloqiy majburiyatdir. Har bir ishlab chiqaruvchi va realizator tashkilot inson 134 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference salomatligi uchun javobgarligini chuqur anglab yetmog‘i lozim. O‘zbekiston farmatsevtika sohasida xalqaro standartlarga mos etik mexanizmlarni joriy etish orqali ishonchli, samarali va xavfsiz dori vositalarini ta’minlashga erishadi. Adabiyot tahlili dori vositalaridan noto'g'ri foydalanishning oldini olishda farmatsevtlarning muhim rol o'ynashini ko'rsatdi. Farmatsevtlarning asosiy vazifalari quyidagilarni o'z ichiga oladi: 1. Dori vositalari bo'yicha maslahatlar berish: Farmatsevtlarning bemorlarga dori vositalari, ularni qanday qabul qilish, nojo'ya ta'sirlari va o'zaro ta'siri haqida to'liq ma'lumot berish. 2. Do

Доказательный фрагмент

«Dori vositalaridan noto'g'ri foydalanish global sog'liqni saqlash muammosi bo'lib, jiddiy tibbiy va ijtimoiy oqibatlarga olib keladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Dori vositalaridan noto'g'ri foydalanish global sog'liqni saqlash muammosi bo'lib, jiddiy tibbiy va ijtimoiy oqibatlarga olib keladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
dori vositalaridan noto'g'ri foydalanish, farmatsevt, dorixona, dori nazorati, bemorlar ta'limi, farmatsevtik yordam
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники