Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI KITOBXONLIKKA O'RGATISH ASOSIDA KOMUNIKATIV KOMPENTENTLIGINI RIVOJLANTIRISH
Sulaymonova Sabinaxon Farmon qizi
Теоретические аспекты становления педагогических наук · 61 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini kitobxonlikka o‘rgatish jarayonida ularning kommunikativ kompetentligini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Tadqiqot davomida kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqish va mustaqil fikrlash orqali bolalarda tilni to‘g‘ri va erkin qo‘llash, muloqotga kirisha olish, o‘z fikrini aniq bayon eta olish ko‘nikmalari shakllanishi tahlil qilingan. Shuningdek, dars jarayonida o‘quvchilarning kommunikativ kompetentligini shakllantirishda adabiyot matnlari, suhbat, rolli o‘yinlar va ijodiy topshiriqlarning tutgan o‘rni yoritilgan. Kalit soʻzlar: kitobxonlik, boshlang‘ich sinf, kommunikativ kompetentlik, og‘zaki nutq, muloqot, fikrlash, adabiy matn Bugungi globallashuv jarayonida ta’lim-tarbiya sohasida yuz berayotgan tub islohotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, har bir insonning shaxsiy va ijtimoiy muvaffaqiyatlari, avvalo, uning bilimi, tafakkuri, nutq madaniyati va muloqotga kirishish qobiliyati bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu nuqtayi nazardan qaralganda, maktabgacha va ayniqsa boshlang‘ich ta’lim bosqichida o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish, o‘z fikrini mustaqil va lo‘nda bayon eta olish, atrofdagilar bilan to‘g‘ri va samarali muloqotga kirishish ko‘nikmalarini shakllantirish zarurati tobora ortib bormoqda. Boshlang‘ich sinf – bu nafaqat bilim berishning, balki shaxs sifatida o‘quvchini tarbiyalashning eng muhim poydevor bosqichidir. Bu davrda bola nafaqat o‘qish va yozishga o‘rganadi, balki atrofdagi olamni anglaydi, o‘z fikrini bildirishga, muloqotga kirishishga harakat qiladi. Shu bois, bu bosqichda o‘quvchilarning kommunikativ kompetentligini shakllantirish – ularni muvaffaqiyatli shaxs sifatida tarbiyalashning muhim shartidir. Bu kompetentlik orqali bola hayotiy faoliyatining barcha sohalarida, xoh o‘quv jarayonida, xoh ijtimoiy muhitda, o‘z fikrini erkin va aniq ifoda eta oladigan, boshqa insonlar bilan samarali muloqotga kirisha oladigan yetuk shaxsga aylanadi. Kommunikativ kompetentlikni shakllantirishda kitobxonlik alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki kitob – bu faqat bilim manbai emas, balki til, tafakkur, estetik did, muloqot va madaniyatni shakllantiruvchi vositadir. Bolaning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishi ortgan sari, unda so‘z boyligi, fikrlash kengligi, nutq aniq va ifodali bo‘lishi kabi ko‘nikmalar rivojlanadi. Aynan shu jarayonlar orqali bola o‘z fikrini boshqalar 137 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference bilan baham ko‘rishga, suhbatda qatnashishga, o‘rganilgan matndan xulosalar chiqarishga o‘rganadi. Demakki, kitobxonlik – bu nafaqat ma’lumot olish vositasi, balki kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishning asosiy yo‘llaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-maydagi PQ–220-sonli qarorida ham ta’lim tizimida o‘quvchilarning tafakkurini, ijodiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish zarurligi qayd etilgan bo‘lib, bu jarayonda bolalarning kitobga bo‘lgan munosabatini shakllantirish muhim deb hisoblanadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining muloqot madaniyatini, nutqiy faolligini va mustaqil fikrlash salohiyatini oshirishda badiiy asarlarning o‘rni beqiyosdir. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ko‘plab amaliy kuzatishlar boshlang‘ich sinfda o‘quvchilarni kitobxonlikka jalb qilish darajasi ularning so‘zlashuv madaniyati, til boyligi, savollarga javob bera olish qobiliyati va hatto darslardagi faolligiga ham bevosita ta’sir qilishini ko‘rsatmoqda. Kitobxon o‘quvchilar nafaqat o‘z fikrini to‘g‘ri ifoda eta oladi, balki boshqa fikrlarga ham hurmat bilan munosabat bildiradi, bu esa ijtimoiy muloqotda muhim ahamiyatga ega. Adabiyotlar tahlili Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning kommunikativ kompetentligini shakllantirishda kitobxonlikning o‘rni haqida turli olim va mutaxassislar o‘z ilmiy ishlarida keng to‘xtalganlar. Jumladan, til o‘rganish va muloqot madaniyatini shakllantirishda badiiy matnlarning didaktik imkoniyatlari, bolalarning nutq faoliyatini rivojlantirishdagi ahamiyati ilmiy asoslangan. A. Yo‘ldoshevning fikricha, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining til va nutq faoliyatini rivojlantirishda kitobxonlik asosiy omillardan biri bo‘lib, u bolaning fikrlash doirasini kengaytiradi, og‘zaki va yozma nutqni shakllantiradi [1]. Olim ta’lim jarayoniga badiiy matnlarni kiritish orqali o‘quvchilarda tahlil qilish, mantiqiy bog‘lanishlarni anglash, mustaqil fikr bildirish kabi kompetensiyalar shakllanishini ta’kidlaydi. N. Xolboyev esa kommunikativ kompetentlikni shaxsning o‘z fikrini erkin, tushunarli va madaniyatli tarzda ifodalash qobiliyati sifatida tavsiflaydi va bu kompetentlikni shakllantirishda muntazam ravishda kitob o‘qish, matnlar ustida ishlash, ijodiy topshiriqlar bajarish muhimligini urg‘ulaydi [2]. T. Xodjayev o‘z tadqiqotlarida boshlang‘ich sinf darslarida badiiy adabiyotlardan foydalanish orqali o‘quvchilarning nutqiy faolligini oshirish, ularni muloqotga kirishishga o‘rgatish, obrazlar orqali dunyoqarashini kengaytirish mumkinlig
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini kitobxonlikka o‘rgatish jarayonida ularning kommunikativ kompetentligini rivojlantirish masalalari yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini kitobxonlikka o‘rgatish jarayonida ularning kommunikativ kompetentligini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- muloqot, adabiy matn, boshlang‘ich sinf, fikrlash, og‘zaki nutq, kommunikativ kompetentlik, kitobxonlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024